1. Miyada qon aylanish xususiyatlari
Operatsiya va anesteziya xavfi darajasini aniqlash uchun bemorning obyektiv holatini baholovchi
Download 196.38 Kb.
|
reanimatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organizmda suv almashinuvining buzilishi
- Gipoosmolyar degidratatsiya
- Elektrolitlar organizm faoliyatining xilma-xil tomonlariga ta’sir qiladi. Osmotik bosimni saqlab turish nerv muskul qo‘zg‘alishiga, muskul hujayralari qisqarishiga ta’sir qiladi
Operatsiya va anesteziya xavfi darajasini aniqlash uchun bemorning obyektiv
holatini baholovchi ASA klassifikatsiyasi 11-bilet Suv-elektrolit almashinuvi buzilishi turlari Organizmning ichki muhitini (gomeostazni) doimiy saqlashda kislota — ishqor muvozanatidan tashqari suv—elektrolit muvozanati ham katta ahamiyatga ega. Organizmning suv muvozanati yo'qotiladigan suv o'rnini tashqaridan qabul qilish hisobiga to'ldirib turiladi. Bundan tashqari almashinuv jarayonlari tufayli endogen suv ham hosil bo'ladi (o'rtacha 1 sutkada 250-300 ml), organizm suvni siydik, axlat, o'pka va teri orqali yo'qotadi. Oiganizmning suvga bo'lgan sutkalik ehtiyoji bemorning tana og'irligi, yoshi, tana haroratiga va boshqalaiga bog'liq bo'lib, 1,1 dan 3 / gacha o'zgarib turadi. Moddalar almashinuvi natijasida 1000 kkal energiya hosil bo'lishida 100 ml endogen suv hosil bo'ladi. Katta yoshdagi odamning sutkalik ovqat ratsioni o'rtacha 2500—3000 kkalni tashkil etadi, binobarin 1 sutkada o'rtacha 250-350 ml endogen suv hosil bo'ladi. Ichiladigan suv miqdori o'rta hisobda ajratiladigan siydik miqdoriga teng bo'ladi Elektrolitlardan natriy hujayra tashqarisida - hujayralararo suyuqlik tarkibida, kaliy ionlari esa hujayra ichida ko'p saqlanadi, shu tufayli kaliy—natriy nasosi faoliyati amalga oshadi. Organizmga kiradigan va chiqadigan suv tengligi .,suv muvozanati" deb yuritiladi (1-jadval). Suv muvozanatining har qanday buzilishi digidriya deyiladi. Organizmga kiradigan suyuqlik miqdori chiqariladigan suyuqlik miqdoridan ko'p bo'lsa, musbat suv muvozanati — gipergidratatsiya deyiladi. Manfiy suv muvozanati — oiganizmga kiritiladigan suyuqlik miqdori chiqariladigan suyuqlik miqdoridan kam bo'ladi, bunda degidratatsiya deyiladi. Organizmda suv almashinuvining buzilishi disgidriya deb aytiladi va u ikkita asosiy guruh va 6 ta turga bo'linadi. Degidratatsiya — organizmda umumiy suyuqlik miqdorining kamayishidir. Izoosmolyar degidratatsiya, bunda organizmdagi suv bilan birga butun kompleks osmoaktiv elektrolitlar ham yo'qotiladi. Giperosmolyar degidratatsiya — elektrolitlarga nisbatan ko'p suv yo'qotilganda va plazmada osmolyarlikning oshishi bilan kuzatiladi. Natijada suyuqlik hujayradan interstitsial bo'shliqqa va undan kapillyarlarga o'tadi. Natijada hujayra degidratatsiyasi yuzaga keladi. Gipoosmolyar degidratatsiya, asosan, elektrolitlami suv bilan yo'qotganda kuzatiladi, bunda plazmada osmolyarlik pasayadi. Hujayraichi osmolyarligi ortishi hisobiga suv hujayraga qarab harakatlanadi. Bu o'z navbatida gipovolemiyaga, 46 gemodinamika buzilishiga va bosh miya shishiga olib keladi. Degidratatsiyaning barcha turlarida nafaqat yo‘qotilgan suyuqlik miqdori to'ldiriladi, balkim hujayralararo bo'shliq va hujayraichi suyuqligi ham korreksiya qilinadi. Organizmdagi suv miqdorining ko'payishiga gipergidrotatsiya deyiladi va uning 3 turi farqlanadi. Izoosmolyar gipergidrotatsiya. Bunda organizmdagi umumiy suv miqdorining oshishi uchula sektordagi suv miqdorining oshishiga olib keladi, osmolyarlik esa bir xilda qoladi. Izoosmolyar gipeigidrotatsiyada yurak qon tomir yetishmovchiligi, asteniya, gipertenziya, o‘pka va bosh miya shishishi belgilari kuzatiladi. Giperosmolyar gipergidrotatsiya, bunda suyuqlikning ko‘p miqdori hujayralardan tashqari bshliqda to'planadi. Og'ir holatlarda hujayra degidratatsiyasi kuzatiladi. Gipoosmolyar gipergidrotatsiya, bu organizmdagi umumiy suyuqlik hajmining ortishi, uning ko'p miqdorining hujayra ichida to'planishi va hujayraichi osmolyarligining oshishi bilan kuzatiladi. Plazma osmolyarligi esa pasayadi. Bosh miya shishi juda kuchli rivojlanadi. Elektrolitlar organizm faoliyatining xilma-xil tomonlariga ta’sir qiladi. Osmotik bosimni saqlab turish nerv muskul qo‘zg‘alishiga, muskul hujayralari qisqarishiga ta’sir qiladi Download 196.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling