Defibrillyatsiya vaqtida uchraydigan k a m c h i l i k l a r quyidagilardan iborat:
yurakni uqalashda uzoq muddatli tanaffuslar yoki defibrillyatsiyaga tayyorgarlik
paytida reanimatsion chora-tadbirlarning bajarilmasligi; elektrodlarni yaxshi bosmaslik yoki yaxshi namlamaslik; Ill-V darajali fibrillyatsiyada miokard energetik resurslarni oshirmasdan turib razryad uzatish; o‘ta kichik yoki o‘ta yuqori kuchlanishdagi razrvad yuborish. Hozirgi vaqtda zamonaviy ko'chma va statsionar defibrillyatsiya apparatlaridan sa m aral i fovdal a n i ladi.
O’pka-yurak reanimatsiyasi samaradorligini baholash
0 ‘pka-yurak va bosh miya reanimatsiyasi P.Safar tomonidan taklif etilgan uch
bosqichli tadbirlar guruhidan iborat bo'lib, har qaysi bosqichda aniq maqsadli
tadbirlar amalga oshiriladi va ular shartli ravishda bosh harflar bilan belgilanadi.
I. Hayotiy muhim faoliyatlami sun’iy ta’minlab turish bosqichi. Bu bosqich
qon aylanishi va gaz almashinuvini saqlab turishga qaratilgan bo'lib, quyidagilardan
iborat:
A — nafas yo‘llari o'tkazuvchanligini tiklash (P. Safaming uchlik usulini qo‘llash);
B — o‘pka sun’iy ventilyatsiyasini o'tkazish;
D -- yurakni yopiq uqalash orqali sun’iy qon aylanishini tiklash.
II. Qon aylanishining mustaqilligini tiklash bosqichi:
E — dori vositalari va infuzion suyuqliklardan foydalanish;
F — elektrokardiografiya va monitoring o'tkazish;
G — elektr defibrillyatsiyani qo'llash.
III. Bosh miya reanimatsiyasi va postreanimatsion davr intensiv terapiyasi
bosqichi. Bu bosqich miya va boshqa organlar faoliyatini saqlash, tiklash va ularni saqlab turishga qaratilgan quyidagi tadbirlardan iborat:
H — yurakning to'xtash sababini aniqlash va uni bartaraf etish;
1 — miyani ishemik jarohatlanishdan saqlash va uning faoliyatini tiklash;
J — postreanimatsion patologiyada intensiv davolash o'tkazish.
Qon quyishga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar
Do'stlaringiz bilan baham: |