1. Miyada qon aylanish xususiyatlari
Download 196.38 Kb.
|
reanimatsiya
ENDOGEN INTOKSIKATSIYA
To‘qimalar faoliyatini buzuvchi, moddalarning favqulodda tezlikda parchalanishi (katabolizm) va organizmning tozalash tizimining kuchli buzilishi singari barcha patologik jarayonlar natijasida umumiy endogen intoksikatsiya ro‘y beradi. Aksariyat holatlarda – surunkali, biroq aniq bir organ ish faoliyatining buzilishi (masalan, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) asnosida o‘tkir patologiya rivojlanadi. Asosiy sabablari: Kuchli yallig‘lanish (peritonit (qorin bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi), o‘tkir pankreatit, kuyish kasalligi, bo‘g‘imlarning ezilish sindromi (masalan avtohalokat), o‘tkir pnevmoniya) oqibatida toksinlarning ortiqcha hosil bo‘lishi; To‘qimaning o‘lib borayotgan qismidagi infeksion o‘choqdan zaharning boshqa a’zolarga so‘rilishi (yo‘g‘on ichak o‘tkazuvchanligining buzilishi, yiringli jarayonlar (flegmon va abtsesslar)); Uzoq muddat qon aylanishi buzilgan to‘qimalardan toksinlarning sog‘lomlariga so‘rilishi (shok, shuningdek, miakard infarktidan keyin qon aylanishining tezlik bilan tiklanishi); Organizmni tozalash tizimi faoliyatining buzilishi (buyrak va jigar yetishmovchiligi); Xavfli o‘simtalarning yangidan hosil bo‘lishi oqibatida o‘simtadagi zaharli mahsulotlarning singishi, shuningdek o‘simta zarar etkazgan to‘qimalarning o‘lishi; Surunkali, uzoq muddat kechuvchi infeksiyalar oqibatida ko‘proq to‘qimalarga zarar etadi, ko‘p miqdorda toksin hosil bo‘ladi va ularni kuchsizlangan organizm chiqarib tashlay olmay qoladi (sil, brutsellyoz). Keyingi paytlarda mutaxassislar teri kasalliklarida ham endogen intoksikatsiyaning rivojlanishini isbotladi. Bular: Psoriaz, atopik dermatit, toksidermiya. Endogen intoksikatsiya sabablari turlicha bo‘lsada, ularning klinik ko‘rinishi qariyb, bir xil. Shu bois shifokorlar intoksikatsion sindromni alohida ta’riflaydi. Alomatlari: Muntazam oshib boruvchi umumiy kuchsizlanish, darmonsizlik, holsizlik, ish qobiliyatining pasayishi; Davomiy bosh og‘rig‘i; Bo‘g‘imlar og‘rig‘i; O‘xtin-o‘xtin ko‘ngil aynishi va qayt qilish; Yurak urishining tezlashishi; Vazn o‘zgarishi (vazn yo‘qotish); Davolash qiyin tana haroratining tez-tez ko‘tarilishi. Download 196.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling