1. Miyada qon aylanish xususiyatlari
-bilet 1.Infuzion terapiyada ishlatiladigan dori vositalari
Download 196.38 Kb.
|
reanimatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vofyumkorreksiya
- — infuzion terapiya otkazish yoli bilan.
9-bilet
1.Infuzion terapiyada ishlatiladigan dori vositalari. Infuzion terapiya quyidagi yo‘naIishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: 1) Volyumkorreksiya — aylanadigan qon hajmini (AQH) to'ldirish. 2) Gemoreokorreksiya — qonning gemostatik va reologik xususiyatini me’yorlashtirish. 3) Infuzion regidratatsiya— mikro va makrotsirkulyatsiyani me’yorda saqlash. 4) Elektrolit va kislota — ishqor muvozanatini saqlash. 5)Faol infuzion detoksikatsiya. 6) Moddalar almashinuvini korreksiyalovchi infuziya — to'qima metobolizmiga to'g'ri ta’sir qilish. Vofyumkorreksiya — qon ketishda AQH ni to‘ldirishda quyidagi suyuqliklami qo'llab infuzion terapiya amalga oshiriladi: • Izotonik va izoosmotik elektrolit eritmalar; hujayradan tashqari suyuqlikni to'ldirib, kichik volemik ta’sir qiladi. • Kolloid qon o'mini bosuvchilar. Gidrooksietil kraxmal (GEK) eritmalari: infezol, stabizol, refortan. Bu suyuqliklar yuqori volemik effektga ega, yarim chiqarish davri uzoq, nojo'ya ta’siri kam. • Dekstran asosli volyumkorrektorlar — poliglyukin, reopoliglyukin, reoglyuman, reomakrodeks. • Jelatinlar: jelatinol, modejel, gemofuzin. • Qon preparatlari: donor plazmasi, albumin. • Kichik hajmli giperosmotik volyumokorreksiyaning afzalliklari to‘g‘risida keyingi vaqtda ko'p ma’lumolar e’lon qilinmoqda. Buning uchun vena ichiga gipertonik elektrolit eritmalar (7,5% li NaCl dan 4 ml/kg) quyib, ketidan kolloid qon o ‘mini bosuvchilar (250 ml Refortan) quyiladi. Bu interstitsial suyuqlikning tomir ichiga o'tLshini yaxshilaydi va arterial bosimning turg‘un bo‘lishini ta’minlaydi Gemokorreksiya • Volyumkorreksiya bilan birga olib boriladi. Bunda dekstranlar (kichik molekulali) ishlatiladi. • Perftoran kislorod tashuvchi suyuqlik. Uning gemokorreksiyalovchi ta’siri gemodilyutsiya va qon hujayralar elektr muvozanatida, qon ivishi zgarishida, shlshli to'qimada mikrotsirkulyatsiyaning tiklanishida ko‘rinadi. Elektrolit va kislota-ishqor muvozanatini tiklash. • Bunda elektrolit o‘mini to'ldirishda kaliy-magniy asparginat, ionosteril, Xartman eritmasi ishlatiladi. • Atsidozda — bikarbonat yoki natriy laktat eritmasi — trisamin ishlatiladi. • Alkalozda — glyukoza eritmasiga natriy xlor eritmasining aralashmasi, Alkanin ishlatiladi. Faol infuzion detoksikatsiya. Introkorporal — infuzion terapiya o'tkazish yo'li bilan. Ekstrokorporal — sorbsion, aferez usullari bilan. Glyukoza eritmasi yoki kristalloidlar; gemodilyutsiya (toksinlami suyultirish, ekzogen va endogen ta’simi kamaytirish) to'qimada qon aylanishini yaxshilaydi. Toksik maxsulotlarni chiqarishni tezlashtiradi. Moddalar almashinuvini korreksiyalovchi infuzion terapiya to'qima metabolizmiga to 'g'ri ta’sir qiluvchi faol komponentlar infuziyasi. • Polyarizatsiyalovchi aralashma — fransuz patofiziologi Labori kashf qilgan. Asosida glyukoza, insulin, kaliy va magniy tuzlari bor. Ular miokarddagi mikronekrozlaming oldini oladi. • Poliion vositalar, antigipoksant saqlovchilar, fumarat (mafusol, polioksin, fiimarin, reamberin) qo'llaniladi. • Perftoran — kislorod tashuvchi va qon o'mini bosuvchi sifatida ishlatiladi. Gepatoprotektorlar infuziyasi gepatotsit metabolizmini yaxshilaydi (jigar darvoza venasi orqali dorilami regionar infuziyasi). • Parenteral oziqlantiruvchi dorilar Download 196.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling