Organizmdagi suv balansining salomatlik uchun ahamiyati
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Atadjanova Dilfuza Sharobidinovna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 69 ORGANIZMDAGI SUV BALANSINING SALOMATLIK UCHUN AHAMIYATI Atadjanova Dilfuza Sharobidinovna, Soliyev Baxtiyor Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada har qanday odam hayotining ajralmas qismi bo‘lgan suv haqida gap boradi. Maqolada organizmda suv tanqisligi asoratlari, optimal suv muvozanati va odam organizmi uchun suvning ahamiyati haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: optimal suv muvozanati, degidratatsiya, suv iste’mol miqdori, suv ichish rejimi, chanqoq. Аннотация: В статье идет речь о воде, которая является неотъемлемой частью жизни любого человека. В статье обсуждаются осложнения дефицита воды в организме, оптимальный водный баланс и значение воды для человека. Ключевые слова: оптимальный водный баланс, дегидратация, норма потребления воды, режим приема воды, жажда. Abstract: The article deals with water, which is an integral part of any person's life. The article discusses the complications of water deficiency in the body, optimal water balance and the importance of water for human body. Key words: optimal water balance, dehydration, water consumption rate, water intake regime, thirst. Bugungi kunda suv - Yerdagi hayot manbai ekanligini hech kim inkor etmaydi. Inson, bu hayotning bir qismi sifatida, aksariyat hollarda suvdan iborat. Masalan, embrionning 97%, o‘rta yoshdagi odamni 65-75%, keksa odam organizmining 60-65% suvdan iborat. Insonning yoshi qancha katta bo‘lsa, unda suyuqlik miqdori shunchalik kam bo‘ladi. Tana a’zolarimiz o‘z tarkibida juda ko‘p miqdorda suv tutadi. Masalan, qon - 83%, miya, yurak, mushaklar - 75%, suyaklar - 20% suvdan iborat. Bugungi kunda olimlar zamonaviy kasalliklarning juda ko‘pchiligi organizmning suvsizlanishi bilan bog‘liq ekanligini aniqladilar. Suvning odam organizmi uchun ahamiyatli ekanligini quyidagi ko‘rsatkichlardan ham ko‘rishimiz mumkin: • Organizmdagi suv miqdorini 2% ga kamayishida – uyquchanlik, ko‘ngil aynishi paydo bo‘ladi va odam o‘zini yomon his eta boshlaydi; • Organizmdagi suvning 6-10% ga kamayishi hansirashga, bosh og‘riqlariga, konsentratsiyani buzilishiga, miya faoliyatini buzilishiga olib keladi; • 11-19% suvsizlanish esa ko‘rish va eshitish qobiliyatini keskin pasayishiga, mushak to‘qimalarining tortishishiga olib keladi; • Organizmning 25% suv yo‘qotishi esa o‘limga olib keladi. Demak, inson tanasining normal ishlashi uchun optimal suv muvozanatini saqlash kerak. Suvning odam organizmi uchun foydalari: Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling