Organizmdagi suv balansining salomatlik uchun ahamiyati


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1313263
1   2   3
Bog'liq
Atadjanova Dilfuza Sharobidinovna

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
70 
• Toksinlardan tozalash. Suv organizmdan parchalanish mahsulotlari, toksinlar va 
shlaklarni yo‘q qilish jarayonini tezlashtiradi.
• Oshqozon-ichak trakti ishini me’yorga solishi. Suyuqlik ichish rejimiga rioya 
qilish ovqatni hazm qilishga yordam beradi va ich qotishining oldini oladi. 
• Suvda eruvchan vitaminlarni organizm tomonidan o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. 
• Tanada suv yetishmasligi uglevodlar va yog‘larning singishini yomonlashtiradi. 
Tanadagi suv taqchilligi chidamlilik va jismoniy kuchni pasaytiradi, apatiya paydo 
bo‘lishiga va holsizlikka olib keladi, shuningdek ish unumdorligini sezilarli darajada 
pasaytiradi. 
• Issiq kunlar paytida odam ko‘p terlaydi, bu esa suyuqlik yo‘qotilishiga olib 
keladi. Agar muvozanat o‘z vaqtida to‘ldirilmasa, bosh aylanishi va holsizlik paydo 
bo‘ladi. Ba’zi hollarda hushdan ketish holatlari ham bo‘lishi mumkin. 
Shulardan kelib chiqqan holda organizmning suvsizlanishi qanday oqibatlarga olib 
kelishini ko‘rib chiqaylik: 
− 
Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi; 
− 
Yurak-qon tomir tizimi va asab tizimining faoliyatidagi buzilishlar; 
− 
Ortiqcha vazn to‘plash; 
− 
Bosh og‘riqlari, tez toliqish, qon bosimidagi o‘zgarishlar; 
− 
Sochlarning quruqshashi, tirnoqlar sinuvchanligi, terining erta qarishi; 
− 
Og‘iz qurishi, tildagi karashlar, og‘izdan badbo‘y hidlar kelishi; 
− 
Ich qotishlar, buyrakda va o‘t pufagida tosh paydo bo‘lishi. 
Odam organizmida barcha jarayonlar me’yorida kechishi uchun iste’mol 
qilinadigan suvning optimal miqdori qancha? Tana vazni 70 kg bo‘lgan odamning suvga 
bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 2,5 l ni tashkil etib, undan 1,2 l ichimlik suvi, 1 l ovqat 
mahsulotlari orqali, 0,3 l esa yog‘lar, oqsillar va uglevodlarni oksidlanishi natijasida 
organizmga tushadi. Xuddi shuncha miqdordagi (2,5 l) suv sutkasiga organizmdan 
chiqariladi: 1,5 l siydik, 0,5 l ter, 0,4 li nafas havosi va 0,1 l najas orqali.
Organizmga suvni kundalik ajraluvchi miqdoridan kam miqdorda tushishi qon va 
interstitsial bo‘shliqdagi suvni kamayishiga olib keladi. Bu holat degidratatsiya deb 
ataladi. Degidratatsiya qonni quyuqlashishiga, uning yopishqoqligini ortishiga va 
natijada qon aylanishini buzilishiga olib keladi. Tana vaznini 25% miqdoridagi 
degidratatsiya, letal holatlarga ham olib kelishi mumkin. 
Xo‘sh bunday salbiy oqibatlarni oldini olish uchun suvni qanday va qancha 
miqdorda ichish kerak? Suvni har kuni ichish zarur. Suvni faqat chanqoq hissi paydo 
bo‘lgandagina emas, balki undan oldin ichish zarur. Sababi chanqoq hissi organizmning 
suvsizlanishi natijasida kelib chiqadi. Demak, biz suvni organizm suvsizlanmasidan 
oldin qabul qilishimiz zarur. Suv iste’molining minimal sutkalik miqdori 1,5 l. Lekin 
ayrim omillarga bog‘liq holda kundalik suv iste’molini oshirish kerak bo‘ladi. Masalan, 
odamlarda ortiqcha vazn mavjud bo‘lganda har 1 kg tana vazniga 30 ml suv hisobidagi 
formuladan foydalanish zarur. Keksa odamlarga ham suv iste’molini oshirish zarur, 



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling