Boshlang’ich sinflarda sintaktik atamalar qo’llanishi va ularning tahlili
Download 21.15 Kb.
|
Maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻz birikmasi
Boshlang’ich sinflarda sintaktik atamalar qo’llanishi va ularning tahlili Karimjonova Ma’mura Xayitvoy qizi.Fardu 1-kurs magistranti. Anntonatsiya:Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarida sintaktik atamalar berilishi sababi va o’quvchilarning o’zlashtirishida bunday atamalarni berilishi Tayanch so’z va iboralar:so’z birikmasi,atama,sintaktik,grammatika,gap Sintaktik atama-bu Grammatik atamalar hisoblanib ona tili fanining asosiy kategoriyalaridan biridir.Bu atamalar orqali o’quvchilarni ona tili faniga olib kiramiz . Grammatika tilning Grammatik qurilishini o’rganuvchi tilshunoslikning bo’limi.Grammatika ikki qismdan;morfologiya va sintaksisdan iborat.M.Hamroyev.Ona tili.Toshkent.2007 Grammatik qurilish deganda nimani tushunamiz?Albatta so’z,so’z birikmasi va gap.Bundan kelib chiqadiki grammatika so’z birikmasi,gap va uning turlari,so’z turkumlarini o’z ichiga olar ekan.Quyida boshlang’ich sinf ona tili darsligidagi grammatik atamalar bilan tanishamiz va tahlil qilamiz 1.Gap 2.so’z 3.so’z birikmasi Gap-Ohang va fikr tugaliligiga ega bo’lib kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi sintaktik atama gap deyiladi. Gap so’zlardan tuziladi.Gapning birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladi.1-sinf ona tili darsligi.Toshkent-2017. Ona tili darsligi bilan tanishayotgan 1-sinf o’quvchilari uchun gap sintaktik atamani tushuntirishda eng soda birlik ya’ni jumlalardan foydalanilagan.Ya’ni bunda gapning so’zlardan tuzilishini va har bir gap bosh harf bilan yozilishini o’quvchilarga tushuntirish orqali gapga ta’rif berilgan.Bu kabi nazariy ma’lumot bilan ular avvalroq tanishadilar .Buni o’qituvchi dars davomida o’quvchilarga tushuntirib o’tadilar. Gap — muayyan til qonuniyatiga koʻra grammatik shakllangan nutq birligi. Fikr shakllanishi va ifodalanishining asosiy vositasi. Gap soʻz, soʻz birikmalariga qarama-qarshi qoʻyiladigan sintaktik kategoriyadir. Predikativlik, modallik, xabar intonatsiyasi, marom-ohang, tugallanganlik, soʻzlar tartibi gapning asosiy xususiyatlaridandir. Kommunikativlik — gapning bosh vazifasi.Gaplar quyidagi nuqtai nazardan farqlanadi: a) tarkibidagi predikativ birlikning miqdoriga koʻra. Bunda sodda gap, qoʻshma gap farqlanadi; b) kommunikativ vazifasiga koʻra. Bunda gaplar 3 turga boʻlinadi: darak gap, soʻrok gap va undov gap; v) estetik vazifasiga koʻra emotsional (soʻzlovchining turli emotsiyasini, emotsional munosabatlarni ifodalovchi) gap hamda intellektual (hech qanday emotsiyalarsiz faqat fikrning oʻzini ifodalaydigan, kommunikativ vazifani bajaradigan) gaplar mavjud. Gap boʻlaklari gapni tashkil etuvchi qismlar hisoblanadi. Oʻzbek, umuman turkiy tillar uchun til birliklarining nutqda grammatik xususiyatlar asosida birikuvidan tashkil topgan sintaktik butunlikdan iborat gaplar xosdir. So’z birikmasi haqida so’z boshlashdan oldin tobe va hokim so’z haqida bilib olishimiz kerak.Tobe so'z hokim so'zga qaram so'z hisoblanadi,hokim so'z esa asos so'z hisoblanadi.So’roq hokim so’zga qarab beriladi.So’roqqa javob bo’luvchi so’z esa hokim so’z sanaladi.Masalan,chiroyli ko’ylak,yangi maktab,ko’k sumka.Bulardan:chiroyli,yangi,ko’k so’zlari tobe so’z,ko’ylak,maktab,sumka so’zlari hokim so’z hisoblanadi.Boshlang’ich sinflarda so’z birikmalardan foydalaanish orqali o'quvchilarni so'’larga so’roq berishi va so’z turkumlari va gap bo’laklarini ajratib olishlari oson bo’ladi. Soʻz birikmasi — ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasida hosil boʻlgan, borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma — nutq birligi: ignaning koʻzi, kitobni oʻqimoq, oydin kecha va boshqa Har qanday so’z birikmasi birdan ortiq mustaqil soʻzning birikuvidan hosil boʻladi. So’z birikmasi komponentlarining tarkibiga koʻra sodda va murakkab turlarga bo'linadi. Komponentlarining har biri bir soʻz shakliga teng boʻlgan so’z birikmasi soda,so’z birikmasi hisoblanadi: sayroqi qush, yigirma xonadon, tez yugurmoq kabi. Komponentlari yoki ulardan biri birdan ortiq soʻzdan, soʻz birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab so’z birikmasi deyiladi. Masalan, oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli — tobe qism, mutaxassis — hokim qism). Tarkibidagi hokim qismning qaysi soʻz turkumidan boʻlishiga koʻra so’z birikmasining 2 turi farqlanadi: ot so’z birikmasi., feʼl so’z birikmasi. Ot so’z birikmasi. hokim komponenti feʼldan boshqa turkumga oid soʻz (ot, son, ravish) bilan ifodalangan so’z birikmasidir (yuk mashinasi, barcha oʻquvchilar, goʻzal qishloq va boshqalar). Feʼl so’z birikmasi hokim qismi feʼl bilan ifodalangan so’z birikmasilaridir (bogʻni aylanmoq, kitob oʻqimoq, tez yurmoq kabi). Tarkibidagi tobe soʻzning sintaktik vazifasiga koʻra 3 turi farqlanadi: aniqlovchili Soʻz birikmasi (yangi kitob), toʻldiruvchili so’z birikmasi (ukamni oʻynatdim) va holli so’z birikmasi(tez gapirmoq, qishlokla yashamoq). Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr ifodalamaydi va shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farqlanadi. Download 21.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling