Boshlang`ich sinflarda so`z yasalishi eshmurodova Rohila Boshlang`ich ta’lim fakulteti talabasi Annotatsiya
Download 48.88 Kb.
|
6306-Текст статьи-15637-1-10-20220616
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
165-mashq.
1.Hunarli kishi xor bo`lmas. 2.Yaxshi bilan bo`lsang yo`ldosh, og`ir kuchingga bo`lur qo`ldosh. 3.O`ychi o`ylaguncha, tavakkalchi ishini bitirar. 4.Savolni javobsiz qoldirma, do`stni e’tiborsiz. Mashqda ajratib ko`rsatilgan so`zlardan yasovchi qo`shimchalarni topadi. Bu orqali o`quvchilar so`z yasovchi qo`shimchalar haqidagi bilimlari yanada oshadi. O`quvchilar so`z yasovchi –chi, -dosh, -la, -siz, -don, -li qo`shimchalari bilan so`z yasab, ularni asos va qo`shimchaga ajratishni bersak ham bolalarni fikrlashga undaydi. Lug`at boyligi ham kengayadi. So`zlarning morfemik tarkibini o`rganish, o`quvchilarda quyidagilarni shakllantiradi. 1. So`zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o`quvchilar so`zning leksik ma’nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. 2. So`z yasalishi haqidagi elementar bilim ham o`quvchilarning tilimizning yangi so`zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunishlari uchun muhimdir. 3. So`z yasalishi asoslari bilan tanishish o`quvchilar lug`atini atrof-muhit haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. 4. So`zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo`shimchalarning semantic ma’nosini bilish o`quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta’sir etadi. 5. So`zning morfemik tarkibini o`rganish imloviy malakalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. 6. So`zning morfemik tarkibini o`rganish o`quvchilarning aqliy qobiliyatini o`stirishda, xususan, til birligi sifatida so`zni ongli bilib olish uchun zarur bo`lgan maxsus aqliy ko`nikmalarni shakllantirish ham ahamiyatli. Xulosa qilib aytganda, boshlang`ich sinflarda so`zning morfemik tarkibi va so`z yasalishini o`rgatish o`quvchilarning har bir so`zga ongli munosabatda bo`lishlarini ta’minlaydi, so`z tarkibi va uning yasalishi haqidagi dastlabki tushunchalarni shakllantiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G`ulomova, Sharofat Yo`ldosheva, Sharofjon Sariyev, Ona tili o`qitish metodikasi “Toshkent” “Nosir” nashriyoti – 2009 233-bet. 2. “Ona tili” fanidan 3-sinf darsligi. S.Fuzailov, M.Xudoyberganova, Sh. Yo`ldosheva 61-bet. 3. Arxiv.uz/ Internet ma’lumotlari asosida. Download 48.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling