Boshlang`ich sinflarda so`z yasalishi eshmurodova Rohila Boshlang`ich ta’lim fakulteti talabasi Annotatsiya


Download 48.88 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi48.88 Kb.
#1406074
  1   2   3
Bog'liq
6306-Текст статьи-15637-1-10-20220616


BOSHLANG`ICH SINFLARDA SO`Z YASALISHI


Eshmurodova Rohila
Boshlang`ich ta’lim fakulteti talabasi


Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda so`z yasalishi haqida fikr yuritiladi. Boshlang`ich ta’limda bolaga bilim berishda so`z yasalishini o`rgatish ham yaxshi samara beradi. O`quvchilarning so`z boyligini oshirish ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri ekan, so`z yasalishi bilan tanishtirish ham o`quvchilar so`z boyligining oshishi, ilmiy savodxonligini oshirish, so`z boyligini kengaytirishning muhim omilidir.
Kalit so`zlar: morfema, o`zak, boyitish, qo`shimcha.
Аннотация. В этой статье рассматривается словообразование в начальной школе. Обучение словообразованию в начальной школе также эффетивно в обучении ребенка. Хотя увеличение словарного запаса учащихся является одной из важных задач на уроках родного языка, ознакомление их с словообразованием также позволяет учащимся увеличить свой словарный запас. Увелеичение словарного запаса учащихся – важный фактор повышения научной грамотности, расширения словарного запаса.
Ключевые слова: морфема, сердечник, обогащение, дополнение.
Annotation.This article discusses word formation in primary school. Teaching word formation in primary education is also effective in educating the child since increasing student’s vocabulary is one of the important tasks of mother tongue lessons, introducing them to word formation also allows students to in important factor in increasing the vocabulary of students, increasing their scientific literacy expanding their vocabulary.
Key words: morpheme, stem, concentrate, additional.
O`zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanishni boshlagandan beri ilm-fan va milliy madaniyatimizning har bir sohasida jiddiy o`zgarishlar yuz bera boshladi.
Ta’lim sohasida qilinayotgan barcha islohotlar ta’lim jarayonini tubdan yaxshilashga, ta’limning eng samarali metod va usullarini ishlatishga va shu asosda o`quvchining ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan.
O`zbek tilshunosligida so`z yasalishi sohasi ancha yillardan beri o`rganilib kelingan.
Boshlang`ich sinflardan so`z yasalishini o`rgatib borish, o`quvchilar lug`atini boyitishga yordam beradi. O`quvchilarning har bir so`zga ongli munosabatda bo`lishlarini ta`minlaydi. So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri hisoblanadi.
O`quvchilar so`z yasalishi xususiyatlarini tushunishga tayyorlash uchun o`qituvchi ularga muayyan bir yangi so`z qaysi so`zlardan va qaysi morfema yordamida yasalganini aniqlashga qaratilgan topshiriq beriladi. Masalan, o`qituvchi chegara otini aytadi va chegarani qo`riqlaydigan kishini bildiradigan o`zakdosh ot tanlash topshiradi (chegarachi), vazifani boshqacharoq berish ham mumkin: o`qituvchi so`zni va so`z yasovchi morfemani beradi. O`quvchining vazifasi yangi so`zni to`g`ri yasash va leksik ma’nosini tushuntirish hisoblanadi. Masalan, baliq so`zidan –chi qo`shimchasi yordamida yangi so`z yasash (baliqchi), uning leksik ma`nosini tushuntirish, qaysi so`z turkumi ekanini aytishi topshiriladi. Ikkala topshiriqda ham o`quvchilar so`zni morfemik tahlil qiladilar. Bunda o`qituvchi o`quvchilar e’tiborini hosil bo`lgan so`z qaysi morfema yordamida, qaysi so`z turkumidan yasalganda qanday ma’no anglatishi va qaysi so`z turkumi ekaniga qaratadi. Bunday mashqlarda tilda mavjud bo`lgan so`zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibining o`zaro bog`liqligiga va biror so`z turkumiga xarakterli bo`lgan so`z yasalishi usuliga asoslanadi.
So`z yasalishida qarindosh so`zlarning tarkibi jihatidan aloqasi, o`zaro bog`langanligi tahlil qilinadi. Shuning uchun so`z yasalishi sistemasini o`rganishda har bir konkret morfemaning (ham asos morfema, ham affiksal morfema) so`z yasovchilik xususiyati aniqlanadi. Shuningdek, grammatik tarkibi turlicha bo`lgan so`zlarning (tub va yasama so`zlarning) yangi so`z hosil qilishdagi rolini belgilash ham muhim ahamiyatga ega.
Har bir yasamada ikkinarsa – yasash asosi yasovchi vosita mavjud bo`ladi. Masalan, ishchi, guldon, kitobxon so`zlaridan ish, gul, kitob qismi yasash vositasidir. Qo`shimchalar mustaqil holda leksik ma’no anglatmay, so`zning leksik va grammatik ma’nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Masalan, gullarni so`zidagi gul-o`zak morfema, -lar, -ni affiksal morfemadir.
Affikslar (qo`shimchalar) ikki turga bo`linadi:

Download 48.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling