Boshlang‘ich sinflarda tez aytish va topishmoqlar – nutq o‘stirish vositasi sifatida shahnoza Suvonqulova jdpi boshlang‘ich ta‘lim fakulteti talabasi Annotatsiya


Download 31.24 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi31.24 Kb.
#1514577
  1   2   3   4
Bog'liq
6252-Текст статьи-15489-1-10-20220616


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEZ AYTISH VA TOPISHMOQLAR – NUTQ O‘STIRISH VOSITASI SIFATIDA


Shahnoza Suvonqulova
JDPI Boshlang‘ich ta‘lim fakulteti talabasi


Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tez aytish va topishmoqlarning o‘rgatilish ahamiyati va ular o‘rtasidagi mushtaraklik haqida fikr yuritilgan. Tez aytish va topishmoqlar nutq o‘stirish uchun katta xizmat qiladi. Xalq og‘zaki ijodi asarlari g‘oyaviy-badiiy, ma‘rifiy-tarbiyaviy tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: topishmoq, tez aytish, folklor, qofiya, boshlang‘ich ta‘lim, o‘yin, ko‘ngilochar, didaktik o‘yin.
Аннотация. В этой статье обсуждается важность обучения быстрым рифмам и загадкам в начальной школе и общие черты между ними. Быстрые слова и загадки отлично подходят для развития речи. Народные устные произведения служат выражением идейно-художественных,просветительско-просветительских концепций.
Ключевые слова: загадка, скороговорка, фольклор, рифма, начальное образование, игра, забава, дидактическая игра.
Annotation. This article discusses the importance of teaching fast rhymes and riddles in elementary school and the commonalities between them. Quick words and riddles are great for developing speech. Folklore serves to express ideological, artistic, educational and pedagogical concepts.
Key words: riddle, tongue twister, folklore, rhythm, primary education, play, entertainment, didactic game.

Folklor og‘zaki so‘z san‘atiga asoslangan, o‘zida xalqning turmush tarzini aks ettiradigan badiiy ijod mas‘ulidir. Og‘zaki ijod asarlari g‘oyaviy-badiiy, ma‘rifiy-tarbiyaviy tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, maqollar xalq donishmandligini, tajribalari negizida shakllangan, topishmoqlar olami, undagi jonli va jonsiz mavjudot hamda narsa-buyumlarni har xil usullar yordamida majoziy tasvirlaydi.


Maqolada boshlang‘ich sinflarda bolalarga topishmoq nima? tez aytish nimaligi haqida ma‘lumot berib ularni o‘rgatishda har xil didaktik o‘yinlardan foydalanib darsni samarali o‘tishni, bolalar folklori janrlari bo‘lgan tez aytish va topishmoqlarning umumiy jihatlari haqida fikr yuritilgan.
Folklorshunos B.Sarimsoqovning yozishicha, topishmoq “tarixan marosim tarkibida ijro etilgan bo‘lib, keyinchalik u o‘zining marosimga aloqadorligini yo‘qotib,keng ommaviy ijro xarakati kasb etgan. …Tarixan marosimdan holi folklor janrlari juda kam bo‘lgan” [1].
Topishmoq barcha xalqlar og‘zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o‘ziga xos ruri hisoblanadi. Topishmoqlarni “topmacha”, ”jumboq”, ”matal” deb atashgan. Mumtoz adabiyotlarda ular “chiston” ham deyiladi. Topishmoqlarda yashirin ma‘no ko‘pincha majoziy shaklda keltiriladi, anig‘ini aytadigan bo‘lsak, narsa nomi biror-bir qush, hayvon, buyum, o‘simlikka qiyoslangan holda bo‘ladi. Topishmoqni javobini bolalar topmoqchi bo‘lishsa topishmoqda keltirilgan ko‘chma belgilar xayolida mantiqan solishtiriladi va uning hayotdagi belgilari to‘g‘ri kelishiga qarab javobini topadi. Topishmoqlar, avvalo, aqlni charxlaydi ayniqsa, bolalarni mantiqiy fikrlashga unaydigan tarbiya vositasidir. Ko‘ngil ochar o‘yin ham hisoblanadi. Topishmoqlar kishining tafakkuri va tasavvurini o‘stiradi, ayniqsa, bolani topag‘on bo‘lishga, hozirjavoblikka o‘rgatadi. Topishmoqlar nasriy va she‘riy shaklda ixcham, sodda va ravon, qofiyali uslubda yaratiladi. Ular o‘zida yashiringan predmetlar miqdoriga bir va bir nechta misrali bo‘lishi mumkin. Topishmoqlarda narsalarning sifati, belgisi o‘xshashligiga qarab bir misrali, ikki misrali ,uch misrali va undan ko‘p misralarda ifodalanadi. Masalan:

Download 31.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling