Boshlang‘ich sinflarda turli bayram tadbirlari rejasini tuzish reja
GILOS: Go’zal qizlar labidek Yal-yal yonar yanog’im Tabiatga ko’rk bergan Har bir gulu-yaprog’im. NOK
Download 1.46 Mb.
|
Boshlang‘ich sinflarda turli bayram tadbirlari rejasini tuzish
- Bu sahifa navigatsiya:
- KO’KSULTON: Bolajonlar joniman Ko’k meva sultoniman, Maza qilib yesangiz Vatanimning koniman. 1-Boshlovchi
- 2-Boshlovchi
GILOS:
Go’zal qizlar labidek Yal-yal yonar yanog’im Tabiatga ko’rk bergan Har bir gulu-yaprog’im. NOK: Mevam o’xshar olmaga, Xa, biroz qarindoshmiz, Ra’nodoshlar oilasining Madaniylariga boshmiz Nihollarim nozikroq, Kech kiraman hosilga. Lekin parvarish bo’lsa, Dehqonni ko’ngli to’lsa Sharbatlarga to’laman, Rosa quvvat bo’laman! YONG’OQ: Yog’och qobiq ichida Moyga to’lganman juda Quvvatsizga darmonman Vitaminlarga konman. Iltimosim bir faqat Pishgunimcha qil toqat! Yetilib pishib olay, Tanangga quvvat bo’lay! KO’KSULTON: Bolajonlar joniman Ko’k meva sultoniman, Maza qilib yesangiz Vatanimning koniman. 1-Boshlovchi: Aziz bolajonlar, mana mevalar haqida qancha ma’lumotlarga ega bo’lib oldik. O’ylaymanki, ularning so’zlariga amal qilib, dov-daraxtlarga ozor bermaysiz, mevalarni pishmasdan avval uzmaysiz! 2-Boshlovchi: Bizning o’quvchilarimiz aqlli, dono, mehnatkash bolalar.Ular bog’va tomorqalarda, maktab yer uchastkasida mehnat qilib hosilning mo’l bo’lishida dehqonlarimizga, bog’bonlarimizga shuningdek, o’z ota-onalariga yordam beradilar. Hozir ular ishtirokida meva, sazavot va poliz ekinlarining hususiyatlari haqida ma’lumotlarni tinglaymiz. (O’quvchilar ishtirokida meva va sabzavotlar haqida, ularning ahamiyati, o’sish sharoiti, tabiatdagi va insonlar hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar aytiladi) -Bog’larimizdan keng o’rin olgan shirin shakar mevalar zahmatkash dehqonu mirishkor bog’bonlarimizning mashaqqatli mehnatlari bilan yetishtiriladi. Har bir daraxtning o’ziga xos shoxlanishi tufayli bir-birlariga soya solishi mumkin. Shuning uchun bog’bonlarimiz daraxtlarga muayyan shakl berish orqali shoxlarini qisqartirib, ildizdan kelayotgan suv va oziq moddalarni kerakli yo’nalishga solishadi. Daraxtlarga shakl berish asosan kech kuzda yoki erta bahorda o’simliklarda shira harakati boshlanmasdan oldin o’tkaziladi. - Tabiatda keng tarqalgan tabiiy holda o’sadigan yovvoyi olma, olcha, nok,do’lana kabi daraxtlardan, na’matak, malina, qorag’at kabi butalardan payvandlash uchun bog’bonlarimiz foydalanadilar. Chunki, ular issiq-sovuqqa va kasalliklarga chidamli, serhosil bo’lganlari uchun yangi navlar yaratishda keng qo’llaniladi. - Tuproq unumdorligini oshirishda ayniqsa dukkakli o’simliklar, xususan burchoiqdoshlar oilasining vakillarining ahamiyati katta. Chunki ularning ildizida tugunak bakteriyalar yashaydi.Bu bakteriyalar esa havodagi erkin azotni o’zlashtirib, tuproqni azot birikmalariga boyitadi. Burchoqdoshlar oilasiga mansub beda, loviya, mosh kabi o’simliklar ekilgandan so’ng tuproq unumdorligi ortib hosil mo’l bo’ladi. Shuning uchun yerga ishlov berishda, ayniqsa almashlab ekishni joriy qilish zarur, chunki har yili tuproqqa bir xil ekin ekish hosildorlikni va tuproq unumdorligini pasaytiradi. - O’simliklar gullab changlangandan so’ng ulardan meva hosil bo’ladi. Hamma o’simliklar ham meva tugavermaydi.Faqatgina changlangan gullargina hosil beradi.Gullarning changlanishida hashorotlarning ayniqsa, asalarilarning ahamiyati katta.Bir gramm asal yig’ish uchun asalari yuzlab gulga qo’nadi.Bir guldan ikkinchi gulga qo’nganda gul changini ham olib o’tib gullarni yaxshi changlantiradi.Shuning uchun bog’bonlarimiz o’simliklar gullagan paytda asalari qutilarini bog’larga olib chiqadilar.Bu esa ham mo’l hosil ham sifatli asal olish imkonini beradi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling