Boshlang‘ich sinflarda turli bayram tadbirlari rejasini tuzish reja


Download 1.46 Mb.
bet4/5
Sana24.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1226844
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang‘ich sinflarda turli bayram tadbirlari rejasini tuzish

Dehqonbobo:
Barakalla, bolalarim, siz dov-daraxtlar, meva va urug’lar hattoki gullarning changlanishini ham yaxshi bilar ekansiz. Shuning uchun sizlarga sovg’a tayyorlab kelganman.
1-Boshlovchi:
Rahmat, dehqonbobo,lekinbolajonlarimizdankimlarbusovg’alargamunosibekanliginihozirgio’tkaziladiganviktorinasavollariorqalibilibolamiz.
2-Boshlovchi:
Mevali viktorina savollariga javob bergan o’quvchilar dehqonbobodan bittadan mevani qo’lga kiritadi. Eng ko’p mevani qo’lga kiritgan sinf g’olib deb topilib dehqonboboning sovg’alarini qo’lga kiritadilar.
Mevali Viktorina
1. Qaysi meva tarkibida odam bosh miya faoliyatini yaxshilovchi darmondorilar ko’p bo’ladi?
2. Qaysi mevalar kasalliklarni davolashda, vitamin yetishmaganda ko’p qo’llaniladi?
3. Yovvoyi olchaga qaysi mevali o’simliklar payvand qilinadi?
4. Qaysi mevalar tarkibida yod mikroelementi ko’p bo’ladi?
5. Bir daraxt bor o’tmishdan, Mevasi oltin kumushdan?
6. Yum-yumaloq, oy emas, Sap-sarig’u-moy emas, Dumi boru, toy emas…
7. O’zi pillaga o’xshar, Ichi tillaga o’xshar.
8. Bir nechtadan ko’zi bor, Olma kabi yuzi bor.
9. Yashab yetmish yettikun, Kiyar yetmish yetti to’n,
Kuzda uzib olinar, Ovqatlarga solinar.
10. Qizil rang tuguncha, Ichi to’la kulcha.
11. Yotar yumshoq ko’rpada Qator o’sar har safda
Barglari ham yam-yashil, Tusi tillarang asil
12. Shoxlarda qip-qizil mevalar pishdi, Ikkiga ajratsam, munchoqlar tushdi.
(Viktorina savollariga javob bergan o’quvchilar har bir to’g’ri javob uchun bittadan meva bilan taqdirlanib boradi. Viktorina tugaganidan so’ng har bir sinfning to’plagan mevalari savatlarga solib sanaladi va g’oliblar aniqlanadi. Dehqonbobo g’olib sinf o’quvchilarini taqdirlaydi)
Dehqonbobo:
Aziz bolajonlarim, sizlarning bugungi ishtirokingizni ko’rib, juda xursand bo’ldim.Barchamiz shu aziz vatanning, shu ona zaminning farzandlarimiz.Biz qancha uni ardoqlasak, tuprog’ini e’zozlasak, har ungan o’simlik-niholni parvarish qilsak tabiat o’z ne’matlari bilan bizni mukofotlaydi.Shuning uchun biz doim tabiatga oqilona munosabatda bo’lishimiz lozim.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling