Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi diagnostikasi samaradorligini baholashning individual texnologiyalarini o‘rganish
Download 1.29 Mb.
|
diagnostika zamidova k
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang‘ich ta’limning asosiy samaradorligi o‘quvchilarning faollik darajasi bilan belgilanadi. Bu masalani diagnostika qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak
- Diagnostika vositasida quyidagilar asosida o‘quvchilarning faollik darajasi o‘rganilib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1.O‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmasi shakllanganligi;
BOT20. 1 ZAMIDOVA KUMUSH Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi diagnostikasi samaradorligini baholashning individual texnologiyalarini o‘rganish Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini muntazam o‘rganib borish va uni diagnostika qilish bugungi kundagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Samaradorlik deganda boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan vazifalarning zamonaviy talablar asosida bajarilishi nazarda tutiladi. Bu o‘rinda e’tiboringizni ana shu masalaning tahliliga tortamiz. Boshlang‘ich ta’limning asosiy samaradorligi o‘quvchilarning faollik darajasi bilan belgilanadi. Bu masalani diagnostika qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajasi ularning fikrlash ko‘nikmasi bilan baholanadi. Bunda o‘quvchilarning o‘z fikriga egaligi, fikrini ravon ifodalashi va yangi matnni tahlil qila olish ko‘nikmasi diagnostika qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sog‘lomlik darajasi ularning jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan to‘g‘ri rivojlanib borishi bilan baholanadi. Bu borada keyingi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish va ularning to‘g‘ri ovqatlanishini nazorat qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqillik darajasi ularning murakkab sharoitlarda o‘zini tuta olishi, muammoni hal etishi va o‘zgalarga namuna bo‘lishi bilan belgilanadi. Shu sababli diagnostika jarayonida aynan mana shu masalalarga e’tibor qaratiladi. Bu bilan o‘quvchilar o‘zlarining imkoniyatlari doirasida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini egallashi uchun ularga ko‘nikma berilad Diagnostika vositasida quyidagilar asosida o‘quvchilarning faollik darajasi o‘rganilib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1.O‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmasi shakllanganligi; 2.O‘quvchilarda mustaqil faoliyat asoslarining shakllanganligi; 3.O‘quvchilarning murakkab holatlardan mustaqil chiqib keta olish ko‘nikmasi shakllanganligi. Boshlang'ich ta'lim о'qitish samaradorligini diagnostika qilishda quyidagilarga e' tibor berish kutilgan samarani beradi: - boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasi; -boshlang'ichsinf o'qituvchilarining mahorat darajasi; - boshlang'ich sinf о'qituvchilarining faoliyat samaradorlik darajasi Boshlang'ich ta'lim o'qitish jarayonini diagnostika qilish ishlarini rivojlantirib borish boshlang'ich ta'limning sifat samaradorligiga erishish bilan bog'liq 1.Boshlang'ich sinf о'qituvchilari bilan ishlash; 2) bо' lajak boshlang'ich sinf о'qituvchilarini diagnostik faoliyatga tayyorlash; 3) boshlang'ich ta' limning оqitish jarayonini diagnostika qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish. Bugungi kunda boshlang'ich sinf о'qituvchilariga nisbatan juda kо' p talablar qо'yilgan. Shu jihatdan ularni mahorat darajasini diagnostika qilish ham muhim vazifalardlan biri hisoblanadi. Bunda о' qituvchilarning darsliklar, ma'lumotlar hamda axborotlar bilan ishlash kо'nikmasi о'rganiladi hamda baholanadi Shunday qilib boshlang'ich ta'lim didaktikasining diagnostikasi mazkur ta'lim bosqichining sifat samaradorligini ta'minlovchi omillardan hisoblanadi. Bо'lajak boshlang' ich sinf о'qituvchilari oliy pedagogik ta‟lim jarayonida mazkur masalalar bo' yicha aniq kо'nikmalarga ega bо' lishi taqozo etiladi. Buning uchun haftalik amaliyot davrida faol bо'lish maqsadga muvofiq bо' ladi Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling