BOSHLANG'ICH TA'LIM DAVLAT STANDARTI MAZMUNI NEGIZINI BELGILOVCHI KO'RSATKICHLAR O'QUVCHILARNING TAYYORGARLIK DARAJASIGA QO'YILADIGAN MINIMAL TALABLAR
Reja:
1.Ona tili sohasining maqsad va vazifalari.
2.Boshlang’ich ta’lim DTS ning talablari.
3.Boshlang’ish sinflarda,fonetika, grammatika,to’g’ri yozuv va nutq o’stirish.
4.Tovush va harflar.
a)so’z d) gap e) Boshlang’ich nutq.
4. Matn, matn ustida ishlash
5.Xulosa.
Ona tili darslarida bolalarning tafakkur faoliyatini kengaytirishga, ularda erkin fikrlay olish,o’zgalar fikrini anglash,o’z fikrlarini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qilishga,jamiyat a’zolari bilan erkin muloqatda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi.Ona tili ta’limda o’quv fani emas,balki butun ta’lim tizimini uyishtiruvchi ta’lim larayoni sifatida qaraladi.Ona tili ta’lim standarti ko’rsatkichlari bolaning fikrlay olishga,ifodalangan fikrni anglashga va o’z fikr anglashga va o’z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon qila olishga o’rgatish nuqtai nazardan belgilanadi.
Ona tili darslariga qo’yilgan talablar
Mavzuni dolzarbligi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili sohasi bolaning mantiqiy tafakkur qila olish solshiyati,aqliy-rivojlantirish,savodxonligi,o’qish texnalogiyasi,o’zgalar fikrini va matnni anglash,fikrni yozma bayon qilish,o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga,boshlang’ich DTS talabi asosida ta’lim olish,yozish faoliyatining asosiy malaka va ko’nikmalari,ijodiy fikrlash,o’z-o’zini nazorat qblish uslibi,nutq va xuliq-atvor madaniyatini egallab olishning ta’minlashga, o’quvchilarning madaniy va ahloqiy ko’nikmalarini shakllantirishdir.
Mavzuning maqsadi:
Ona tili ta’limi o’quvchilarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga,erkin fikrlay olish,o’zgalar fikrini anglashi,o’z fikrlarini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqatda bo’la olish ko’nikma va malakalarini,og’zaki va yozma nutq malakalarini,savodxonlikni, chiriyli va to’g’ri yozish malakalarini rivojlantirishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |