Boshlang`ich ta`lim fakulteti 5111700-Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi
Download 12.64 Kb.
|
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent 2023 Mavzu: Mantiqiy masalalar yechishga o`rgatish metodikasi
- Foydalanilgan adabiyotlar
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “BOSHLANG`ICH TA`LIM fakulteti 5111700-Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi “311-guruh talabasi Eshimova Kamolaning matematika o'qitish fanidan oraliqdam nazorat ishi REFERAT Mavzu: Mantiqiy masalalar yechishga o`rgatish metodikasi Toshkent 2023 Mavzu: Mantiqiy masalalar yechishga o`rgatish metodikasi Reja : 1) Mantiqiy masalalar yechishga o`rgatish metodikasi 2) MANTIQIY MASALALAR Mantiqiy masalalar aqlni charxlashning eng yaxshi usulidir. Ular yo’lda ketayotganda bolalarga berish, do’stlaringizning mantiqiy fikrlashini sinab ko’rish uchun qo’l keladi. Kamdan-kam hollarda ularga birdan javob berish mumkin, shu sababli vaziyatni yanada quvnoq qilish uchun kichik yordam berish mumkin. Umid qilamizki, javoblarni birdan ochib ko’rmasdan, oldin biroz fikrlab ko’rasiz. Ayniqsa bolalarga berishda, chunki hech bir texnika bolaga ota-ona bilan vaqt o’tkazishni o’rnini bosa olmaydi. Masala teksti bolalarda bo’lmagan taqdirda yoki ular hali o’qishni bilamagan holda, masalani o’qituvchi o’qiydi. Bolalarni masalani to’g’ri o’qishga o’rgatish juda muhimdir. Amalni tanlashni belgilab beradigan ,,bor edi’’, ,,jo’nab ketdi’’, ,,qoldi’’, ,,baravardan bo’ldi’’kabi so’zlarga va soni ma’lumotlarga urg’u berib o’qish masala savolini intonatsiya bilan ajratib o’qish. Agar masala tekstida tushunarsiz so’zlar uchrasa ularni tushuntirish yoki masalada gap ketayotgan predmetni, masalan, buldozer, o’rish mashinasi va hokazoni ko’rsatish mumkin. Masalani bolalar bir-ikki marta, ba`zan bir necha marta o’qiydilar, biroq masalani bitta o’qiganda esda qolishga ularni asta-sekin o’rgatib borish kerak, chunki bu holda ular masalani ko’proq diqqat bilan o’qiydilar. Masalani o’qiganda, bolalar masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni tasavvur qila olishlari lozim. Shu maqsadda bolalar masalani o’qib bo’lishganidaqn keyin masalada nima to’g’grisida gap ketayotganini tasavvur qilib ko’rishlari va hikoya qilib berishlarini taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masala mazmuni bilan tanishgandan so’ng uning yechimini izlashga o’tish mumkin o’quvchilar masalaga kirgan kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratib ko’rsatishlari, berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni aniqlashlari va buning asosida tegishli arifmetik amalni tanlashlari kerak. Matematikaga oid mantiqiy savollar va masalalar to’plami 1. Daraxtning 4 ta shoxi bor, har bir shoxida yana 4 tadan shoxchalari bor, bu shoxchalar ham yana 4 tadan mayda shoxchalarga bo’lingan va ularni har birida bittadan olma bor, barcha olmalar sonini hisoblang. 4*4 *4 = 64 2. Ilhom bozordan 1 kg. lik tarvuz olib keldi. Tarvuz 99% suvdan iborat edi. Ilhom tarvuzni quyoshda unutib qoldirdi va keyin tarvuz 98% suvdan iborat bo’lib qoldi. Savol: quyoshda qolib ketgandan keyin tarvuzning og’irligi necha kg bo’lgan? 500gr 3. 1 ta bakteriya 1 sekundda 2 taga ko’payadi. O’sha 1 ta bakteriyani bir bonka (idish)ga solganimizda 1soatda liq to’ldi. Qancha vaqtda bakteriya Bonka (idish)ni yarmiga keladi? Foydalanilgan adabiyotlar 1. Azizxodjayeva N.H “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat”- Toshkent.: TDPU, 2003, 174 bet. 2. Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o’qitish metodikasi (kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma) – T.: ”Ilm-Ziyo”, 2003, 240-bet 3. Jumayev M.E. „Matematika o’qitish metodikasidan praktikum“- Toshkent.: O’qituvchi, 2004, 328 bet. 4. Jumayev M.E. Bolalarda matematika tushunchalarni shakllantirish nazariyasi.-T.: ”Ilm-Ziyo”, 2005, 240-bet References 1. Azizxodjayeva N.H “Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat”- Toshkent.: TDPU, 2003, 174 bet. 2. Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o’qitish metodikasi (kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma) – T.: ”Ilm-Ziyo”, 2003, 240-bet 3. Jumayev M.E. „Matematika o’qitish metodikasidan praktikum“- Toshkent.: O’qituvchi, 2004, 328 bet. Download 12.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling