boshlang‘ich ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi 4-kurs (2 otm)401 guruh talabasi


Voleybol o`yinida texnik va taktik mahoratini oshirishga qaratilgan uslublar


Download 46.7 Kb.
bet3/5
Sana02.04.2023
Hajmi46.7 Kb.
#1320058
1   2   3   4   5
Bog'liq
JAYHUN TAYYOR

Voleybol o`yinida texnik va taktik mahoratini oshirishga qaratilgan uslublar.

Voleybol jamoasi o`yin turlariga mansub bo’lib , o`yinda ikki jamoaning har birida 6 kishi bo’lishi shart. Zahiradagi o`yinchilar soni 2 tadan 6 tagacha bo’lish mumkin. O`yinchilarning sport kiyimi – futbolka, trusi va shippak. O`yinchilarning yoshi va jinsiga qarab to’rning balandligi quyidagicha: Qizlar: 13-14 yoshdagilar uchun 2m 10 sm Ayollar: 17-18 va undan katta yoshdagilar uchun 2m 24 sm O’gil bolalar: 13- 14 yoshdagilar uchun 2m 20 sm 15-16 yoshdagilar uchun 2m 35 sm Erkaklar:17-18 va undan katta yoshdagilar uchun 2m 43sm. O`yin uch yoki besh partiyadan iborat bo’lib, har bir partiyada 15 ochkogacha davom etadi. Agar ochkolar 15:15 bo’lsa, o’yin 17 ochkogacha davom etadi. So’ngi partiyada (3 va 5) da o`yin hisobi «taymberd» asosida olib boriladi. Ya‘ni o`yindagi har bir harakat natijasiga qarab to’pni o`yinga kiritish huquqi qaysi jamoada bo’lishidan qatiy nazar jamoaga mag’lubiyat yoki g’alaba keltirishi mumkin. Hal qiluvchi partiyada o`yin 2 ochko farq qilguncha davom etadi: o`yin jarayonida texnik malakalarni bajarishdagi xatolar: - To’pni o`yinga kiritishda: agar irg`itilmasdan to’gridanto’gri «qo`ldan» urilsa; - To’pni o`yinga kiritishda belgilangan chegara chiziqlarini bosish, to’p irgitilsayu, lekin urilishmasdan tanaga tegsa va hakozo; - To’pni uzatishda: to’p kaftga tegsa ilib olinsa, ikki qo’l ketma – ket yoki ham tanaga ham qo’lga tegsa va hokazo; - Zarba berishda: tana va tana qismlarini to’rga tegib ketishi (9-metrli belgilardan chegara oralig’ida) qo’nish vaqtida oyoq o’rta chiziqdan butunlay o’tib ketsa, raqib tomondagi to’pga tegilsa va hakozo. Himoyada - To’pni qabul qilishda: agar to’pni uzatishdagi xatolar bo’lsa; - to’siq qo’yishda, zarba berishdagi xatolar bo’lsa, ochko olishdan yoki to’pni o`yinga kiritish huquqidan mahrum qiladi. Voleybol 1895 yil o`yinining vujudga kelishi, uning dastlabki qoidalari: Voleybol 1895 yilda Amerika Qo’shma Shtatlarining Massachusets shitatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo’yicha rahbari pastor Bulyam Morgon tomonidan yaratilgan. U voleybol o`yinini oddiy, ko’p mablag’ sarflamasdan tashkil etishni ko’zda tutib yangi o`yinning qoidalarini ishlab chiqdi: 1896 – yilda Springsild shahridagi kollej direktori doktor Alfered Xalsted bu o`yinga «voleybol» deb nom berdi. «Voleybol» inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida «parvoz qiluvchi to’p» degan ma‘noni beradi. 1897 yilda tadbiq etilgan ba‘zi bir o’yin qoidalari quydagicha edi. 1. maydoncha chegaralari 7,6 x 15,1 m 2. to’pning o’lchamlari 0,65 x 8,2 sm 3. to’pning vazni 340 g, aylanasi 63,5-68,5 sm 4. o`yinchilarning soni chegaralanmaydi va hokazo.


O‘yinchini muvozanatdan chiqarish uchun (agar tashqi kuchlar ta’siri bo‘lmasa), harakat yaqindagi oyoq bilan emas (chunki u tayanchdan uzilib qoladi), balki uzoqdagi oyoqning itarilishi bilan amalga oshiriladi. Aks holda (muvozanatni yo‘qotgan va yaqinroqdagi oyoq bilan itarilganda) tovonlar orasidagi masofa uncha katta bo‘lmagan baland tik turish samaraliroq bo‘lgan bo‘lardi. Amaliyot va nazariy qarashlar buning teskarisini ko‘rsatadi: (ma’lum darajagacha) bukilgan oyoqlarda bajariladigan turish qancha pastroq va kengroq bo‘lsa, harakatni boshlash shunchalik yengil bo‘ladi. Sportchining harakatlanishini yuzaga keltiruvchi sabab oyoqning tayanchdan itarilish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi hisoblanadi (4-rasmda Fg). U tayanchning ta’sir kuchini gorizontal tashkil etuvchisiga (Frg) teng bo‘lib, bu harakatlantiruvchi kuch deb hisoblanadi, chunki u o‘yinchining harakat yo‘nalishiga mos bo‘ladi. Ushbu tashkil etuvchi ikkita omil: tayanchning ta’sir kuchi kattaligi va itarilish kuchining tayanchga ta’sir etish burchagi bilan aniqlanadi. Uning 84 qo‘yilish burchagi (φ) qancha kam bo‘lsa, itarilish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi shunchalik ko‘p bo‘ladi va shunga mos ravishda o‘yinchi gavdasining tezlashishi ham oshadi. Birinchi qadamda, oyoq muskullari kuchi va rivojlanib boruvchi kuch qo‘yishning geometrik qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘yinchi qanchalik pastroq va kengroq turishdan foydalana olsa, itarilish burchagi shunchalik kam bo‘ladi. Tik turish balandligi va oyoq tovonlari o‘rtasidagi masofa o‘yinchining oyoq muskullarining tezlik-kuch imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanishi lozim. Oyoq muskullari qanchalik kuchli bo‘lsa, himoyachi shuncha pastroq turishdan foydalanishi mumkin. Judayam keng holatda turish samarasiz, voleybolchi deyarli to‘g‘ri qo‘yilgan oyoqlar bilan katta kuchni rivojlantira olmaydi. Vaqt tig‘izligida o‘yinchi kerakli yo‘nalishni tanlashida o‘zgaruvchan turish holati yordam berishi mumkin, bunday holat zaruriy siljish chizig‘i bo‘ylab joylashgan kerakli nuqtaga, navbatdagi siltanish bilan, tovonlarni joylashtirish imkonini beradi. Shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki (masalan, himoyada yoki kuchli zarbalarni qabul qilishda), o‘zgaruvchan turish holati ham istalgan natijani bermaydi. Odatdagi yugurish. Tayanch tiralgan qadam bilan erishib bo‘lmaydigan yuqori tezlikdagi harakatlar talab etilganda o‘yinchilar odatdagi – yugurishdan foydalanadilar. 85 Voleybol bo‘yicha mutaxassislar hozirgacha ham ARASTU qarashlariga tayanadilar, unga ko‘ra “tezroq yugurish uchun kuchliroq itarilish kerak”. Ushbu talqinga ko‘ra yugurish tezligi yuguruvchining qadam uzunligining (L) uning chastotasiga (n) ko‘paytmasiga tengdir: V=L∙n (14) Rasman bu to‘g‘ri, biroq uni keyingi talqini quyidagicha: sportchining qadamlari chastotasi – juda konservativ omildir: mashq jarayonida “eng yuqori tezlik” hodisasi tez boshlanadi. Ushbu sababga ko‘ra, oyoq harakatlari chastotasi yuqori bo‘lgan sportchilarni tanlab olishga katta e’tibor berish tavsiya etiladi. 3.4.3. To‘xtash Voleybolchilar harakatdan so‘ng, yoki o‘yin usulini bajarganidan so‘ng to‘xtaydilar. O‘yinchilar to‘xtashni quyidagi usullarda amalga oshiradilar: qadamda, ikki qadamlab, yugurib, sakrab, sirpanib va umbaloq oshib. Harakatning pastroq tezligi (tayanch tiralgan qadamda) o‘yinchilarga qadamlab to‘xtashga imkon beradi. Harakatning ancha yuqori tezligini (odatdagi yugurishda) ikki qadamlab sekinlashtirish mumkin. Buning uchun tayanuvchi uzun, oxirgidan oldingi qadamda oyoq o‘yinchining gavda qismidan oldinga o‘tadi va to‘xtashda tayanchga, uning harakat tezligini so‘ndiruvchi, qarama-qarshi kuch qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi. Oxirgi qadam o‘yinchining to‘xtash vazifasini uzil-kesil hal qiladi. Yugurishning yanada yuqoriroq tezligi oyoq qismiga berilgan yuqori darajadagi tormozlanish bilan sekinlashtiriladi. Bu unchalik uzun bo‘lmagan pastroq, oldinga uzatilgan siltanuvchi oyoqdan birdaniga siltanib yerga tushishdan iboratdir. Sakrash usuli bilan, masalan, hujumchilar, to‘siq qo‘yuvchilar va himoyalovchi o‘yinchilar tayanchsiz holatda to‘xtashlari mumkin. Sirpanishdagi ishqalanish hisobidan himoyachilar to‘xtashlari mumkin, ular tizzada, yonbosh bilan, ko‘krak yoki orqasi bilan sirpangan holda to‘pga tashlanadilar. Himoyachilar to‘xtashni umbaloq oshish yordamida ham bajarishlari mumkin. Yiqilish bilan to‘xtagandan so‘ng o‘yinchilar mumkin qadar tezroq o‘z hududlarini egallashlari va o‘yinga qo‘shilishlari muhimdir. 86 Voleybolchilarning maydonda turish, to‘p bilan samarali o‘zaro ta’sirini yoki unga tayyorlanishni amalga oshirish uchun zaruriy xulosalar 1. Voleybolchilarning maydonda turish, to‘p bilan samarali o‘zaro ta’sirini yoki unga tayyorlanishni amalga oshirish uchun gavda bo‘g‘inlarining eng foydali joylashuvi sifatida, yelkalar pasaytirilgan va to‘g‘rilangan holda qo‘llar deyarli oldinda bo‘lgan, gavda oldinga engashgan, yarim bukilgan oyoqlarda, oyoq uchida bilaklar bilan amalga oshiriladi. 2. O‘yin vazifalarini samaraliroq hal etishga turishning maqsadga muvofiq ko‘rinishidan foydalanish yordam beradi. To‘siq qo‘yish va to‘p uzatishga tayyorlanishda, shuningdek, yuqoridan uzatishlarni bajarishda tovonlar qisqaroq qo‘yilgan yuqoriroq ko‘tarilib turishlardan foydalaniladi. Himoyachilar o‘z harakatlarini pastroq va keng turgan holda bajarishlari lozim. 3. Tayanch tiralgan qadamlar bilan harakatlanish – voleybolchi tamonidan eng ko‘p qo‘llaniladigan harakatlanish turidir. 4 Turish holati qanchalik past bo‘lsa (ma’lum darajada, oyoqlarning kuchi va uzunligiga bog‘liq holda), start va tezroq tezlanish shunchalik samarali bo‘ladi. 5. Vaqt tig‘izligi sharoitlarida va katta masofaga siljishlarda, odatdagi yugurishdan foydalanish kerak. . Odatdagi yugurishda energiyaning asosiy qismi tebranuvchan qo‘l-oyoqlarning (ularni tezlashtirish va sekinlashtirishda) inersiya kuchiga qarshi sarflanadi. Tebranishlarning uchta asosiy rejimlaridan eng foydalisi konservativ rejim hisoblanadi. Unda qo‘l-oyoqlarni sekinlatish va tezlatish ishini egiluvchan o‘zgarishning kinetik energiyasini potensial energiyaga va buning teskarisiga o‘zgartirish hisobidan gavda bo‘g‘inlarining energiyasini saqlashni suyak-muskul birikmalarining egiluvchan elementlari bajaradi. 8. Startdagi eng yuqori tezlanish va masofaga yugurishning yuqori tezligini qo‘l-oyoqlar tebranishini konservativ rejimga o‘tkazuvchi avtogen sekinlashish refleksi yordamidagina muskullar faolligini boshqarish hisobidan ta’minlash mumkin. 9. Harakatlanish sharoitlari va tezligiga bog‘liq holda voleybolchilar sekinlashishning har xil usullaridan: qadamda, ikki qadamlab, sakrash, pastlashish, sirpanish va umboloq oshishdan foydalanadilar. 87 3.5. Sakrashlar Voleybolchilar ikki turdagi sakrashdan foydalanadilar – bir yoki ikki oyoqda siltanish; ular yugurib yoki joydan turib bajariladi. Sakrashlar ayrim o‘yin usullarida: hujum zarbalari, to‘siq qo‘yish, uzatishning ayrim usullari va himoyadagi o‘yinlarda muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Voleybolchilarning tayanch-harakat apparatlari elementlaridan biomashinaning samarali elementlarini shakllantirish, o‘yinchilarga balandroq sakrashga imkon berish usullarini muvaffaqiyatli joriy etib, yugurgan va joyidan yuqoriga sakrashlarning fizik mohiyatini tushunish zarur. Voleybolchining sakrashi, boshqa harakatlar kabi, yerning tortish kuchi ta’siri maydonida bajariladi. U yer yuzasida muntazam mavjid, ya’ni sakrovchi va yerning markazi o‘rtasidagi masofa bir xildir, sakrash balandligi unchalik ahamiyatga ega emas. Voleybolchi sakrashni bajarishi jarayonida yerning tortishish kuchi salbiy tezlanishni (ya’ni tezlik sekinlashuvini) keltirib chiqaradi, pastga tomon harakatlardan esa ijobiy tezlanish kuzatiladi. Sakrovchining yuqoriga ko‘tarilish tezligi qancha katta bo‘lsa, voleybolchi shuncha yuqoriga sakraydi, bu siltanishdagi ma’lum vaqt davomida qo‘yiluvchi kuch impulsi (boshqa har xil ehtimollar bilan) belgilanadi. Tezlik vektorining o‘zgarishi, harakatdagi voleybolchiga nisbatan qandaydir burchak ostida tashqi kuchlar ta’sirida kelib chiqadi. Ta’sir etuvchi tashqi kuch (yoki tashqi kuchga sabab bo‘ladigan ichki kuch, masalan, tayanchning ta’sirlanish kuchi) uning kattaligi va burchagiga bog‘liq tezlik vektori o‘zgarishini ta’minlaydi. Sakrovchi gavdasining siljish yo‘nalishiga nisbatan 90o burchak ostidagi kuch, yugurishning gorizontal tezligi vektori kattaligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. U tayanchga suyanib, oyoq muskullari kuchi ta’siri natijasida uning vertikal holati hisobidan uning kattaligi va tezlik vektori yo‘nalishini o‘zgartiradi. Bunda tayanchning ta’sirlanish kuchi vujudga keladi, u miqdor jihatdan tayanchga ta’sir kuchiga teng va qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Tezlikning ikkala tarkibining natijasi sakrovchi yo‘nalishi tezligini belgilaydi, shu tarzda tezlik vektori o‘zgaradi. Agar kuch harakatlanayotgan sakrovchining gavdasiga kichik burchak ostida ta’sir etsa (izidan orqaga siltanishda), unda sportchining 88 yugurish tezligi vektori, itarilish kuchi bilan vujudga keluvchi gorizontal tezlik vektori kattaligigacha o‘zgaradi. Gavdaning o‘sib boruvchi gorizontal siljish tezligi vektori va vertikal tashkil etuvchining vektor tezligi sakrovchi vektor tezligini belgilab beradi. Itarilish mexanizmini tushunish va sakrash balandligini oshirish shartlarini shakllantirishda sakrash jarayoni muskul energiyasidan foydalanish samaradorligi jihatidan o‘rganilib chiqilishi lozim.

Download 46.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling