boshlang‘ich ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi 4-kurs (2 otm)401 guruh talabasi


Voleybol sport turida qoidalar haqida tushuncha


Download 46.7 Kb.
bet4/5
Sana02.04.2023
Hajmi46.7 Kb.
#1320058
1   2   3   4   5
Bog'liq
JAYHUN TAYYOR

Voleybol sport turida qoidalar haqida tushuncha
Mashqlar hisobidan muskullar faolligini oshirish usullari va muammolari quyidagicha beriladi: sakrovchi mushaklari faolligini hisobga olib, asosiy e’tiborni sakrash balandligini oshirish uchun muskul energiyasidan samarali va tejamli foydalanish sharoitlarini izlash zarur. Nazariy jihatdan sakrovchi gavdasining yugurish va pastlashish tezligi qancha yuqori bo‘lsa (buning uchun ancha yuqoriga sakrashni bajarish lozim), pastlayotgan gavdaning energiyasi suyak-muskul tarmoqlarining egiluvchan elementlariga shunchalik ko‘p tarqatiladi. Biroq, bu sakrovchining bo‘shashmagan holda siltanishga kuchi yetadigan sharoitdagina imkonli bo‘lib, bu holatda, oyoq muskullaridagi egiluvchan elementlarni quvvatlamasdan turib, foydasiz taranglashuv jarayonida pasayayotgan gavdaning kinetik energiyasi sochilib ketadi. Istalgan sakrashda yugurishning optimal tezligi va sakrash balandligini tanlash o‘yinchining oyoq muskullari kuch xarakteristikasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim, bu amortizatsiya va siltanishda ularning bo‘shashgan tartibda ishlashini bartaraf etadi. Oyoq muskullari qanchalik kuchli bo‘lsa, shunchalik katta tezlikda yugurish va ko‘proq balandlikka sakrashni bajarish mumkin. Ushbu aytilganlar yana shuni anglatadiki, vertikal sakrashni bajarishda (masalan, to‘siq qo‘yish uchun), joyida turib sakrash uning balandligini oshiradi. Bir oyoqda siltanib sakrashda asosiy rolni tayanch oyoqda biroz o‘tirib, oxirgi qadam bajaradi. Uni ko‘rinish jihatidan sakrash deb ham bo‘lmaydi – yugurishning gorizontal tezligi, siltanishni amalga oshiruvchi muskullar egiluvchan elementlarni “quvvatlash” uchun deyarli yetadi. Sakrash balandligini oshirish shartlarini ro‘yobga chiqarishga, muskul faolligini boshqarish tegishli mexanizmlari ham yordam beradi. Bu mexanizmlar evolyutsiya jarayonida yaratilgan va fiziologlarga allaqachon ma’lum bo‘lgan shartsiz reflekslar ko‘rinishida mustahkamlangan. Bunda chap bo‘yin – tonik (faollik) va shartli 89 reflekslar haqida so‘z boradi. Muskullar tonusi faolligi ham tez nafas chiqarilganda refleksiv holda oshadi. Ularning funksiyasi, ma’lum bir sharoitlarda, ishlovchi muskullarning kuchli qisqarishini ta’minlovchi, kuchli efferent signallarni shakllantirishdan iboratdir. Birinchi holatda boshni tezlik bilan engashtirish lozim. Boshni birdaniga, masalan, orqaga (gavdaga nisbatan) engashtirish gavdani to‘g‘ri tutib turuvchi muskullarning tonusini oshiradi. Ikkinchi holatda muskullarni birdaniga cho‘zish kerak, bu kuchlanish, qisqarishdan oldin bo‘lib, ballistik harakatlarda ularning kuchini namoyon etishiga yordam beradi. Kuchlangan muskullarning bunday oldindan cho‘zilishi oyoq muskullarida sakrovchi gavdasining taranglashganda, amortizatsiya holatida yuz beradi. Uchinchidan, yakuniy ballistik harakatni nafas chiqarish bilan birgalikda bajarish lozim. Endi siltanish va sakrsh mavjud variantlarini ko‘rib chiqamiz. Sakrovchi qadamidan boshlaymiz. Hujum zarbalarini amalga oshirishda yugurib kelib sakrashni bajarishda qadamni chap oyoqdan birdaniga ikki marta, chapaqaylar uchun o‘ng oyoqda ikki marta bajarish maqsadga muvofiqdir. Teskari tartibda sakrash (o‘ng oyoqli hujumchilar uchun ikki qadamda) hujumchiga zarar keltiradi, uning harakatlarini sekinlashtirib qo‘yadi va unchalik yaxshi natija bermaydi. Tayanchga o‘ng tovonni oldinga qo‘ygan holda siltanishda (juda ko‘pchilik o‘yinchilar sakrashni shunday bajaradilar), hujumchi to‘rga o‘ng yoni bilan yaqinlashadi. Bu hujumchi voleybolchiga gavdani o‘ngga burishga va qo‘llarni yozishga xalaqit beradi. Bir qator xatolarning paydo bo‘lishi yoki mustahkamlanishi quyidagicha tashkil topadi: uruvchi qo‘lning “yumshoq” sxemaga tushib qolishi, zarbada gavda burilishining ishtirok etmasligi, qulochning qisqarishi va boshqalar. Yana bir holatni ta’kidlash muhim: siltanish jarayonida oyoqning tayanch bilan o‘zaro ta’sirini ta’minlash zarur, bu bilan yugurish va sakrashda sakrovchi gavdasi kinetik energiyasi sochilishining kamayishi mumkin. Bunga tovonni tayanchga egiluvchan – qattiq holatda qo‘yish bilan erishiladi, buning uchun sakrashni har ikkala “qattiq” tovonda bir vaqtda bajarish zarur. Tayanchga tovonlarni ketma-ketlikda qo‘yish bilan siltanish jarayonida oyoq muskullarining egiluvchan elementlari kamroq samarali bo‘ladi. Bunday variantda voleybolchining taranglashgan holda harakatlanayotgan gavdasi oldiniga bir oyoq bilan, keyin ikkinchisi bilan sekinlashtiriladi. Bu siltanish vaqtini oshiradi, energiya sochilishiga 90 yordam beradi va oyoq muskullarining egiluvchan elementlarida uning jamlanishini kamaytiradi. Tezlik bilan siltanish birinchi temp bilan hujumni bajarishda, siljishdan keyingi to‘siq qo‘yishda, hujumchining to‘pga kechikib chiqishida katta ahamiyatga ega. Tayanchga oyoqlarni ketma-ketlikda qo‘yish odatda bir oyoqni boshqasidan oldinroqqa qo‘yish bilan kuzatiladi (bir metrgacha). Siltanish samaradorligi bunda pasayadi, “izma-iz quvishda” amalga oshiriladi, bunda sakrovchining gavda og‘irligi bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkaziladi, bu ma’lum darajada navbatma-navbat siltanishga olib keladi, oqibatda esa, uning vaqt davomida “cho‘zilishi” bilan ta’sir kuchi kattaligi pasayadi. Bunda kuchli egiluvchan harakatning “oltin qoidasi” buziladi va yanada kuchli boshlang‘ich siltanish ta’minlanmaydi. Bu bilan tezlantiruvchi oyoq mushaklariga energiya uzatish koeffitsienti pasayadi, energiyaning jamlanishi va uning siltanish jarayonida erkinlashuvi uchun egiluvchan son mushaklardan foydalanish darajasi, kuch impulsi kattaligi muqarrar sur’atda pasayadi. Shu tarzda, siltanish uchun tayanchga oyoqlarni taranglashtirish jarayonida har ikkala tovonni bir vaqtda, bir chiziqqa, yugurish yo‘nalishiga perpendikulyar holatda qo‘yish kerak. Siltanishni tovondan oyoq uchiga tomon siljish bilan, “ballistik harakatlarning oltin qoidasini” amalga oshirishga intilib bajarish maqsadga muvofiqdir. Oyoqni tayanchga bunday qo‘yish usuli boshqa ustunliklardan tashqari yana, ikkinchi himoya hududidan hujumda, hujum qilish zonasiga “kirib qolish” xatosiga yo‘l qo‘ymaslikka va to‘rga yaqinroq joydan to‘pga zarba berishga imkon beradi, bu hujumchining imkoniyatlarini oshiradi. Siltanishning yana bir muhim mexanizmini – sakrovchi qo‘l-oyoqlarining siltanish – qo‘l-oyoqlarning birgalikdagi ishlash harakatlarini qarab chiqamiz. Sakrovchi tomonidan qo‘l-oyoqlarning birgalikdagi harakatini amalga oshirishda ikkinchi mushakning funksiyasini quloch yozishda oyoq-qo‘llarning aylanma harakatlari natijasida vujudga keluvchi markazdan qochma kuchning faqat vertikal tashkil etuvchisigina bajaradi. Aynan uning kattaligi (oyoq muskullarini rivojlantiruvchi kuch bilan birga) amortizatsiya va itarilish jarayonida tayanchga ta’sir kuchining impulsini belgilaydi. Qo‘l va oyoqlarning birgalikdagi harakatlari vertikal tashkil etuvchisi tayanchga bilvosita – gavda va oyoqlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Amortizatsiya va itarilish vaqtida u avvaliga, qo‘l-oyoqlarning aylanma harakati bo‘yicha markazdan qochma kuch vektorining yerning tortishish 91 kuchi bilan tobora ko‘proq mos kelishi hisobidan tayanchga bosimni ko‘paytiradi. Keyin esa itarilishni yengillashtiradi, chunki quloch yozish jarayonida voleybolchi massasining bir qismi sifatida (birgalikda harakatlanuvchi qo‘l-oyoqlar) vertikal uchishning ancha yuqori tezligiga erishadi. Havoda tezliklarning tenglashuvi hisobidan harakat organlari kinetik energiyasi qayta taqsimlanadi. Shu tarzda, oyoq-qo‘llarga ta’sir kuchining ortishi aylanma harakatning kinetik energiyasi oshishiga olib keladi, bu tashqi kuchlar ta’sirida sekinlashuvda ortib boruvchi harakat energiyasiga o‘tib boradi, bu qo‘l-oyoqlar uchun gavda va oyoqlar massasining inersiyasi bo‘ladi. Oyoq-qo‘llarning maydondagi harakatini katta amplituda bo‘yicha keng quloch yozishda bajarish kerak. Bunda kamida ikkita vazifa hal etiladi: 1.Uzoq masofa davomida harakatlanuvchi qo‘l-oyoqlar yuqori tezlikka ega bo‘lishi mumkin (bu aylanma harakat uchun kinetik energiya formulasida kvadratdan iborat bo‘ladi. 2.To‘g‘rilangan holatdagi qo‘l-oyoqlar bilan keng qadam tashlab bajarila-yotgan harakatda tayanchga eng katta bosim yaratiladi – bu qo‘llarning pastki vertikaldan o‘tishi vaqtidagi holatiga mos keladi. Ushbu holatda tezlanish belgisi teskarisiga almashinadi. Mantiqan qo‘l-oyoqlar quloch yozish umumiy xarakteristikasi oshirilishi (harakatda qo‘l-oyoqlar sonini va ularning inersiya momentlarini ko‘paytirish hisobidan, bu qo‘l-oyoqlar geometrik massasini tegishlicha o‘zgartirilganda mumkin bo‘ladi) sakrash balandligining oshishiga olib keladi. Biroq, doimo ham shunday bo‘lavermaydi. Masalan, qo‘l bilan yonma-yon harakatlanish vaqtida bir oyoqdan foydalanilsa, ikkinchisi bilan esa itarilsa, unda bo‘sh oyoqdagi faol harakat hisobidan voleybolchi uchish tezligining ko‘payishi effekti, itarilishda qo‘yilgan kuchning pasayishi bilan tenglashib qolishi mumkin. Chunki itarilish ikkala oyoqda emas, bir oyoqda bajariladi. Shunga e’tibor berish zarurki, sakrovchi gavdasining vertikal uchish tezligi kuchning mutlaq ko‘rsatkichlari bilan emas, balki uning vaqt davomidagi ta’siri –kuch impulsi bilan aniqlanadi. Kattaligi turlicha bo‘lgan, turlicha vaqt oraliqlarida harakatlanuvchi kuchlar ta’sirida bir xil natijaga erishish mumkin. Tayanchdan bir oyoq bilan itarilgan holatda, o‘yinchi ikki oyoq bilan sakraganidan ko‘ra kamroq kuch sarflashi va xuddi shunday balandlikka sakrashi mumkin. Ehtimol, voleybolchilar uchun har ikkala 92 usuldagi itarilishdan keyingi gavda uchishining umumiy kinetik energiyasi kattaligi to‘liq taqqoslanuvchan bo‘lishi ham mumkin, bunga ularning mashq jarayonida taxminan bir xilda “ishlov” berilganligi sabab bo‘lishi mumkin. Yengil atletikachilarga esa yugurgan holda balandlikka sakrash bo‘yicha qoidalarda faqat bir oyoqda itarilishga ruxsat beriladi. Demak, yugurish holatida bir oyoq bilan itarilish unchalik ham yomon emas va shubhasiz ma’lum bir vaziyatlarda ustunlikka egadir. Masalan, bir oyoqda sakragan holda to‘pga hujum zarbasi berilganda, to‘r bo‘ylab uzatishlarda, uzunligi ikki metrgacha bo‘lgan to‘r bo‘ylab o‘yinchining harakat trayektoriyasidagi aniq nuqtalar mo‘ljalga olinishi mumkin. Bu to‘siq qo‘yuvchi raqiblarga qiyinchilik yaratadi, ular ham, umuman olganda, xuddi shunday – bir oyoqda to‘r bo‘ylab sakrab “uchib o‘tish”dan foydalanishlari mumkin. Sakrashlarni amalga oshirish bo‘yicha zaruriy xulosalar 1. Sakrash balandligi tayanchga qo‘yiluvchi, vaqt davomida ta’sir etuvchi kuch kattaligi, ya’ni kuch impulsi kattaligi bilan aniqlanadi. U itarilishda oyoqning to‘g‘rilanishi momenti boshlanishdagi kuch o‘zgarishlari grafigining egri chiziqli maydoniga mos keladi. 2. Yuqori sakrashni bajarish zaruriyati muskullarning kuch va tezlik xarakteristikalariga yuqori talablar qo‘yadi. Sakrovchining oyoq muskullari “tez kuchga”, ya’ni itarilishda namoyon bo‘luvchi quvvatga ega bo‘lishi kerak. 3. Agar sakrovchi yugurish va taranglashuvda to‘plangan gavda kinetik energiyasidan, uni muskul va bo‘g‘inlarda jamlash va keyincha chiqarishi hisobidan itarilish uchun foydalansa, sakrash balandligi oshadi. 4. Samarali itarilishning barcha shartlari samarali egiluvchanlik harakatlarining “oltin qoidasi” doirasida amalga oshadi. Itarilish jarayonida muskul kuchlarining vaqt davomida jamlanishini ta’minlash va ularni sakrovchi gavdasining tezlanishi boshlanishida aralashtirish zarur. Boshqacha aytganda, mumkin qadar kuchli boshlang‘ich kuchlanishni bajarish kerak – qisqa vaqt oralig‘i davomida itarilishning mumkin qadar katta kuchda bo‘lishini namoyon etish lozim. 5. Yugurish tezligi, shuningdek, sakrash balandligi va uzunligini sakrovchining oyoq muskullari kuchini hisobga olgan holda tanlash lozim. Chap oyoqda sakrash jarayonida (o‘ng qo‘lli hujumchilar uchun) ikkita “qattiq” tovonga katta amplitudada quloch yozgan qo‘llarni 93 keltirish va gavdani (yugurish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p darajada) orqaga egiltirish zarur. 6. Sakrashda ikkala oyoqni ham tayanchga bir vaqtda va bir chiziqda, yugurish yo‘nalishiga perpendikulyar holatda qo‘yish kerak. 7. Itarilishni oyoq uchiga egiluvchan o‘tish, tizza bo‘g‘inlari qattiqligining oshishi hisobidan energiyaning sochilishini pasaytirishga intilgan holda bajarish lozim. 8. Itarilish jarayonida to‘g‘rilangan qo‘llar bilan faol keng quloch yozishni (katta amplituda bo‘yicha) amalga oshirish zarur. Oldindan harakatlanmasdan sakrashni bajarishda qo‘llarning faol quloch yozish bilan joyidan sakrashni bajarish foydali bo‘ladi. 9. Yugurgan holda bir oyoq bilan sakrashda, ikki oyoqda sakrash uchun berilgan 3, 4 va 5-tavsiyalarni amalga oshirish zarur. 3.6. To‘pni uzatish To‘pni uzatish – o‘yinning muhim elementidir. Uzatish deyilganda oddiy sharoitlarda sherikka to‘pni yetkazish tushuniladi. Murakkab sharoitlarda (to‘pning yuqori uchish tezligida) bunday harakat odatda usul deyiladi, bog‘lovchi o‘yinchiga yetkazish vazifasi avvalgidek qoladi. O‘yinda “chegaraviy” vaziyatlar ham uchraydi, bunday hollarda to‘pni qaytarishni to‘liq ma’noda ham usul, ham to‘p uzatish deb atash mumkin. Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay sharoit yuzaga keltiriladi. To‘pni: tayanch holatdan ikki qo‘llab, sakrab ikki qo‘llab, sakrab bir qo‘llab, orqaga yiqilib turib ikki qo‘llab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi. Yo‘nalishi bo‘yicha to‘p uzatishlar (to‘p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha bo‘ladi: oldinga, o‘z ustiga, orqaga. Uzunligi bo‘yicha: uzun – zonalar osha; qisqa – zonadan zonaga; qisqartirilgan – zona doirasida. Balandligi bo‘yicha: baland – 2 m dan yuqori, o‘rtacha – 2 m gacha, past – 1 m gacha. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda to‘pga sekin, tez va katta tezlanish beriladi. To‘pni to‘rga yaqin – 0,5 m gacha va uzoq – 0,5 m dan ortiq masofada berish mumkin. Uzatishlarda to‘p bilan ishlash usullarining turlichaligi o‘yin vazifalari, shuningdek, ularni amalga oshirish sharoitlari bilan ham belgilanadi. Uzatishlarning ayrim turlari doimiy, boshqalari har zamonda qo‘llaniladi. Himoyada turish va o‘yinga kiritishda ham to‘pga xuddi shu usulda ta’sir ko‘rsatiladi. Biroq zarbadan keyingi yuqori tezlik va ba’zida to‘p uchishining murakkab 94 trayektoriyasi sababli o‘yinchilarning harakat yo‘nalishlari ayrim xususiyatlarga ega bo‘ladi. 3.7.1. Pastdan uzatishlar To‘pni pastdan uzatish bir yoki ikki qo‘llab amalga oshiriladi. Ular tayanch holatidan ham (joyidan, harakatda yoki siljishdan keyin), shuningdek, tayanchsiz holatda ham (pasayishda va ba’zan sakrashda) bajarilishi mumkin. Pastdan uzatishlar – voleybol o‘yinidagi eng oddiy texnik elementlardan biridir. Biroq to‘p bilan ishlashning ushbu usuliga ko‘p e’tibor qaratish kerak, chunki uzatish ko‘nikmasining shakllangan mexanizmlari, u yoki bu xilda, himoyada, to‘siq qo‘yishdagi himoyada va to‘pni qabul qilishda foydalaniladi. Pastdan ikki qo‘llab uzatish. Uzatishning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash uchun o‘z vaqtida to‘pni ilib olish joyiga borish va yuzma-yuz turish holida (ba’zida orqa bilan ham) to‘xtash kerak. Kechikib chiqish, o‘yinchiga to‘pni uzatish uchun qulay holatni egallashiga imkon bermaydi, bu uning samaradorligini pasaytiradi. Har qanday yo‘nalishdagi harakat odatdagi yugurish yoki tayanch tiralgan qadam bilan pastki turish holatida amalga oshiriladi, unda uzatish to‘xtagandan so‘ng bajariladi. Tayanch tiralgan oyoq bilan harakatlanish jarayonida qo‘llarni oldinda, tizza bo‘g‘inlari biroz bukilgan holda tutib turish va to‘p bilan ishlashdan oldin ularni o‘z vaqtida to‘g‘rilab olish kerak. Boshqa vaziyatlarda qo‘llarni to‘g‘rilagan holda, tayyorgarlik holatida tutish mumkin. Agarda odatdagi yugurish qo‘llanilsa, unda qo‘llar harakatga faol yordam beradi, oyoq harakatlariga teskari, faol quloch yozish harakatlarini bajaradilar. To‘pni qaytarishga bevosita tayyorgarlik jarayonida o‘yinchi pastki turish holatida to‘g‘rilangan qo‘llarni old tomonga birlashtiradi, barmoqlar birikadi, bu bilan o‘ziga xos maydoncha – “qaytaruvchi turish holati” yaratiladi. Pastdan uzatish holatidagi turish vaziyatini to‘p bilan ishlagandan keyin ham bir necha daqiqa saqlab turish lozim. U birdaniga ikki, tashqariga yozilgan bilaklar bilan bajariladi, bu gavda zaruriy egilganda, yelkalar va barmoqlar tushirilgan holatda, qaytaruvchi turish holatining yetakchi qat’iyligini yaratadi. Agar o‘yinchi, kerakli joyga o‘tib turgach, o‘z turish holatini oldindan tayyorlasa va to‘p undan kerakli yo‘nalishga uzatilsa, uzatish aniq va ishonchli bo‘ladi. Turish holatiga qarama-qarshi harakatlar zarur 95 bo‘lganida, bu deyarli doimo bo‘lib turadi, to‘pga tezlik, yelka bo‘g‘inlarida to‘g‘rilangan qo‘llarning aylanma harakatlari bilan emas, balki oyoq uchlarida ko‘tarilish bilan bog‘lanadi. Bunda tizza, tos va ensa bo‘g‘inlari deyarli harakatlanmaydi, ya’ni turish holati uzatishdan oldin ham keyin ham saqlanib turadi. Turish holati esa harakat jarayonida, har qanday vaqt davomida o‘ziga-o‘zi parallel holda qolishi kerak, bu to‘pni uzatishning ishonchliligi va aniqligini oshiradi. O‘yinchilar ko‘pincha qo‘llaydigan, yelka bo‘g‘inlaridan qo‘llar harakatlanishi hisobidan to‘pni uzatish kamroq aniqlikka ega bo‘ladi. Chunki, birinchidan, qaytaruvchi turish holatining qat’iyligi pasayadi, ikkinchidan, turish holati o‘z o‘qi atrofida aylanib, vaqtning ma’lum bir qismidagina maydondagi shunday holatga tushadi, bu to‘pga zarur yo‘nalishda sakrash imkonini beradi. Bu yetkazishda qo‘shimcha qiyinchiliklarni yaratadi, uzatishning aniqligi pasayadi. Pastda to‘pni qabul qilishda to‘pga to‘g‘ri joy tanlash va uni to‘g‘rilashga o‘tish maqsadga muvofiqdir. Biroq, o‘yinda shunday holatlar ham bo‘ladiki, o‘yinchi to‘pga yaqinlashishga ulgurmaydi. Bunda himoyada turish holati tayanch maydonidan tashqariga chiqarish va to‘pga tomon shunday burish kerakki, to‘p kerakli yo‘nalishga tomon uzatilsin. Bunda to‘pni qarshi olish harakati asosiy tovon bilan bajariladi. Vaqt tig‘izligi “o‘z yo‘licha” – turishda to‘xtamasdan, harakatlanish jarayonida bajariluvchi uzatishlar bundan mustasnodir. Bu holatda faqat uzatuvchining, yelka bo‘g‘inlaridagi qo‘l harakatlari hisobidan bajaradigan faoliyati bo‘lishi mumkin. Bu to‘liq darajada boshning orqasiga uzatishlarga ham taalluqlidir, ular ba’zida.

XULOSA:

Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotdagi hamma turlarini, hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport pedagogik mutuxassisliklarga umumnazariy asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak kadrlarga “Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi” fani bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Talabalarga gimnastika turlarining mashq elementlarini, umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish, harakatli o‘yinlar bo‘yicha ota bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash, harakatli o‘yinlar tashkil qilish va o‘tkazish, ularni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni o‘qitishda qo‘llanadigan turli usullar bilan nazariy va amaliy tanishtirish, jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta’lim berish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarini amalda bajarish orqali amaliyotga tadbiq etiladi hamda ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.


Fanning vazifasi – Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi fanini o‘qitishda bo‘lajak mutaxassislarga gimnastikaning mashq elementlarini o‘rgatish, harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish, o‘yinlarni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlash, maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish hamda tashkil etishni o‘rgatish, gimnastika, harakatli o‘yinlarni kelib chiqishi, qisqacha tarixi, turkumlari, rivojlanish bosqichlari, pedagogik ahamiyatini anglatish, gimnastika mashqlari va harakatli o‘yinlarni tasnifini anglatish, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘rgatish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.


Download 46.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling