Boshlang’ich ta’lim fakulteti sirtqi 412-guruh talabasi Boltaboyeva Dildoraning ona tili o’qitish metodikasi fanidan “Boshlang’ich sinflarda bayon yozishga o’rgatish” mavzusidagi taqdimoti


Download 1.76 Mb.
Sana10.04.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1348577
Bog'liq
Boltaboyeva Dildora

Boshlang’ich ta’lim fakulteti sirtqi 412-guruh talabasi Boltaboyeva Dildoraning ona tili o’qitish metodikasi fanidan “Boshlang’ich sinflarda bayon yozishga o’rgatish” mavzusidagi taqdimoti


Bayon arabcha so’zdan olingan bo’lib
1) voqea, hodisa, fikr, mulohaza va shu kabilarning ogʻzaki yoki yozma ifodasi;
2) matnni oʻqib yoki aytib berilganlar asosida yozib chiqilgan ish degan ma’nolarni anglatadi.
Bayon o‘qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng yozma qayta hikoyalashdir. 
Oʻquvchilarni oʻz fikrini mustaqil yozishga, oʻqilgan matnni hikoya qilishga oʻrgatishni iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul. Buning uchun oʻquvchilar matnni ogʻzaki hikoya qilayotganda qoʻllangan alohida soʻzlarni yozishdan gapni yozishga, soʻng matnni qismlarini yozishga va ikkinchi sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida bayon yozishga oʻrgatiladi. Bayon oʻqib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan soʻng yozma qayta hikoyalashdir. Oʻqish darslarida matn ustida ishlash, oʻqilgan matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida ogʻzaki qayta hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.

Bayon yozishning turlari xilma-xildir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yozish sur’ati sekin, shunga koʻra bayon uchun kichik hajmdagi kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi. Bayon matni asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi bir matn tanlansa unga yana bir qancha lavhalarning tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari qoʻshiladi, keyinroq shaxsini oʻzgartirib bayon yozishga oʻtiladi. Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon oʻquvchilarda adabiy nutqni toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi.

Boshlangʻich sinfda bogʻlanishli nutqqa oid mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:


1) berilgan savolga toʻliq, mukammal javob;
2) oʻqilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni oʻrganish; oʻquvchilar lugʻatini faollashtirish bilan boʻgliq holda harxil mashqlar;
3) muntazam oʻtkazilgan kuzatishlarni yozib borish va ob-havo kundaligini yuritish;
4) oʻqilgan matnni turli variatda ogʻzaki qayta hikoyalash;
5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshi yoki oxiri berilgan hikoya, reja yoki sujet asosida oʻquvchilarning ogʻzaki hikoyasi;
6) badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, oʻquvchilar saviyasiga mos matnlarni yoddan yozish;
7) ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish;
8) namunasi berilgan badiiy, ilmiy-ommabop matn asosida bayon yozish;
9) oʻqituvchi bergan matnni oʻgzaki va yozma qayta tuzish (tanlab qayta hikoya qilish va yozma bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyani sahnalashtirish kabilar);
10) har xil turdagi yozma insho.
Bayonning ahamiyati:
Bolalarda adabiy nut to’g’ri shakllanadi;
Nutq madaniyati egallanadi;
Badiiy uslub singdiriladi;
Badiiy tilga sezgirlik oshiriladi.

Bayonning mavzulari:


Kishilarning hayoti, mehnati, yutuqlari ifodalangan matn;
Tabiat bilan bog’langan matn;
Fan-texnika, madaniyat, yutuqlarga oid matn.

Ikkinchi sinf o'quvchilarining ishlarida xatolar uchraydi. Xatolarni bartaraf qilish uchun o'qituvchi o'quvchilarning bilimiga mos alohida topshiriqlar beradi va ular yo'l qo'ygan xatolarni tuzatadi. Ikkinchi sinf o'quvchilarining tipik xatolari ustida ishlash uchun navbatdagi ona tili darslarida ish olib boriladi

Tipik xatolarga quyidagilar kiradi:


1. O’quvchilar gapning boshi va oxirini aniqlashda qiynaladilar.
2. Gapda bir so'zni takror ishlatadilar.
3. Ba’zi harf va bo’g’inlarni tushirib qoldiradilar.

Uchinchi sinfda bayon o'qituvchi tomonidan tavsiya qilingan tayyor reja hamda o'qituvchi rahbarligida jamoa bo'lib tuzilgan reja asosida o'tkaziladi. To'rtinchi sinfda esa yuqoridagi bayonning ikki turi bilan birga:


a) mustaqil tuzilgan reja asosidagi bayon;
b) qisman tasvir bo'lgan bayon;
d) grammatik topshiriqli bayon;
e) matn mazmunini qisqartirishga oid bayon va nazorat bayonlaridan foydalaniladi.
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling