Boshlang’ich ta’lim metodikasi fakul’teti 5141600 – btsti ta’lim yo’nalishi Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi
Download 377.28 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinflar matematika darslarida oqitishning korgazmali usullaridan foydalanish metodikasi
ro`yxatidan, birinchi navbatda, darsning asosiy vazifasini hal qilishga, o`rganiladigan mavzuning asosiy muhim masalalarini o`zlashtirishga bevosita yo`llanganlarini tanlab olishi kerak. Namoyishga darsning davomida asosiy e`tibor beriladi, u puxtaroq tahlil qilinadi, asosiy xulosalar ular yuzasidan qilinadi. Bir mavzudagi ikkita ko`rgazmali vositadan qo`yilgan vazifani yaxshiroq va kamroq vaqt sarflab hal qiladiganini tanlash kerak.
3. Asosiy usullardan tashqari, ayrim qo`shimcha ko`rgazmali usullar tanlanib, ulardan bo`sh vaqt bo`lganda yoki qiyinchilik yuzaga kelgan hollarda o`rganilayotgan masalani yaxshiroq tushuntirishga imkon beradigan vositalat sifatida foydalanish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, namoyish hajmini oshirib yuborish vaqtni ko`p sarflashga olib kelibgina qolmay, balki o`quvchilar e`tiborini o`rganilayotgan materialning mohiyatidan ham chalg`itadi.
4. Ko`rgazmali usullarni tanlashda tegishli sinfning xususiyati, sinfdagi o`quvchilar tafakkurlarining ustun ko`rinishi - og`zaki-mantiqiy yoki ko`rgazmali - obrazli ekanligi hisobga olinadi. Birinchi holda ko`rgazmalilik birmuncha oz yoki ular ko`proq abstraktsiyalashtirilgan ko`rinishlarda qo`llaniladi. Ikkinchi holda ko`rgazmali usullarning salmog`i ortadi.
5. Oquv materialini mustahkamlash va takrorlash jarayonida o`zlashtirilgan bilimlarni boshqa ob`ektlarga ko`chirishga va shu orqali ularni chuqurroq, tushungan holda o`zlashtirishga imkon beradigan yangi ko`rgazmali 26
qurollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O`z – o`zidan ma`lumki, qo`llaniladigan ko`rgazmali vositalarni o`quvchilar to`la tushuna oladigan bo`lishi va ularni o`zlashtirish ortiqcha vaqt sarflashni talab qilmaydigan bo`lishi kerak.
6. Ko`rgazmali usullarni qo`llashning, masalan, fizika, kimyo va biologiyadan tajribalar o`tkazidhning samaradorligini oshirish uchun o`quvchilar oldiga tajribadan ko`zlanayotgan maqsadni aniq qilib qo `yish kerak. Bu o`quvchilar diqqatini kuchaytiradi, uni davomliroq va barqaror qiladi. O`quvchilar qo`yilgan savollarga javob berar ekanlar, ko`rgazmali axborot ustida faol fikr yuritadilar, ko`tarilgan muammolarni hal qilish yo`llarini o`zlari qidiradilar va shuning uchun ham o`quv materialini faol o`zlashtiradilar. Ko`rgazmali qurollarni maqsadsiz naamoyish qilaverish darslarda juda ko`p vaqtni oladi va hatto darsning umumiy maqsadiga erishish nuqtai nazaridan zararli ham bo`lib chiqadi.
7. Ko`rgazmalilik ob`ektlarining o`zi faollashtiruvchi vositalar rolini o`tashiga qaramay, mana shu ko`rgazmalilik ob`ektlariga nisbatan o`quvchilarning qiziqishlarini oshirishning maxsus usullarini qo`llash foydalidir. Masalan, sxemalar, katta jadvallar, klassifikatsiyali plakatlar ko`pincha o`quvchilarning ko`pchiligida bevosita qiziqish uyg`otmaydi, o`zining tashqi murakkabligi bilan xatto ularni cho`chitadi. Mana shu o`rinda ularga nisbatan qiziqishni oshirish usullarini qo`llash zarurdir. Bu yerda evristik savollar, muammoli elementli xarakterdagi maqsadli ko`rsatmalar, jadval, sxema bilan tanishilgandan keyin olinadigan o`qitish natijalartining ahamiyatini tushuntirish, o`tkaziladigan tajribalarning his - hayajonli bo`lishi va hokazolar yordam beradi.
8. Tajribalarni, laboratoriya qurilmalarini va asbob – uskunalarni namoyish qilishda ularning tuzilishini aniq tushuntirish, butun sinf uchun to`la ko`rinishini ta`minlash (ko`rinishini ta`minlash usullari alohida ko`rsatiladi), murakkab tajribalarni qismlarga bo`lish, tushuntirishlarni doskaga ilingan rasmlar, daftardagi yozuvlar bilan qo`shib olib borish, ba`zida esa 27
o`quvchilarga ko`rinmaydigan asboblarning ichki tuzilishini o`zlashtirishga yordam beruvchi plakatlar va sxemalar shaklidagi tayyor rasmlardan ham foydalahish kerak. Murakkab tajribalar o`tkazilayotganda rasmlar chizish asbob bilan tanishilayotgan vaqtda, oddiylarida - tajriba o`tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
9. Eng samaralilashtirish tamoyili kutilgan samaraga eng qisqa vaqt ichida erishish uchun namoyishlarning qisqa muddatli bo`lishini talab etadi. Buning uchun namoyishlarni yaxshi tayyorlash kerak. Masalan, issiqlik bo`yicha tajribalar o`tkazishda oldindan isitib qo`yilgan suvdan foydalanish kerak, uni o`quvchilar ko`zi oldida isitmaslik kerak, bu ko`p vaqtni oladi. Tajribalarning qisqa muddatliligi o`qituvchining mashqlarni muvaffaqiyatli o`tkazishini, elektrostatika bo`yicha tajribalar o`tkazishdagi yuz berishi mumkin bo`lgan turg`un to`xtashlar (asboblarning lampasi qizib ketishi va hokazo) ning oldini olishni ta`minlaydi. Tajribani qisqa va aniq tushuntirish, tajriba davomida o`quvchilar bilan eng muhim masalalar yuzasidan qisqagina suhbat o`tkazish vaqtni tejash imkonini beradi.
Masalan, o`quv jarayonida filmdan foydalanishga tayyorlanishda o`qituvchi uni oldin ko`radi, namoyish davrida o`uvchilarga beriladigan savollarni oldindan tuzadi, darsning tegishli paytida ko`rsatiladigan bo`laklarini ajratadi. E`tiborni eng muhim tomonga qaratadigan jumlalarni qaerda berish kerakligini belglab qo`yish foydalidir. Nihoyat, film yuzasidan bo`ladigan yakunlovchi suhbatning rejasini ham belgilab qo`yish kerak.
Amaliyot xonasi qoshida o`quvchilardan laboratoriya guruhlarini tuzish tajribalar o`tkazishga tayyorlanishda vaqtni tejashga yordam qiladi. Bu o`quvchilardan dars davomida tajribalar o`tkazilayotgan yordamchilar sifatida foydalanish ham mumkin. Bunga bo`sh o`zlashtirayotgan o`quvchilarni ham jalb qilish foydalidir, ular ko`pincha o`qitishining tajriba qismiga ko`proq qiziqishni namoyon qiladilar va shu tufayli ular nazariyani o`rganish jarayoniga ham qiziqib qolishlari mumkin. Masalan, diafilmlar, diapozitivlar, sxemalar, kodopozitivlarni namoyish qilishga tayyorlashda, axborot
28
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda o`quvchilar ularning mazmunini chuqur bilib olishga intiladilar, ancha durustroq o`zlashtirayotgan o`rtoqlarining tushuntirishlarini tinglaydilar va yangi materialni yanada tushunib o`zlashtiradilar.
10. Illyustratsiya va namoyishlarni, barcha o`quvchilarning ko`rishlarini ta`minlaydigan xilma – xil vositalari qo`llash ko`rgazmali usullarni qo`llashning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Mayda qo`llanmalar, asboblar, sxemalarni ko`rsatish darslarga zarar keltiradi, xolos, o`qituvchi vaqtni bekorga sarflaydi va o`quvchilarga yaxshi ko`rinmaydigan bunday mayda qo`llanmalar ularning ko`plarida norozilik tug`diradi. Shuning uchun mayda harfli qo`llanmalarni yalpi tajriba va kuzatishlarda qo`llagan ma`qul. Qo`llanmalarni xonadagi maxsus namoyish stollariga qo`yib jihozlash, bu maqsadlar uchun ko`tarma stollardan va boshqa moslamalardan foydalanish yoki xonani amfiteatr tarzida jihozlash uning ko`rinishini ancha yaxshilaydi.
Asboblarni hamma o`quvchilar yaxshi ko`ra olishlari uchun fizika, kimyo, biologiya va boshqa tabiiy fanlar darslarida quyidagi vositalardan: yoritgichlar, fonida asbob ancha aniqroq ko`rinadigan ekranlar, reyterlar (qog`o`z va plastmassali ko`rsatkichlar), strelkalar, shisha idishlarda dog` qoldirmaydigan suyuqliklardan iborat bo`yoqlar bilan rang berish, soyali proektsiyalarni qo`llash va hokazolardan foydalaniladi.
Asboblarni yaxshiroq ko`rinishini va o`quvchilarning diqqatini ulardan mazkur payitda asosiy rol o`ynaydiganlariga qaratishni ta`minlash uchun namoyish qilish stolini ko`rsatiladigan hamma asboblar bilan to`ldirib tashlash kerak emasligini eslatish ortiqchalik qilmaydi. Ularning bir qismi kerak vaqtdagina o`quvchilar ko`z o`ngida paydo bo`lishi uchun namoyish stolining orqasiga qo`yilgan tagliklarga joylashtiriladi. Chunki ortiqcha asboblar o`quvchilar diqqatini chalg`itadi. Shuning ucnun ularning ayrimlarini ekran bilan to`sib qo`yish ham mumkin.
Ko`rinish yaxshi bo`lishi uchun namoyish stoliga turli balandlikdagi yog`och bruslarni qo`yish mumkin. Ayrim asboblar pastroq, boshqalari ancha 29
balandroq bruslarga qo`yiladi va hokazo. Natijada o`quvchilarga qurilmalarning yaqin qismigina emas, balki hammasi ko`rinadi.
Asboblarni maxsus ranglar bilan bo`yash, shakllarni, qismlarni ajratib ko`rsatish va shu kabilar ham ko`rinishning yaxshi bo`lishiga yordam beradi. Ba`zi hollarda katta, qiyalik burchagi 45 ◦ bo`lgan ko`zgulardan foydalanish ham o`rinlidir, chunki ular namoyish stolning yassi sathida o`tkaziladigan tajribalar (magnitli spektr bilan o`tkaziladigan tajribalar va hokazolar) ni ko`rishga imkon beradi.
Nihoyat, o`qituvchining o`zi tajribani ko`rsatayotganda qanday holatda turishi kerakligini ham unutmaslik kerak. Negaki, u qurilmaning ayrim qismlarini to`sib qo`ymasligi kerak.
Doskaga osib qo`yiladigan maxsus albomlardan foydalanish vaqtni tejaydi va rasmlarni yaxshi ko`rinishini ta`minlaydi, o`qituvchi esa ularga rangli flomaster bilan rasmlar chiza olish imkoniga ega bo`ladi. Bunday albomlar kerakli rasmlarni shu yerning o`zida, darsda, zaruriyat tug`ishiga ko`ra qayta ko`rsatish imkonini beradi.
Kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar qorong`ilatishga xizmat qiluvchi mos pardalar, qorong`ilatishni boshqaruvchi elektr moslamalar, yorug`lik texnikasi apparatlarini avtomaik ishga tushiradigan qurilmalar va boshqa bir qator asboblar bilan jihozlangan xonalarda namoyish qilinadi. Kunduzgi kinoni ko`rsatish uchun tegishli uskunalar bo`lsa, yana ham yaxshi.
Kimyo, fizika va boshqa texnila qurilmalarini namoyish qilishda tegishli instruktiv hujjatlarda aniq belgilangan xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat`iy rioya qilish zarurdir.
11. Ko`rgazmali usullarni qo`llashni eng samaralilashtirish asbob – uskunalarni xarid qilish harajatlarini tejashni talab qiladi. Birinchi navbatda laboratoriya ishlari uchun na`munali ro`yxatlarda nazarda tutilgan asbob – uskunalarni xarid qilish kerak. Namoyish qurilmalarini faqat qat`iy zarur miqdorda, yetarli darajada sotib olish kerak. Namoyish qurilmalaridan iqtisodiy nuqtai nazardan, birinchi navbatda, bir vaqtning o`zida bir qator
30
tajriba va namoyishlarni ko`rsatishga imkon beradiganlarini, ya`ni ancha universalroqlarini, faqat shundan keyingina foydalanish ko`lami ancha torroq asboblarni sotib olish foydalidir. Bu haqda gap yuritayotganimizning boisi ko`rgazmali qurollar do`konida na`munali ro`yxatga kiruvchi asboblarning hamma jamlamasi har doim ham bo`lavermasligi, ajrastiladigan mablag`lar esa, barcha zarur bo`lgan asboblarni bir yo`la sotib olishga imkon bermasligi tufaylidir. Shuning uchun ham xonalarni asbob – uskunalar bilan to`ldirishga iqtisodiy yondoshish juda zarurdir.
O`qituvci o`qitishning umumiy tamoyillariga tayanib, o`qitishning ko`rgazmali usullarini qo`llash qachon samarali bo`lishligi haqida tasavvurga ega bo`lishi, ya`ni ularning imkoniyatlarini bilishi kerak.
Respublikamizdagi T.N.Qori - Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqotlari institutida barcha o`quv predmetlari bo`yicha dastur materiallarni o`rganish uchun zarur ko`rsatmali qo`llanmalarning majmuasi ishlab chiqilgan. Majmuaning mazmuni kartochkalarga yozilgan bo`lib, ularda, bundan tashqari, bilimlarning batafsil mazmuni, o`qitish usullari va vositalari hamda o`quvchilar uchun zarur adabiyotlar ro`yxati ko`rsatilgan. Bu kartochkalardan o`qituvchiga darslarga tayyorlanishi va ularni o`tkazishhda, direktorga esa, o`qituvchilarning ishlarini nazorat qilishda katta yordam berish mumkin.
Lekin ko`rgazmali qurollarga faqat darsda emas, balki tegishli predmet bo`yicha butun o`quv jarayoni tizimida ham eng samarali joy topish kerak. Masalan, tadqiqotchilar (G.P. Levitas, M.V.Valovich) tomonidan to`rtinchi sinflarda matematika o`qitishni eng samaralilashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan o`lchov tizimi quyidagi elementlarni o`z ichiga oladi:
1. O`qituvchi har bir o`quvchining yangi materialni idrok etishga tayyorgarligini magnit tasmasiga yozilgan matematik diktant yordamida tekshiradi. Buna elektr nazoratr qiluvchi qurilmalardan ham foydalaniladi. Ularning yordamida turg`un xatolar ustidagi tuzatish ishlari yangi materialni
31
tushuntirishdan oldin o`tkaziladi, bu uni o`zlashtirishni qiyinlashtirmasligi ma`lum qilinadi. Bu bosqichda tushuntiruvchu ko`rgazmali qurollardan keng foydalaniladi. Bu tizimning qanchalik o`zlashtirib borilishiga ko`ra darslarda tuzatish ishlarining salmog`i kamayib borai va minimum darajaga keltiriladi.
2. Bu tizim yangi materialni mazkur muammo bo`yicha keyingi darslarda qismlarga bo`lib emas, balki masalaning butun nazariyasini yaxlit bayon qilib, bir darsda o`tilishini nazarda tutadi. Materialning yiriklashtirilgan qismlarini tushuntirishda murakkab rasmlar ( ularni bosqichma – bosqich chizishga zaruriyat bo`lmaganda ) diapozitivlar, sxemalar, kodopozitivlar, jadvallar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va boshqalar yordamida birdan ko`rsatiladi (bu o`qituvchilar va o`quvchilar vaqtini tejaydi).
Doskada mavzu bo`yicha burun nazariy qismning konspekti namoyon bo`ladi. Konspekt tayanch signallarni ma`lum qilish emas, balki mavzudagi eng asosiy o`rinlarni ajratish tamoyili bo`yicha tuziladi.
3. O`qituvchi o`quv materialini dastlabki mustahkamlashni va mustaqil ishni bosma asosdagi daftarlar va murakkabligi uch darajada bo`lgan didaktik materiallar yordamida olib boradi. Bu o`qituvchilar va o`quvchilar vaqtini tejaydi va mustaqil ishlash uchun o`quv topshiriqlarini tabaqalashtirishga imkon beradi.
4. O`quvchi bajara oladigan miqdordagi uy vazifalari yaxshi tushuntirilgan holda beriladi. Rasmli kartochkalardan foydalaniladi. O`qituvchilar minimum miqdordagi mashqlar bilan katta ta`limiy samaraga erishishga intiladilar.
5. Uy topshiriqlari dars konspektlarini ko`rgazmali tasvirlash va bajarilgan mashqlarni ko`rib chiqish yo`li bilan tekshiriladi. Bunda vaqtni tejaydigan nazorat qiluvchi asboblar ham qo`llaniladi. 32
Hamma o`quvchilarni nazorat qilish, mavzudagi asosiy o`rinlarga e`tibor berish, topshiriqlarni ko`chirib yozishga ketadigan vaqtni tejash o`qitishning sifatini oshirishga, tuzatish ishlarining va qo`shimcha topshiriqlarning kamayishiga olib keladi.
O`qitishning bu tizimida o`qitishni eng samaralilashtirishning ko`rgazmali vositalari yordamida asosiyni ajratish, individual bosma asosdagi daftarlar yordamida o`quvchilarga differentsial yondashish, o`qitishni tezkor tuzish, o`qituvchilar va o`quvchilar vaqtini va kuch – g`ayratini tejash to`g`risida g`amxo`rlik qilish kabi usullar yorqin namoyon bo`ladi. Dars davomida yangi materialni o`rganishga ajratiladigan vaqtning salmog`i o`qitishning axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida ortadi. Bularning hammasi birgalikda eng samaralilashtirishning ikkita mezonini bajarishga – uy vazifalariga sarflanadigan vaqt me`yorlariga rioya qilinib, o`qitishda maksimal mumkin bo`lgan natijalarga erishishga olib keladi. Shunday qilib, ko`rgazmali usullar to`rtinchi sinfda matematika o`qitishni eng samaralilashtirishning yaxlit tadbirlari tizimiga uzviy birikib ketadi.
Boshqa predmetlar va boshqa sinflar uchun o`qitishning umumiy tizimida ko`rgazmali usullardan foydalanishning eng samarali variantlarini o`qituvchining o`zi qidirib topish kerak.
Hozirga sharoitda asosiy e`tibor ko`rgazmalilikning yangi vositasi hisoblanuvchi – individual foydalaniladigan kompyutorlarni qo`llashga qaratilishi kerak. Maktab islohoti haqidagi hujjatlarda barcha o`rta maktablarda elektron hisoblash texnikasi xonalarini yaratish, o`quv jarayoniga kompyutorlarni joriy qilish vazifasi qo`yilgan. Bu o`quvchilar uchun, bir tomondan, atrofdagi ishlab chiqarish voqeligidagi shunday texnik qurilmalar bilan yaxshi tanishib olish imkonini beradi. Lekin gap faqat bunda emas. Individual kompyutorlar o`quvchilarga odatda ular darslik matnini o`zlashtirib olishadigan ko`pgina jarayonlarni yaqqol, buning ustiga o`sishni ko`rish imkonini beradi. Kompyutorlar muayyan jarayonlarni va vaziyatlarni
33
modellashtirish, mumkin bo`lgan bir qator yechimlardan muayyan mezonlarfa ko`ra eng samaralilarini tanlash, ya`ni o`quv jarayonida ko`rgazmali usullarning imkoniyatlarini ancha kengaytirishga yordam beradi.
II BOB. Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o‟qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanishning metodik asoslari
1- §. Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o‟qitishning ko`rgazmalilikdan foydalanish imkoniyatlari
Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o‟qitishning ko`rgazmalilik- dan foydalanish imkoniyatlari uning ko`rinishlari turli – tumanligiga asoslangan. Shuning uchun biz bu paragrafda boshlang`ich sinflar matematika darslarida qo`llaniladigan ko`rgazmali qo`llanmalarning turlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari haqida so`z yuritamiz. Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o‟qitishning trli xil ko`rgazmali qo`llanmalardan foydalaniladi; ular haqida quyidagi qisq acha ma`lumotlarni keltiramiz.
Atrofimizdagi buyumlar. Bolalarning maktabga kelishining birinchi kunlaridan boshlab ularni sanashga hamda qo`shish va ayirish amallarini o`rgatishda atrofimizdagi buyumlardan sanoq materiali sifatida foydalanish mumkin, bunday material bo`lib kitoblar, daftarlar, qalamlar, sanoq cho`plari va shu kabilar xizmat qilishi mumkin.
Ayrim buyumlardan keyinchalik geometriya elementlari bilan o`quvchilarni tanishtirishda foydalanishi mumkin. Ular bo`yicha turli fazoviy shakllarni ko`rsatish mumkin.
Namoyish etiluvchi tasviriy qo`llanmalar. Bu turdagi ko`rgazmali qo`llanmalarga eng avvalo bolalarga tanish qator buyumlarning tasviri tushirilgan rasmlar va o`quv jadvallari
34
(o`simliklar, hayvonlar, imoratlar, mashinalar va shu kabilar), rasamlar majmui o`rnatiladigan rasmlar (masalan, archaning tasviri va uning ostidagi maxsus tirqishlarga karton qo`ziqorinlar o`rnatilishi mumkin), applikatsiyalar. Ular sanoq materiali sifatida ishlatilishi mumkin, bu esa o`qituvchining bolalarni sanashga o`rgatishdagi imkoniyatlarini ancha kehgaytiradi, yoki masalalarni tasvirlash uchun ishlatilishi mumkin. Bunday qo`llanmalarga misol keltiramiz.
Rasmlar majmui yoki ularni yana buyumli rasmlar ham deyishadiki, ular uncha katta bo`lmagan, qattiq qog`ozdan tayyorlangan kartochkaalar ko`rinishida bo`lib, ularning har biriga rasmlar (yulduzchalar, olma, o`rdakcha, traktor va hokazo) tushirilgan bo`ladi. Majmuada odatda 10 tadan bir xil kartochkalar joylashgan. Ularni ko`rsatish uchun majmuali polotno deb ataluvchi har bir qatorda 10 tadan cho`ntakcha tikilgan ikki qatorli qattiq material bo`lagi ishlatiladi. Polotno shuningdek kartondan ham tayyorlanishi mumkin. U doskada yoki devorga osiladi, cho`ntakchalarga rasmli kartochkalar yoki raqamlar o`rnatiladi (qo`yiladi). Majmuali polotno faqat sanoq materialini namoyish qilish uchun emas, balki, ikkinchi o`nlik ichidagi sonlarni nomerlashni va arifmetik amallarni o`rganishda ham ishlatiladi.
Namoyish etiluvchi tasviriy qo`llanmalarga, shuningdek o`lchov asboblari va asboblar (masalan soat siferblati, strelkali tarozilar va boshqalar), o`lchov birliklari modellari (metr, litr va boshqalar), bolalarga yaxshi tanish mahsulotlarning maketlari kiradi. Modellar o`lchovlarni va o`lchashlarni o`rgatishda, maketlar – o`quvchilarning masalalar tuzishlarida tasvirlovchi material sifatida ishlatiladi. Nihoyat, namoyish etiluvchi tasviriy qo`llanmalarga turli geometrik shakllarning tasvirlari va modellari kiradi.
Jadvallar. Jadvallar deb ma`lum tartibda, ko`proq ustunlar ko`rinishida, shuningdek matnli va matnsiz rasmlar va sxemalar tizimi birgalikda guruhlangan matnli va sonli yozuvlarga aytiladi. Bu barcha materiali birlashtiruvchi mavzu jadvalning sarlavhasida ko`rsatiladi. Jadvallar katta qog`oz varaqlarida nashr qilinadi va qulaylik uchun mato yoki kartonga yopishtiriladi. 35
O`zining qo`llanilishiga qarab jadvallar quyidagi katta guruhlarga bo`linishlari mumkin: a) bilishga oid; b) ko`rsatma beruvchi; c) mashq qildiruvchi; d) ma`lumot beruvchi. Albatta bu bo`lish qandaydir ma`noda shartlidir, chunki masalan, ma`lumot beruvchi jadvallar mashqlar bajarish uchun ham ishlatilishi mumkin va bunday holda mashq qildiruvchi vazifasini bajaradilar, ko`rsatma beruvchi jadvallar ma`lum ma`noda bilishga oid hamdir va hokazo. B ilishga oid j advallarga yana shundaylari kiradilarki, ular o`zlarida yangi ma`lumotlarni saqlaydi va shuning uchun ham ko`pincha yangi materialni tushutirishda ishlatiladi. Ulardan takrorlash vaqtida o`quvchilarning bilimlatini kengaytirish va umumlashtirish uchun foydalanish mumkin. B ilishga oid jadvallarga misol sifatida nomerlash jadvalini keltirish mumkin. U yig`ma polotno bilan birgalikda tayyorlanib, sanoq birliklarining sinflari va xonalarini ko`rsatadi. Shu ko`rinishda u mashq qildirish uchun ham ishlatiladi. Bilishga oid jadvallarda yana quyidagilar ham kiradi: “Uzunlikni o`lchash”, “Og`irlikni o`lchash”, “Yuzani o`lchash” jadvallari. Ular asosiy miqdorlar haqida ko`rgazmali tasavvur beradilar va ular orasidagi munosabatlarni va qator boshqa narsalarni o`zida saqlaydi. Ko`rsatma beruvchi jadvallar sonlarni yozish, masalalar yechish, hisoblash malakalarini shakllantirish bilan bog`liq bo`lgan u yoki bu amallarni bajarish bo`yicha ko`rgazmali shaklda ko`rsatmalar beradilar.
Ш sinf
II sinf I sinf
Millionlar Mingliklar
Birliklar 36
Bunday jadvallarda sonlarning qo`lyozma na`munalari, arifmetik amallarni bajarish tartibini ko`rsatuvchi, amallarning algoritmlariga misollar va boshqalar keltirilgan jadvallar kiradi. Bunday jadvallar sinfda uzoq yoki qisqa muddatga ochib qo`yiladiki, ular o`quvchilarning ishlariga yordam berishsin, zarur ko`rsatmalar ko`rsatsinlar.
Mashq qildiruvchi jadvallar hisoblash malakalarini shakllantirish maqsadidagi mashqlarni ko`p marta bajarish uchun mo`ljallangan. Bunday jadvallar ichida eng ko`p ma`lum bo`lgani og`zaki hisoblashlar uchun jadvaldir.
Ulardagi ustun va satrlarni turli usullar bilan guruhlab barcha arifmetik amallarga oid katta miqdordagi turli xil misollar tuzish mumkin. Bu jadvallar o`qituvchilarni sonlarning uzun qatorlarini yozish zaruriyatidan
Og`zaki hisoblashlar uchun jadval
Y u zl ik la r
O `n li k la r
B ir li k la r Y u zl ik la r
O `n li k la r
B ir li k la r
Y u zl ik la r
O `n li k la r B ir li k la r
37
A
B V
G
D
C
E J
I
K
I
3
12
23
40
52
64
75
82
93
33
II
1
16
25
31
42
55
60
74
80
100
III
5
11
20
39
45
51
69
72
84
95
IV
0
19
27
32
44
59
61
76
89
92
V
7
14
29
36
49
53
67
79
87
98
VI
2
17
21
30
47
58
62
78
85
96
VII
4
10
28
34
48
56
66
70
88
91
VIII
6
18
24
38
46
50
63
77
81
99
IX
8
15
22
35
43
57
68
71
83
94
X
9
13
26
37
41
54
65
73
86
90
ozod etadi va shu bilan uning ishini yengillashtiradi va vaqtni tejash imkonini beradi.
Ma`lumot beruvchi jadvallar shunday materialni o`zida saqlaydiki, ular ko`pincha o`quvchilarga misol va masalalarni yechishda ham, shunigdek amaliy ishlarni bajarishda ham zarur bo`ladi. Ular ham ko`rsatma beruvchi jadvallarga o`xshab sinfda uzoq vaqtga osib qo`yiladi. Ma`lumot beruvchi
38
jadvallarga misol sifatida qo`shish va ko`paytirish jadvallarini, xususan, Pifagor jadvali deb ataluvchi jadvalni, o`lchovlarning metrik jadvali, vaqtni o`lchash jadvali va boshqalarni keltirish mumkin.
Sanoq asboblari. Ko`rgazmali qo`llanmalarning bu turiga cho`tlar, abaklar, arifmetik quti kiradi. Cho`tlar (polga o`rnatiluvchi , sinf stoliga o`rnatiluvchi, o`quvchilarning) birinchi sinfdan boshlab qator yillar davomida o`quvchilarni sanoqqa o`rgatishda, sonlarni nomerlash va arifmetik amallarni o`rgatishda ishlatiladi. Namoyish qilinuvchi yoki sinf cho`tlarida avvaliga o`nta soqqali bitta simdan, so`ngra yigirmata soqqali ikkita simdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Qolganlari bu vaqtda vaqtincha qog`oz varag`i bilan to `sib qo`yilgan bo`lishi kerak yoki ularni butunlay olib qo`yish kerak (buning uchun cho`tning yon tomonida burab chiqariladigan taxtacha bor).
Namoyish qilinuvchi cho`tlarni shunday joylashtirish kerakki, o`quvchilarning o`tirgan joylari tomonidan qaraganda soqqalar o`ng tomonda joylashgan bo`lsin.
Abak yoki sanoq taxtasi, odatda qo`lda yasalgan asbobdan iborat. U quyidagicha tayyorlanadi: taxminan 70 x 30 sm o`lchamli taxta yoki fanera bo`lagida uchta vertikal yo`lakchalar o`tkaziladiki, ular sonlarning uchta xonalariga mos keladi: birliklar, o`nliklar va yuzliklar. Qulaylik uchun yo`lakchalar turli ranglarga bo`yalishi munkin. Ularning har biriga yuqoridan pastga qarab 10 ta katta bo`lmagan mixlar qoqiladi va ularga fanerdan yoki kartondan yasalgan doirachalar ilinadi. Har bir doiracha xonaning bitta birligini bildiradi. Namoyish qilinuvchi abak boshqacha tayyorlanishi ham mumkin. Taxta o`rniga katta bo`lmagan karton varag`ini olish mumkin, mixlarni karton cho`ntakchalar bilan almashtirish mumkin.
Arifmetik quti ikkita devori ochiladigan kub shaklidagi quti ko`rinishida tayyorlanadi. U katta miqdordagi sanoq materialiga ega: yog`och kubchalar, o`nta kubchaga teng to`rt qirrali taxtacha, turli o`lchamdagi kvadrat taxtachalar, xususan, 100 ta kubchaga teng taxtalar. Kubchalar, to`rt
39
qirrali taxtacha va kvadrat taxtachalar sanoqqa o`rgatishda va sonlarni nomerlasni o`rganishda ishlatiladi. Bunda asosiy xona birliklari orasidagi munosabatlar va sonlarning o`nli tarkibi ko`rgazmali asosda ko`rsatilishi mumkin.
O`lchov asboblari. O`quv jarayonida o`lchov asboblari ikkiyoqlama ahamiyatga ega. Birinchidan, ular turli xil ishlarni bajarishda o`lchashlar uchun, va`ni o`zining bevosita vazifasiga oid ishlarni bajarish uchun yoki amaliy mazmundagi masalalarda berilganlarni hosil qilishda qo`llanilishi mumkin. Ikkinchidan, ular o`lchovlarni va o`lchov birliklari orasidagi munosabatlarni o`rganishda yordamchi vositalar sifatida xizmat qilishlari mumkin.
Boshlang`ich sinflardagi o`lchovlar uzunlikni, og`irlikni, sig`imni, yuzani o`lchash uchun ishlatiladi. Bunday asboblarga quyidagilar kiradi: 1. Chizg`ich, ugolniklar, metrli chizg`ich, ruletka, sirkul o`lchagich. 2. Pallali tarozilar, siferblatli tarozilar. 3. Metrli va yarim metrli cizg`ichlar. 4. Siferblat. 5. Paletka. 6. Sinf sirkuli. Diapozitivlar va diafilmlar. Diapozitivlar - bu shaffoq plastinkalardagi pozitiv tasvirlar bo`lib, ular maxsus apparat yordamida ekranga tushirilishi mo`ljallangan. O`quv jarayonida diapozitivlarning qo`llanilishi namoyish qilinuvchi tasviriy qo`llanmalarni qo`llashdan mohiyati jihatidan farq qilmaydi. Biroq ularning ixchamligi va bitta diapozitivni boshqasi bilan tezda almashtirish imkoniyati ularni juda ham qulay ko`rgazmali vositasi qiladi. Dasturning turli mavzulari, bo`limlari bo`yicha diapozitivlar seriyalari ishlab chiqarilgan. Kinoplyonkalarning (30 – 50 ta kadrlardan iborat) butun bo`laklarida tayyorlangan diapozitivlar seriyasi diafilmlar deyiladi. Ularda tasvirlar ma`lum tartubda joylashgan bo`lib, u yoki bu harakatning bosqichlarini ularning
40
mantiqiy ketma – ketligida ko`rsatish imkonini beradi (masalan, geometrik shaklni yasash, modellarni hosil qilish bosqichlari). Biroq ba`zi hollarda esa, seriyadagi faqat ayrim kadrlardangina foydalanish yoki ularni boshqa tartibda namoyish qilish zarur bo`ladi. Shuning uchun p lastinkadagi diapozitivlar, diafilmlar oldida ayrim ustunliklarga ega. Boshlang`ich sinflar uchun diafilmlar arifmetika bo`yicha ham, shuningdek geometrik materialni o`rganish bilan bog`liq mavzular bo`yicha ham ishlab chiqarilgan. Ularning quyidagi ro`yxati tuzilgan. Geometrik material. Qiziqarli arifmetika. Sonlarni geometrik shakllar bilan tasvirlash. Sonlarni nuqtalar va kesmalar bilan tasvirlash. 2 - sinfda matematikani o`rganish (ko`paytirish jadvali). To`g`ri to`rtburhak, uning perimetri va yuzi. Sonlarni taqqoslash. Sana, top, yech. Tasvirlar. Odatda tasvirlar deganda darslikdagi rasmlar, turli buyumlar va buyumlar guruhining sxematik tasvirlari, shuningdek rejalar, chizmalar, sxemalar, jadvallarni tushunamiz. Yuqorida qarab o`tilgan namoyish qilinuvchi ko`rgazmali qo`llanmalar kabi tasvirlar ham turli xil holatlarda ishlatiladi: sanoqqa va arifmetik amallarni bajarishga o`rgatishda, masalalar yechishga o`rgatishda, geometrik material bilan tanishtirishda va hokazolarda. Ularning yordamida so`z borayotgan buyumlar, bajarilayotgan amallar ko`rgazmali ko`rsatiladi yoki masalaning mazmuni tushuntiriladi. Zarur bo`lgan hollarda ayrim masalalarda tasvirlar katta qog`oz varag`ida yoki diapozitivlar ko`rinishida qilinishi mumkin. Murakkab bo`lmagan tasvirlar o`qituvchi tomonidasn sinf doskasida bajarilishi mumkin. Hozirgi paytda har bir sinf uchun matematik topshiriqli kartochkalar seriyasi ishlab chiqarilgan bo`lib, ular katta bo`lmagan matn va zarur sonli
41
material va tasvirlardan iborat. Bu kartochkalar masalalar tuzish va yechishga o`rgatish uchun mo`ljallangan. Didaktik material. Matematik tushunchalarni, shuningdek hisoblash, o`lchash va grafik ko`nikma va malakalarni shkllantirish uchun boshlang`ich sinflarda turli xil didaktik materiallardan foydalanish zarur. Matematika bo`yicha didaktik material deb o`quvchilarning mustaqil ishlari uchun mo`ljallangan va ta`lim jarayonini individuallasahtirish va faollashtirish imkonini beruvchi o`quv qo`llanmalarga aytiladi. Matematika bo`yicha didaktik materialni quyiagi guruhlarga bo`lish mumkin: a) predmetli didaktik material; b) matematik topshiriqli kartochkalar ko`rinishidagi didaktik material. Predmetli didaktik materialga quyidagilar kiradi: sanoq cho`plari, turli xil geometrik shakllar majmui va shu kabilar. Predmetli didaktik materialdan yangi bilimlarni bayon qilishda ham, shuningdek ularni mustahkamlashda ham foydalanish zarur. Matematik topshiriqli kartochkalar ko`rinishidagi didaktik material o`quvchilarning individual xususiyatlariga moslashishni ta`minlaydi. Ba`zi ko`rinishdagi kartochkalar o`quvchilarni matematik topshiriqli kartochkalar ko`rinishidan ozod qiladiki, bu ko`proq mashqlar bajarishga imkon beradi. Sinf doskasidagi yozuvlar, chizmalar va sxemalar ko`pgazmalilik vositalarining biri sifatida. Chizmalar va sxemalar predmetlar va hodisalarni, ularning faqat asosiy, eng muhim belgilarini saqlagan holda, shartli holda ifodalaydi. Chizmalar va sxemalar vositasida zarur bo`lgan hollarda predmet va hodisalar orasidagi aloqalarni, miqdorlar orasidagi bog`lanishlarni ko`rsatish mumkinki, bu masalaning mazmunini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun ular matematikaga o`qitishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Rasmlarni shartli belgilashlar, yo`lakchalar, kesmalar bilan almashtirish masalaning sxemasini beradi. Dastlabki paytlarda rasmlar va shartli belgilashlar bir vaqtda tasvirlanishlari mumkin. Keyin masala faqat shartli 42
belgilashlar bilan tasvirlanadi, bunda miqdorlar orasidagi nisbiy chizmadagi o`lchovlar orqali beriladi yoki strelkalar, chiziqlar, qavslar bilan ko`rsatiladi. Grafik tasvirlarning ko rinishidan biri diagrammalar hisoblanadi. Diagrammalar miqdorlar orasidagi bog`lanishlarni idrok etish uchun sodda va tushunishga oson shaklda ko`psatishga imkon beadi va o`quvchilarni to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasi va funksiyalarning grafiklarini yasashning juda muhim g`oyalari bilan tanishtirishga yordam beradi. Ustunli, lentali, chiziqli, sektorli diagrammalar bir – biridan farq qiladilar. Boshlang`ich sinflarda ularning dastlabki uchta ko`rinishi qo`llanilad i. 1. Lentali diagrammalar, ustunli diagrammalardan yo`lakchalarning gopizontal joylashishi bilan farq qiladilar. O`quvchilarni ularni chizishga va o`qishga (ya`ni chizma yordamida ko`rsatilgan miqdorlar orasidagi bog`lanishlarni tushunish va tushuntira olish ko`nikmasini shakllanishiga), diagrammalardan foydalangan holda masalalar yechishga o`rgatiladi. Masalan, rasmda tasvirlangan lentali diagrammadan foydalanib, zarur o`lchashlarni bajarib, avtomobillarning o`rtacha tezliklarini aniqlash, so`ngra bu miqdorlarni masalada berilganlar sifatida olish mumkin.
2 - §. Boshlang`ich sinflar o`quvchilari tomonidan ko`pgazmali qo`llanmalarni tayyorlash masalalari
Ko`pgina ko`pgazmali qo`llanmalar - jadvallar, ba`zi modellar, individual foydalanishga mo`ljallangan abaklar, paletkalar, sanoq matriallari, tarqatma materiallarning ba`zi ko`rinishlari va shu kabilarni o`quvchilarning o`zlari tayyorlashlari mumkin. U yoki bu ko`pgazmali qo`llanmalarni tayyorlashda o`quvchilarda so`zsiz ularga qiziqish paydo bo`ladi, uning qo`llanilishi va matematik tuzilishuni anglab yetish istagi paydo bo`ladi. Bu esa o`quv materialini yaxshiroq tushunishga, yaxshiroq o`zlashtirishga olib keladi. Ko`pgazmali qo`llanmalarni tayyorlash bo`yicha ishlash jarayonida predmetlararo aloqa amalga oshiriladi; bir tomondan o`quvchilar o`zlarining 43
matematik bilim va tmalakalarini (hisoblash, o`lchash va yasash) qo`llaydilar, ikkinchi tomondan esa ular mehnat darslarida egallagan ko`nikmalari (qog`ozdan qirqish, yelimlash va boshqalar) ga tayanadilar. O`quvchilari tomonidan tayyorlanayotgan ko`pgazmali qo`llanmalar ularga qo`yilgan barcha talablarga javob berishlari kerak. O`quvchilar tomonidan yasash mumkin bo`lgan qo`lbola ko`pgazmali qo`llanmalarga misollar keltiramiz va ularni yasash usullarning qisqacha bayonini beramiz. Albatta, barcha ko`pgazmali qo`llanmalar o`qituvchi rahbarligida yoki uning ko`rsatmalari bo`yicha bajariladi. 1. Geometrik shakllar ko`rinishidagi ko`pgazmali qo`llanmalar (yulduz- chalar, barglarning rasmlari va boshqalar) qog`oz varaqlari yoki kartondan yasaladi. Rasmni ko`paytirish uchun karton trafaret (qolip) lar yoki xom kartochka (rezina) dan o`yib ishlangan shtamplar qo`llaniladi. 2. Rasmli domino yoki loto. Domino kartonli kartochkalardan yasaladi va odatdagi dominodan shu bilan farq qiladiki, kartochkalarda doiraviy ochkolar o`rniga turli buyumlarniing guruhlari tasvirlanadi. Loto kartochkala- rida ham buyumlarning guruhlari tasvirlanadi. Ammo bu erda ular sonlarning o`rniga ishlatiladi. Kartochkalarni berkituvchi fishkalardagi sonlar esa sonli toshlar bilan almashtiriladi. Rasmli domino va lotodagi o`yinlarning doiralari odatdagicha. Bolalar faqat sanashni o`rganibgina qolmay, balki turli buyumlardan tashkil topgan to`plamlarning miqdorlarini o`zaro taqqoslashni ham o`rganadilar. Kartochkalar va fishkalardan bo`sh tayyorgarlikka ega bo`lgan o`quv- chilar bilan ishlash uchun yaka tartibda mashg`ulotlar o`tkazish uchun ham foydalanish mumkin. 3. Yakka tartibda foydalanish uchun abak. Katta bo`lmagan qattiq qog`oz bo`lagidan tayyorlanadi, u dastlabki uchta xona birliklariga mos holda uchta ustunlarga ajratib chizilgan bo`ladi. Har bir ustunda 10 tadan
44
doirachalar yoki kvadratchalar teshiladi. Pastdan rangli qog`oz tikiladi yoki yelimlanadi. Uning yordamida teshilgan doiracha yoki kvadrat teshikchalar yaxshi ko`rinadi. Qog`oz shunday tikilishi kerak- ki, har bir qatorning tagiga tor karton yo`lakcha uchun katta bo`lmagan tirqish qolsin.O`quvchilar yo`lakchalarni surish orqali Har bir xonada kerakli sondagi teshik- larni ochadilar va shu bilan berilgan ko`p xonali sonni ko`rsatadilar. Masalan, rasmda 321 soni ko`rsatilgan.
Strelkalari harakatlanadigan soat sifer- blatining modeli. Doirachadagi bo`linishlar yetarlicha aniqlikda belgilanishi kerakki, o`quvchilar soatning ko`rsatishini aniqlay olsinlar. Ammo boshlang`ich sinflarda bolalar aylanani teng 12 qismga bo
lishni bilmaydilar. Ularga yordam berish uchun diametri 10 – 12 sm li, aylanasi bo`ylab 12 ta tor qirqilgan joylari bo`lgan va markazida katta
Yuzlik
O`nlik
Birlik
▄ ▄ ▄
▄ ▄
▄
45
bo`lmagan teshikli karton trafaret (andoza, qolip) tayyorlash zarur. Bu trafaretdan foydalanib, har bir o`quvchi o`zining varag`ida siferblat chegarasini va soatlar bo`linishini belgilashi mumkin.
5. Vexalar va ekkerning modeli. Ikkala modellar uzunliklari 12 – 13 sm li cho`plar va ip g`altagining varmi (ular o`rnatish uchun kerak bo`ladi) dan yasaladi. Birinchi holda cho`plar to`q va och yo`laklarga ko`ndalang qilib qo`yiladi, ikkinchisida cho`plarning uchlariga to`g`nog`ich (mixcha) lar qoqilgan katta bo`lmagan kvadrat taxtacha qoqiladi.
Ekkerlarni o`qituvchi ko`rsatmasi bo`yicha uch – to`rtta o`quvchilar yasaydilar, qolgan o`quvchilar vexalarni tayyorlaydilar. Bu modellardan foydalanib, sinfdan tashqari mashg`ulotlarda, yer ustida to`g`ri chiziqlar o`tkazish va to`g`ri burchaklarni yasash mumkin.
6. Namoyish qilinuvchi jadvallar, sxemalar, diagrammalar. Bunday ko`rgazmali qo`llanmalarni yasash uchun eski kitoblar, jurnallar, kalendarlardagi rasmlardan keng foydalanish zarur, ilgari katta qog`oz varaqlariga yopishtirish va zarur chiziqlar va sonlar bilan to`ldirish kerak. Sonlarni tasvirlash uchun raqamlar eski kalendarlardan qirqib olinishi mumkin.
3 - §. Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o‟qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanishga yo`naltirilgan mashqlar tizimi
Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o‟qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanishga yo`naltirilgan ko`rgazmali qo`llanmalar ichida eng yangi, samonaviylari bo`lib axborot kommunatsion texnologiyalar alohida o`rinni egalladi. Ularni ta`lim jarayonida qo`llashninig bir qator ustunliklarga ega, xususan, ulardan foydalanish qulay, shuningdek qisqa vaqt ichida juda katta hajmdagi ma`lumotlarni o`quvchilar e`tiboriga havola qilish mumkin. Axborot kommunatsion texnologiyalar, xususan, proektor yordamida o`quv materialini ekranga tushirish orqali o`quv jarayoni samaradorligini ancha
46
ko`tarish mumkin. Hozirgi paytlarda slaydlar yordamida kerakli matn (ma`ruza, dars materiali, turli xil hisobotlar, bitiruy – malakaviy ish himoyasi va shu kabilar) ni taqdimotini tayyorlash va namoyish qilish ommaviy tus oldi. Shu sababli ushbu paragrafda “1 – sinfda murakkab masalalar yechish” mavzusi bo`yicha slaydlar (“Yuzlik” bo`limni) o`rganishda ketma – ket namoyish qilinadi. Birinchi slayd o`quvchilarni murakkab masala tuzilishini tushunishga olib keluvchi tayyarlovchi mashqlarni o`z ichiga oladi va u “Sonlarni nomerlash” mavzusini o`rganishda ishlatiladi. Ikkinchi slayd esa murakkab masalalarni yechish ko`nikma va malakalarini shakllantirishga bag`ishlangan. Uchinchi slayd kadrlaridan “Qo`shish va ayirish” mavzusini o`rganishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu slaydlarning tuzilishi va masmunini keltiramiz.
I slayd. Tayyorlovchi mashqlar. 4 – 7 kadrlar. (Ilovada 4 ta rasm keltirilgan)
8 – kadr. Bu rasmlarga savollar qo`ying va masalalarni yeching. 9 - kadr. Anhorning kengligi ko`prik uzunligidan 7 m kam. Masala va unga mos ifoda (formula) tuzing. Ko`prikning uzunliigini toping.
10 – kadr. Endi bu masalani shunday tuzingki unda “kam” so`zi o`rniga “orqiq” so`zi qatnashsin. Bunda ifoda o`zgaradimi?
11 – 13 kadrlar. (Ilovada 3 ta rasm keltirilgan) 14 – kadr. “Rasmda nechta har xil rangli kubiklar tasvirlangan?” savoliga javob bera borib biz bir nechta ifoda hosil qilamiz. Bitta ifodaning qiymatini topish uchun nechta amal bajarish kerak? Har bir amalga savol qo`ying.
II slayd. Murakkab masala haqida tasavvur. 1 – 5 kadrlar. (Ilovada 3 ta rasm keltirilgan)
6 – kadr. Olma solingan chelak nok solingan chelakdan 3 kg engil. Olmalar necha kilogramm? Masalani ifoda tuzib yeching.
7 – kadr. Hamma mevalar necha kilogramm bo`lishini toping. Berilgan ifodadan foydalanib masalani yeching. 47
III slayd. Murakkab masalalar.
1 – kadr. (Ilovada tegishli rasm keltirilgan) 2 – kadr. O`g`il bola va qiz bola bog`dagi o`rindiqqa o`tirishibdi. O`g`il bola shar olib kelish uchun ketdi, qiz bola esa gul olib kelgani ketdi. Qiz bola gul sotiladigan do`kongacha, o`g`il bola shar sotilayotgan do`konga qaraganda 10 m kam yurdi. Do`konlar orasidagi masofani toping. 3 – kadr. Uydan vodoprovod kranigacha bo`lgan masofa , vodoprovod kranidan darvozagacha bo`lgan masofadan 10 m ortiq. Uydan darvozagacha bo`lgan masofani toping. 4 – kadr. Daryo qirg`og`ida turib, bola samolyot modelini uchirdi. U daryodan uchib o`tib daryoning narigi qirg`og`iga tushdi. Model qirg`oq ustidan, daryo ustidagiga nisbatan 3 m kam uchdi. Samolyot modeli hammasi bo`lib necha metr uchgan? 5 - kadr. Qopga 50 kg olma sig`adi. To`la bo`lmagan qopda, to`la qopga nisbatan 15 kg olma kam. Hamma olma necha kilogramm? 6 – kadr. Uzumning og`irligini tortishdi. 7 – kadr. Uzum va pomidor birgalikda necha kilogramm? 8 – kadr. Yuqoridagi yashikda pastdagi yasikdagidan 5 ta ortiq idishda sut bor. Qancha sut olib kelishgan. “1 – sinfda geometriya elementlari” bo`limi bo`yicha tayyorlangan slaydlar 1 – sinf o`quv dasturiga kiritilgan geometrik materiallarni o`z ichiga oladi. U tegishli bo`limlarni o`rganishda ayrim slaydlar ko`rinishida namoyish qilinadi. Har bir slaydga darslikning beti ko`rsatilgan bo`lib, unda slaydlarning mazmuni ifodalangan. Masalan, 1 – slayd dastlabki 5 – 10 ta darslarda geometrik material bilan tanishishda ishlatiladi. U shuningdek arifmetik materialni (geometrik shakllarni, ularing elementlarini sanashda) qo`llanilishi mumkin.12 – slayddan esa o`quv yili oxirida geometrik materiallarni takrorlashda foydalanish maqsadga muyofiq. 1 – slayd. Aylana va ko`pburchak. 3 - va 4 - kadrlar. (Ilovada 2 ta rasm keltirilgan) 48
2 – slayd. To`g`ri va egri chiziqlar. 5 - va 8 - kadrlar. (Ilovada 4 ta rasm keltirilgan) 3 – slayd. To`g`ri chiziq. To`g`ri chiziq kesmasi. 9 – kadr. Chizg`ich yordamida to`g`ri chiziq chizing. Unda 2 ta nuqta belgilang. To`g`ri chiziqning bu ikki nuqta orasidagi qismi to`g`ri chiziqning kesmasi yoki qisqaroq qilib kesma deyiladi, bu nuqtalar esa kesmaning uchlari deyiladi. 10 – kadr. Ikkita nuqtani o`zaro turli egri chiziqlar bilan tutashtirish mumkin. Xuddu shu nuqtalarni chizg`ich yordamida faqat bitta kesma orqali tutashtirish mumkin. Bu nuqtalar kesmaning uchlari bo`ladi. 11 – kadr. Ko`pburchakning elementlari – kesmalar, uchlar, burchaklar. Har bir ko`pburchakda qancha tomon va qancha uch bor? Har bir ko`pburchak qanday ataladi? 4 – slayd. Kesmalarni taqqoslash. 1 – kadr. Buyumlarni uzunligi bo`yicha taqqoslang: qaysi qisqa, qaysinisi uzun?
2 – kadr. Kesmalarni taqqoslang. Eng qisqa, eng uzun kesmalarni ayting; teng kesmalarni ayting. 5 – slayd. Kesmalarni o`lchash. Santimetr. 1 – kadr. Ko`pburchakning qaysi tomonlari teng va qaysi tomonlari teng emasligini ko`rsating. 2 – kadr. O`lchayotganda, santimetr kesmaga necha marta joylashishini hisoblang. Hosil qilingan sonni kesmaning santimetrdagi uzunligi deyiladi. 3 – kadr. Kesmalarni o`lchang. 6 – slayd. Masalalar. 1 – kadr. Har bir chizmada qancha kesmalar tasvirlangan? 2 – kadr. Birinchi chizmada 3 ta kesma, ikkinchisida 4 ta kesma , uchinchida esa 6 ta kesma tasvirlangan. Ularni ko`rsating. 3 – kadr. Sariq to`rtburchakda kesma o`tkazilgan. Bu chizmada qancha to`rtburchaklar hosil bo`lgan. Ularning har birini ko`rsating. 49
4 – kadr. To`rtburchaklar qancha? Har bir to`rtburchakni ko`rsating. 7 – slayd. Kesmalarni o`lchash. Detsimetr. 1 – kadr. Bir detsimetrda 10 santimetr bor. Ruchka uzunligini detsimetrlarda toping. Bu qancha santimetr? 2 – kadr. Kesmalarni detsimetrlarda o`lchang. 3 – kadr. Kesmalarni detsimetrlarda o`lchang. Bu qancha santimetr? Bu qancha detsimetr va santimetr? 8 – slayd. Kesmalarni o`lchash. Metr. 1 – kadr. Bir metrda 10 detsimetr bor. Beton plita uzunligini metrlarda toping. Bu qancha detsimetr? 2 - kadr. Arqonning har bir metrida tugun tugishdi (qizil nuqtalar). Buyumlarning uzunliklarini metrlarda toping. 3 – kadr. Zalning poli plitkalr bilan qoplangan. Har bir plitaning tomoni – 1 m. O`g`il boladan koptokgacha qancha metr? Qiz bola jigarrang chiziq bo`ylab, o`g`il bola esa sangori chiziq bo`ylab harakatlanganda ularning haer biri necha metr yo`l yuradi? 9 – slayd. To`g`ri burchak. 1 – kadr. Qog`ozdan qirqilgan doirani 2 marta buklang. Doira 4 ta teng bo`lakka bo`lindi. Ulardan biri qizil rangga bo`yalgan. Bu to`g`ri burchak. 2 – kadr. To`g`ri va to`g`ri bo`lmagan burchaklarni tekshirish uchun ugolnik yoki chizmachilik uchburchagi ishlatiladi. Qizil burchak to`g`ri, sangori va ko`k burchaklar to`g`ri bo`lmagan burchaklardir. 3 – kadr. Har bir shaklda nechtadan burchaklar bor? Qancha to`g`ri burchaklar bor? 10 – slayd. To`g`ri to`rtburchak. 1 – kadr. Barcha burchaklari to`g`ri bolgan to`rtburchak to`g`ri to`rtburchak deyiladi. To`g`ri to`rtburchaklarni ko`rsating. 2 – kadr. Bu shakllardan qaysi biri to`g`ri to`rtburchak? 50
3 – kadr. To`g`ri to`rtburchaklarning tomonlarini o`lchang. To`g`ri to`rtburchakning qarama – qarshi tomonlari jufti haqida qanday xulosa qilish mumkin? 11 – slayd. Kvadrat. 1 – kadr. Kvadrat bu barcha tomonlari teng kesmalardan iborat to`g`ri to`rtburchakdir. Kvadratlarni toping. 2 – kadr. Chizmada qancha to`g`ri to`rtburchaklar tasvirlangan? Qancha kvadratlar tasvirlangan? 12 – slayd. Buyumning shaklini aniqlang. 1 – kadr. Teplovozning rasmida qanday tanish shakllarni ko`rayapsiz? 2 – kadr. Bu buyumlar qismlarining shaklini ayting. “2 – sinfda geometriya elementlari” slaydlari oldingiga o`xshab 2 - sinfda o`rganiladigan geometrik materiallarni tasvirlaydi. U bo`laklarga bo`lingan bo`lib, yangi matrialni tushuntirishda, mustahkamlashda va takrorlashda ishlatiladi. Uning mazmunini keltiramiz. 1 – slayd. Geometrik shakllarni belgilash uchun harflardan foydalanish. 1 - kadr. Geometrik shakllarni belgilash uchun lotin alifbosining bosh harflaridan foydalaniladi. Ulardan ba`zilari o`zbekcha harflari kabi yoziladi va o`qiladi. Jadvalga qarang va ularni eslab qoling. 2 – kadr. Nuqtani bitta harf bilan belgilashadi. Belgilangan nuqtalarni ko`rsating va ayting. Ulardan qaysi biri kesmaga tegishli, qaysi biri kesmaga tegishli emas? 3 – kadr. Kesma uchlari yoniga qo`yilgan ikkita nuqta bilan belgilanadi. Ikkita nuqta bilan ham to`g`ri chiziq belgilanadi. Siz AO (yoki OA) kesmani va MN (yoki NM) to`g`ri chiziqni ko`rayapsiz. Rasmdagi shakllarni ayting va ko`rsating. 4 – kadr. O nuqta AB kesmani ikkita AO va OB kesmalarga bo`ladi. Demak, rasmda uchta AO, OB, AB kesmalar tasvirlangan. E va K nuqtalar MN kesmani nechta kesmalarga bo`ladi. Rasmda siz ko`rib turgan barcha kesmalarni ayting. 51
5 – kadr. Siniq chiziqning uchlari – A, B va C nuqtalar. Bu siniq chiziqni ABC (yoki CBA) deb, uning barcha uchlarini tartib bilan aytib, belgilashadi. Rasmdagi sizga tanish bo`lgan siniq chiziqlarni va shakllarni ayting va ko`rsating. 6 – kadr. Uchburchakni yoki boshqa ihtiyoriy ko`pburchakni, uning barcha burchaklarini tartib bilan aytib, ularning ixtiyoriy bittasidan boshlab, belgilashadi. Bu ABC uchburchak (yoki BCA, yoki CAB). Bu uchburchakni yana qanday atash mumkin? 7 – kadr. Shakllarni belgilanishini ayting. 2 – slayd. Ko`pburchaklar va ularning elementlari. Burchaklarni belgilash. 1 – kadr. Ko`pburchakning burchaklarini bitta harf bilan (burchakning “ismi” bo`yicha) belgilash mumkin. A burchak to`g`ri, B, C , D burchaklar to`g`ri emas. 2 – kadr. Burchaklarni raqamlar bilan ham belglash mukin. Bu ko`pburchaklarning to`g`ri va to`g`ri bo`lmagan burchaklarini ayting. 3 – kadr. Ko`pburchakning burchaklarini uchta harf bilan ham belgilash mumkin. Yozuvning o`rtaida albatta burchakning uchini belgilovchi harf yoziladi. Masalan, uchi O nuqtada bo`lgan burchak < NOM yoki < MON deb belgilanadi. < belgi “burchak” so`zini almashtiradi. 4 – kadr. Bu to`rtburchakning tomonlari va burchaklarni ayting. Bitta, uchna harfdan foydalanib burchaklarni yozing. Bu to`rtburchakda to`g`ri burchak bormi? 5 – kadr. BD kesma ABC uchburchakni ikkita uchburchakga ajratdi. Biz ABC, BDC va BAD uchburchaklarni ko`ryapmiz. 6 – kadr Bu erda tasvirlangan barcha uchburchaklarni ayting. Ulardagi to`g`ri burchaklarni ayting. BD kesma tomon bo`ladigan barcha uchburchaklarni ayting. 7 – kadr. Barcha uchburchaklarni ayting va ko`rsating. Barcha to`rtburchaklarni ayting va ko`rsating Rasmda beshburchak bormi? 52
3 – slayd. Ko`pburchakni qismlarga bo`lish. Ko`pburchaklarni tuzish. 1 - 4 kadrlar. (Ilovada 4 ta rasm keltirilgan) 4 – slayd. Siniq chiziqning uzunligi. Ko`pburchakning perimetri. 1 – kadr. ABCDEF siniq chiziqning uzunligi uning bo`g`inlari uzunliklarining yig`indisiga teng. Siniq ciziqning uzunligini toping 2 – kadr. Qanday siniq chiziq eng katta uzunlikga ega bo`ladi va qanday siniq chiziq eng kam uzunlikga ega bo`ladi? 3 - kadr. M nuqtadan N nuqtaga turli yo`llar bilan borish mumkin. Qaysi yo`l eng qisqa va qaysi yo`l eng uzun bo`ladi? 4 – kadr. Har bir siniq chiziqning uzunligini toping. 5 – kadr. Ko`pburchak chegarasining uzunligini uning perimetri deb atashadi, ya`ni yopiq siniq ciziqning uzunligini. Bu ko`pburchaklarning perimetrlarini toping 6 – kadr. Har bir ko`pburchakning perimetrini topish uchun ifodalar tuzing. Perimetrlarni toping. 7 – kadr. Har bir to`rtburchakning perimetrini topish uchun ifodalar tuzing. 5 – slayd. Doira va aylana. 1 – kadr. Aylana – sirkul yordamida chizish mumkin bo`lgan chiziq. Sirkulning ignasi o`rnatiladigan nuqta – aylananing markazi. Aylana - doiraning chegarasidir. 2 – kadr. Aylanaga tegishli bo`lgan nuqtalarni ayting. 3 – kadr. Doiraga tegishli bo`lgan nuqtalarni; aylanaga tegishli bo`lgan nuqtalarni; doiraga tegishli bo`lmagan nuqtalarni ayting. 4 – kadr. Ko`pburchak doira ichida yotibdi. Doiraga tegishli bo`lgan ammo ko`pburchakka tegishli bo`lgan nuqtalarni; ko`pburchakka tegishli bo`lmagan nuqtalarni; doiraga tegishli bo`lmagan nuqtalarni ayting. 6 – slayd. Shaklning ulushlari. (Shaklni teng qismlarga bo`lish.) 1 – kadr. O nuqta AB kesmani teng ikkiga bo`ladi. AB kesmaning yarmini ko`rsaning. Doira teng uchta qismga bo`lingan. Doiraning uchdan bir 53
qismini ko`rsating. Har bir to`g`ri to`rtburchak qancha teng qismlarga bo`lingan? 2 – kadr. Shaklning qanday qismi oq – sariq hangga bo`yalgan? 3 – kadr. Kesmaning, doiraning ikkidan bir, uchdan bir, to`rtdan bir va shu kabi qismlarini ketma – ket ayting va ko`rsating. “Miqdorlarning ulushlaru“ slaydi “Ulushlar” mavzusini o`rganishga bag`ishlangan darslardan boshlab, yangi materialni o`rganishda, mavzuni o`rganilganidan so`ng ayrim kadrlar takrorlash va o`quvchilardan so`rash uchun yaxshi material bo`lib xizmat qilishi mumkin. Kadrlarning mazmunini va ularning ba`zi birlariga tushuntirishlar beraniz. 1 – slayd. Miqdorlarning qismlari, ulushlari. 1 - 5 kadrlar. (Ilovada 5 ta rasm keltirilgan.) 2 – slayd. Ulushlarni hosil qilish. 1 – kadr. Qizil doirani ikki qismga bo`lishdi. Doiraning yarmi – ikkidan bir ulushdir. Ko`k doira to`rtta qismga bo`lingan. Bitta doirada nechta choraklar bor? Yarimta doirada nechta choraklar bor? 2 – kadr. Doiraning sakkizdan bir qismini hosil qilish uchun doiraning chorak qismini qancha bo`laklarga bo`lish kerak? 3 – kadr. Kvadratning uchdan birini hosil qilish uchun, uni uchta teng qismlar (ulushlar) ga bo`lish kerak. Kvadratning to`qqizdan birini hosil qilish uchun, uni uchta teng qismlar (ulushlar) ga bo`lish kerak? Kvadratning oltidan birini hosil qilish uchun, uni uchta teng qismlar (ulushlar) ga bo`lish kerak? 4 – kadr. Qizil kesmaning oltidan biri; sangori kesmaning esa o`ndan biri belgilangan. Kesmaning o`ndan bir ulushi qanday hosil qilinadi? Ko`k kesmaning qanday ulushu tasvirlangan? 5 – kadr. Shaklning 1/2, 1/3, 1/4, 1/5, 1/6, 1/7, 1/8, 1/9, 1/20 ulushini ayting va ko`rsating. 3 – slayd. Ulushlarni taqqoslash. 1 – kadr. 1/4 va 1/8 larni taqqoslang. 2 – kadr. 1/3 va 1/9, 1/9 va 1/6 larni taqqoslang. 54
3 – kadr. 1/5 va 1/10, 1/5 va 1/7, 1/7 va 1/10 larni taqqoslang. 4 – kadr. Birlikning ulushlarini taqqoslang. 4 – slayd. Sonning ulushini topish. 1 – kadr. Tasmaning 1/4 i qancha? Buni qanday bilamiz? 2 – kadr. 18 ta doirachalarning 1/2 i qancha doirachalarni tashkil qiladi? 3 –kadr. Detsimetrni 10 ta qismlarga bo`lishdi. Detsimetrning 1/10 ulushi qanday ataladi? 4 – kadr. Santiimetrni 10 ta qismlarga bo`lishdi. Santimetrning 1/10 ulushi qanday ataladi? 5 – kadr. 1/5 m da necha detsimetr bor? 1/10 m dachi? 6 – kadr. 1/2 m da necha santimetr bor? 1/4 m dachi? 5 – slayd. Sonni uning ulushi bo`yicha topish. 1 –kadr. Ko`k tasmaning uzunligi qancha? Qizil tasmanikichi? 2 – kadr. Tasmaning 1/3 i 1 dm. Butun tasmaning uzunligini aniqlang. 3 – kadr. Katakdan barcha quyonlarning 1/3 i qochib chiqdi. Katakda qancha quyonlar bo`lgan? 4 – kadr. Zangoru lenta qizil lentaning qanday ulushini tashkil qiladi? Zangori lentaning uzunligi 25 sm. Qizil lentaning uzunligini ayting. “Ikkinchi sinfda barcha amallarga doir masalalar” slaydi o`quvchilarni masalalar yechishga o`rgatishda katta yordam beradi. Undan butun o`quv yili davomida foydalanish mumkin va u quyidagi kadrlardan tuzilgan: 1 – slayd. 1 – kadr. M a s a l a. Bolalarga sport kostyumi (kostyumning narxi 55000 so`m) va chang`i juftini sotib olishdi (chang`i juftining narxi 22000 so`m). Bu xarid uchun hammasi bo`lib qancha pul sarflashdi? Masalani ikki usulda yechish mumkin. 2 – kadr. 1 usul. Bitta bola uchun qilingan harid qancha bo`lishini topish mumkin (A), so`ngra barcha bolalar uchun haridga qancha pul sarflanganini topish mumkin(B). Masala sharti bo`yicha ifoda tuzamiz. Uning qiymatini hisoblab, masalaning savoliga javob topamiz. 55
3 – kadr. II usul. Bolalar uchun barcha kostyumlar qancha turishini bilish mumkin (A), so`ngra uchta juft chang`i qancha turishini (B). Biz bu masalaga boshqa ifoda tuzdik. Uning qiymatini hisoblab, masalaning savoliga javob topamiz. 4 – kadr. Masalani yechishning ikkala usulini taqqoslang. Ulardan qaysi biri yaxshi? Nima uchun? 5 – kadr. M a s a l a. Ko`k muqovali kitobda 4 ta varaq, qiizilida 6 ta varaq, zangoriligida 8 ta varaq bor. Qizcha bu kitoblarning hammasini o`qib chiqdi. Bularning hammasi qancha bet? Siz masalaga ifodani qanday tuzganinggizni tushuntiring. Masala savoliga javob toping. 6 – kadr. M a s a l a. Har bir qutida 6 tadan bankada sharbat bor. Bu qutilarda va korobkalarda hammasi bo`lib qancha banka bor? Masalaga ifoda tuzing va uning qiymatini toping.
X U L O S A O‟tkazilgan tadqiqot boshlang`ich sinflar matematika darslarida o‟qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanish jarayonining diqqatga sazovor jihatlarini bayon qilishga bag‟ishlangan. Boshlang‟ich sinflarda matematika darslarini kuzatish va ularni tahlil qilish shuni ko‟rsatdiki, ba`zi o‟qituvchilar o`quv materialini o`rgatishda, xususan, misol va masalalar yechish uchun zarur bo‟lgan ko`nikma va malakalarni o`quvchilar tomonidan egallanishida ko`rgazmali qo`llanmalarning o`rni va ulardan foydalanishga etarlicha e`tibor bermaydilar. Buning sababi sifatida o`quv vaqtining etishmasligini ro`kach qilib ko`rsatadilar. O`quv vatini bu kabi tejashlik matematik materialni yuzaki egallanishiga olib kelmoqda. Nazariya va tajriba asosida o‟tkazilgan tadqiqotlar 1 – 4 sinf matematika darslarida o‟qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanish 56
metodikasini takomillashtirish bo‟yicha quyidagi muhim xulosalarni qilish imkonini berdi: 1. Ta`lim jarayonida o‟qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanish 1 – 4 sinflarda matematikani muvaffaqiyatli o‟rganishga katta yordam beradi. 2. Boshlang‟ich sinflar matematika darslarida o‟qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanishning muvaffaqiyatini quyidagi omillar ta`minlaydi: - o‟qituvchining o‟qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanish metodikasini chuqur egallashi; - o‟quvchilarning ko`rgazmalilikning o`qitishning didaktik tamo- yillaridan biri sifatidagi ahamiyatini to‟la anglab etishlari; - o‟quvchilarning o‟qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanish ko‟nikma va malakalarini mukammal egallashlari. 3. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarning o‟qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanish jarayonida sodir bo‟layotgan qiyinchiliklarini bartaraf etishning eng samarali vositasi yuqorida qayd etilgan maqsadga yo‟naltirilgan mashqlar tizimidan foydalanishdir. 4. O‟tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni tasdiqladiki, maqsadga muvofiq tuzilgan mashqlar tizimi vositasida o‟quvchilarda o‟qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanish ko‟nikma va malakalarini samarali shakllantirish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI 1.
Islom Karimov. Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch. T., ”Ma`naviyat”, 2008.
2. Barkamol avlod - O`zbеkiston taraqqiyotining poydеvori.- T.: «Sharq» nashriyot - matbaa kontsеrni, 1997 yil. 3. Uzviylashtirilgan Davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi. Ona tili. O`qish.Matematika. Atrofimizdagi olam. Tabiatshunoslik.(1–4 sinflar). T., 2010. 57
4. Abduraxmanova N., O`rinboyeva L. O`rta umumta`lim maktabining 2 – sinfi uchun darslik. Toshkent. “IPTD”, 2012 yil. 5. Axmеdov M. va boshqalar. To`rtinchi sinf matеmatika darsligi. Toshkеnt. “O`qituvchi” , 2010 yil. 6. Axmеdov M., Abduraxmonova N., Jumaеv M.E. Birinchi sinf matеmatika darsligi mеtodik qo`llanma. Toshkеnt. “Uzinkomsеntr” , 2009 yil., 96 bеt. 7. Axmеdov M., Abduraxmonova N., Jumaеv M.E. Birinchi sinf matеmatika darsligi. Toshkеnt. “Sharq” , 2010 yil. 160 bеt. 8. Bikboеva N.U., R.I. Sidеlnikova, G.A. Adambеkova. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi. (O`rta maktab boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun mеtodik qo`llanma.) Toshkеnt. “O`qituvchi” , 1996 yil. 9. Bikboеva.N.U., Yangiboеva E.Ya. Ikkinchi sinf matеmatika darsligi. Toshkеnt. “O`qituvchi” , 2010 yil. 10. Bikboеva N.,U., Yangiboеva E.Ya. Uchinchi sinf matеmatika darsligi. Toshkеnt. “O`qituvchi” , 2010 yil. 11. Jumaеv M.E., Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi. (O O`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiyai” , 2005 yil. 12. Jumaеv M.E. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasidan praktikum. (O O`Y uchun ) Toshkеnt. “O`qituvchi” , 2004 yil. 13. Jumaеv M.E. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasidan praktikum. (O O`Y uchun ) Toshkеnt. “O`qituvchi” , 2004 yil. 14. Jumaеv M.E. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasidan laboratoriya mashg‟ulotlari. (O‟quv qo‟llanma ) Toshkеnt. “Yangi asr avlodi”, 2006 yil. 256 bet. 15. Jumaеv M.E. va boshq. Birinchi sinf matеmatika daftari. Toshkеnt. “Sarq”, 2009 yil., 48 bеt. 16. Jumaеv M.E. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi (KHK uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo”, 2003 yil. 17. Jumaеv M.E. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. (KHK uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo” , 2005 yil. 58
18. Jumaеv E.E. Boshlang`ich matеmatika nazariyasi va mеtodikasi. (KHK uchun) Toshkеnt. “Arnoprint” , 2005 yil. 19. Jumaеv M.E., Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatikadan fakultativ darslarni tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “TDPU” , 2005 yil. 20. Jumaеv M.E. Bolalarda matеmatik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi (KHK uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo”, 2005 yil. 21. Pishkalo A.M., Sto‟ylova L.P., N.P. Iroshnikov i drugie. Teoreticheskie osnovi nachalnogo kursa matematiki. ( Uchebnoe posobie ). M., “ Prosveshenie “, 1974. 368 c. 22. Ta'lim taraqqiyoti. O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi Vazirligining a x b o r o t n o m a s i. 7-maxsus son.1999 yil. 136-178 bеtlar. Toshkеnt. “Sharq” Umumiy o`rta ta'lim Davlat ta'lim standarti va o`quv dasturi. 23. Haydarov M., Hasanboеva O. Pеdagogik amaliyotni tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. TDPU, 2003 yil. 40 bеt 24. “Boshlang‟ich ta‟lim”, “Maktab va hayot”, “ Ta‟lim muammolari ” “Uzliksiz ta‟lim“ va boshqa ilmiy–uslubiy jurnallar, hamda “Ma”rifar” gazetasi. 25 .
www. tdpu. uz 26. www. pedagog. uz 27. www. Ziyonet. uz 28. www. edu. uz 29. tdpu-INTRANET. Ped
Download 377.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling