Boshlang‟ich ta‟lim metodikasi


Download 341.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.02.2023
Hajmi341.79 Kb.
#1218974
Bog'liq
bobillllll


O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS 


TA‟LIM VAZIRLIGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI “BOSHLANG‟ICH TA‟LIM METODIKASI” 
KAFEDRASI
5111700 - boshlang‟ich ta‟lim va sport - tarbiyaviy ish yo‟nalishi
3-KURS
OCHILOVA MAFTUNANING “ONA TILI O‟QITISH METODIKASI” 
FANIDAN 
MUSTAQIL ISHI 
 
MAVZU: _____________________________________
Samarqand 2022-yil



Reja : 
1. Yangi bobil podisholigi barpo bo’lishi
2. Yangi bobilning yirik shaharlari
3. Podshohlik tarixidan oldingi holat 
4. Yangi Bobil imperiyasining qulashi 


Yangi Bobil imperiyasi (Ikkinchi Bobil imperiyasi) 
Miloddan 
avvalgi 
626-539-yillarda 
Mesopotamiya, 
Falastin 
va 
qisman 
Misrda 
hukmronlik qilgan davlat. Miloddan avvlgi 626-
yilda Bobil shohi Nabopalassarning toj kiyib taxtga 
o'tirishidan 
Yangi 
Bobil 
imperiyasi 
davri 
boshlanadi. Miloddan avvalgi 612-yilda Yangi 
Ossuriya imperiyasining qulashidan so'ng, Yangi Bobil kuch-qudratga to'la 
boshlaydi. Bu davlatni Xaldeylar sulolasi boshqargan, shuning uchun ba'zi 
manbalarda imperiyani Xaldeylar podsholigi deb ham atashgan. 
Yangi Bobil podshohligi m.a. VII asrgacha Ossuriya tarkibida edi. Ossuriyaning 
zaiflashishi natijasida, Bobil tarixda ikkinchi marta yaqin Sharqda hukmronlikni 
qoʻlga olish uchun tiklandi (birinchi marta podsho Xammurappi davrida Bobil ana 
shunday kuch-qudratga ega edi). Yangi Bobil hukmronligi davri butun Bobilda misli 
ko'rilmagan iqtisodiy o'sish va aholi sonining ko'payishi kuzatildi, madaniyat va 
san'at taraqqiy etdi. Yangi Bobil shohlari hashamatli saroylar, qasrlar, bog'lar va 
ibodatxonalar qurishda tengsizlikka erishdilar. Bobilda 2000 yil avvalgi Shumer-
Akkad madaniyati yuksak ko'rinishi tiklandi. 
Imperiya madaniy hayotda o'z nomini podsho Navuxodonosor II tufayli saqlab 
qolgan. Uning nomi Bibliyada ham kelgan, chunki u m. a. 587-yilda Iyerusalim 
(Quddus) ni varon etib, yahudiylarni u yerda Bobilga ko'chirgan edi. Natijada, tarix 
sahifasida yahudiylar uchun Bobil asirligi hisoblangan davr yuzaga keldi (m.a. 587-
539-yillar). Yangi Bobil imperiyasi Navuxodonosor II davrida o'zining oltin davrini 
boshdan kechirdi. 
Yangi Bobilning oxirgi podshohi Nabonid davrida oy xudosi Sinning Bobilning 
homiy xudosi Mardukdan ustun deb e'lon qilinishi xalq va ruhoniylar orasida 
norozilik keltirib chiqardi. Bu narsa tufayli davlat zaiflashdi, bundan foydalangan 
forslar shohi Kir II miloddan avvalgi 539-yilda Bobilni bosib oldi. Shundan so'ng, 
Bobil o'zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy nufuzini yo'qotdi. Bobil keyingi 


imperiyalar hukmronligi davrida bir necha marta o'z qudratini tiklashga harakat qilib 
isyon ko'tarsa-da, bunga erisha olmaydi 
Bobilga mustaqil davlat sifatida amoriylar boshlig'i Shumu-abum tomonidan 
taxminan m. a. 1894-yilda asos solingan. Tashkil etilganidan keyin bir asrdan 
ko'proq 
vaqt 
davomida 

kichik 
va 
zaif 
davlat 
bo'lib, 
Isin, 
Larsa, Ossuriya va Elam kabi kuchli davlatlar tazyiqi ostida qoladi. Ammo 
podshoXammurappi (m. a. 1792-1750 yillar) davrida Bobil yirik davlatga aylandii 
va butun Mesopotamiya hududlarini zabt etdi, Qadimgi Bobil imperiyasiga asos 
solindi. Xammurappining o'limidan keyin uning sulolasi yana bir yarim asr davom 
hukmronlik qildi, shundan keyin Bobil yana kichik davlatga aylandi
[2]
. M. a. 1595-
yilda 
Bobilni Xett podshohi 
Mursili 

bosib 
oldi. 
Undan 
so'ng, 
tog'lik kassitlar qabilasi shaharni varon etadi. Bobil podshohligining qadimgi davri 
shu tariqa yakunlanadi. 
Kassitlardan keyingi O'rta Bobil davrida Bobil aholisi ikkita asosiy guruhdan iborat 
edi: 
mahalliy 
bobilliklar 
(shumerlar va akkadlar bilan 
qo'shilib 
ketgan kassit va amoriylar avlodlari) va yaqinda kelgan, Levantdan kelgan qabilalar 
(sutiylar, oromiylar va xaldeylar). M. a. VIII asrga kelib, yirik shaharlardagi asosiy 
aholi boʻlgan mahalliy bobilliklarning tarkibiy guruhlari oʻzlarining eski oʻzliklarini 
yoʻqotib, birlashgan “Bobil” madaniyatiga singib ketishdi
[3]
. Shu bilan birga, 
xaldeylar oʻzlarining qabilaviy tuzilishi va turmush tarzini saqlab qolgan boʻlsalar-
da, koʻproq “bobillashgan” holatga o'tdilar. Xaldeylar Bobil qudratining qayta 
tiklanishida juda katta ahamiyat kasb etdilar, m. a. 730-yilda shu qabiladan yagona 
shoh saylanib, qabilani birlashtirishga erishadi. 
Miloddan avvalgi IX-VIII asrlar mustaqil Bobil podshohligi uchun halokatli boʻldi, 
zaif podshohlar Bobil aholisini tashkil etuvchi barcha guruhlarni nazorat qilmay, 
raqiblarini magʻlub etishga ojizlik qildilar va muhim savdo yoʻllarini saqlay 
olmadilar. Bu narsa oxir-oqibatda Bobilning shimoliy qo'shnisi Yangi Ossuriya 
imperiyasining m. a. 745-729-yillarda Bobilni istilo etishiga olib keldi
[4]
. Ossuriya 
istilosi tufayli Bobilning Ossuriyaga qarshi bir asrlik ozodlik kurashi boshlandi. 


Garchi ossuriyaliklar mintaqani o'z imperiyalariga qo'shib, Ossuriya shohi unvoniga 
qo'shimcha ravishda Bobil shohi unvonini ishlatgan bo'lsalar ham, Ossuriyaning 
Bobil ustidan nazorati barqaror emasdi, bu hududda tinimsiz isyonlar bo'lib turardi. 
Ossuriyaning qulashi hamda Yangi Bobil podshohligiga asos solinishi.
Yirik Mesopotamiya shaharlari 
Yangi Ossuriya podshosi Sinsharishkun hamda 
uning janubdagi noibi qo'mondon Sin-shumu-lishir 
o'rtasidagi 
fuqarolar 
urushi 
Ossuriyani 
zaiflashtirdi. 
Miloddan 
avvalgi 
626-yilda 
Nabopalassar Bobil va Nippur shaharlariga hujum 
qilib, egallab oldi
[5]
. Sinsharishkunning javobi tez 
va qatʼiy bo'ldi, o'sha yilning oktyabr oyiga kelib ossuriyaliklar Nippurni qaytarib 
olishdi va Uruk shahrida Nabopalassarni qamal qilishdi. Sinsharishkun Bobilni 
egallay olmadi va Nabopalassar esa Ossuriyaning qamaliga dosh berdi va Ossuriya 
qoʻshinini qaytarishga muvaffaq bo'ldi
[5]

Miloddan avvalgi 626-yilning noyabrida Nabopolassar rasman Bobil shohi sifatida 
taxtga o'tirdi va bir asrdan ortiq to'g'ridan-to'g'ri Ossuriya hukmronligidan keyin 
Bobilni mustaqil davlat sifatida tikladi
[5]
. Miloddan avvalgi 625-yildan 623-yilgacha 
Bobilning shimolidagi yurishlari va Nabopolassarga qo'shilgan kabi janubiy 
shaharlaridagi kichik muvaffaqiyatlariga qaramasdan m. a. 623-yilda Sinsharishkun 
yalpi hujumga o'tib, Nabopalassarni yengdi, ammo shohga qarshi ossuriyaning 
o'zida norozilik kuchaygani sababli bu yurishni oxirgacha yetkazmadi
[5]

Miloddan 
avvalgi 
615-yil 
oktyabr-noyabr 
oylarida 
Midiya 
shohi Kiaksar boshchiligidagi qo'shin Ossuriyaga bostirib kirib, Arrafa shahri 
atrofidagi hududni bosib oldi
[5]
. Miloddan avvalgi 614-yilning iyul-avgust oylarida 
midiyaliklar Kalxu va Nineviya shaharlariga hujum qila boshladilar. Keyin ular 
Ossuriyaning 
qadimgi 
siyosiy 
va 
diniy 
markazi Ashshurni qamal 


qilishdi.Midiyaliklar shaharni egallab, varonaga aylantirdilar. Nabopalassar 
Ashshurga talon-taroj boshlangandan keyin yetib keldi va Kiaksar bilan uchrashib, 
Ossuriyaga qarshi shartnoma imzoladi
[5]
. Miloddan avvalgi 612-yil aprel-may 
oylarida, Nabopalassar va Kiaksarning birlashgan qo'shini Nineviyaga yurish qildi. 
O'sha yilning iyun oyidan avgustigacha ular Ossuriya poytaxtini qamal qilishdi va 
avgust oyida devorlarni buzib, shaharni xarobaga aylantirishdi
[5]
. Sinsharishkunning 
vorisi, Ossuriyaning oxirgi shohi Ashshurballit II miloddan avvalgi 609-yilda 
Harranda mag'lubiyatga uchradi
[6]
. Ossuriyaning ittifoqchisi boʻlgan Misr bir necha 
yil davomida Bobilga qarshi urushni davom ettirdi va miloddan avvalgi 605-yilda 
Karxemishda Nabopalassarning valiha shahzodasi Navuxodonosor tomonidan tor-
mor etildi. 
Yangi Ossuriya podshosi Sinsharishkun hamda uning janubdagi noibi qo'mondon 
Sin-shumu-lishir o'rtasidagi fuqarolar urushi Ossuriyani zaiflashtirdi. Miloddan 
avvalgi 626-yilda Nabopalassar Bobil va Nippur shaharlariga hujum qilib, egallab 
oldi
[5]
. Sinsharishkunning javobi tez va qatʼiy bo'ldi, o'sha yilning oktyabr oyiga 
kelib ossuriyaliklar Nippurni qaytarib olishdi va Uruk shahrida Nabopalassarni 
qamal qilishdi. Sinsharishkun Bobilni egallay olmadi va Nabopalassar esa 
Ossuriyaning qamaliga dosh berdi va Ossuriya qoʻshinini qaytarishga muvaffaq 
bo'ldi
[5]

Miloddan avvalgi 605-yilda Nabopalassar vafotidan keyin o'g'li Navuxodonosor 
II oʻrniga oʻtirdi. Navuxodonosor II meros qilib olgan imperiya dunyodagi eng 
qudratli imperiyalardan biri edi. U Midiya shohi Kiaksarning qizi yoki (ayrim 
manbalarda nabirasi) Amitisga uylanib, otasining Midiya bilan tuzgan ittifoqini 
mustahkamladi. Ba'zi manbalarda Qadimgi dunyoning yetti mo'jizasidan biri 
bo'lgan mashhur Bobil osma bog'lari Navuxodonosor II romonidan rafiqasi 
Semiramidaga Vatanini eslatib turish uchun bunyod etilgan degan ma'lumotlar bor 
(bu bog'larning mavjud bo'lganligi tarixchilar tomonidan bahsga sabab bo'lgan). 
Uning 43 yillik hukmronlik davrida Bobil Yaqin Sharqdagi eng qudratli saltanatga 
aylandi. 


Navuxodonosor II Levantga ko'p marotaba harbiy yurish uyushtirib, sobiq Ossuriya 
imperiyasining O'rtayer dengizi bo'yida joylashgan yerlarini egallaydi. Miloddan 
avvalgi 587-yilda Quddusni vayron qiladi, Isroil-Yahudiya podsholigiga barham 
beriladi, yahudiylarning katta qismi Bobilga olib kelinadi, ular uchun Bobil 
asirligi deb nomlanuvchi davr boshlanadi
[8]
. O'rta dengiz bo'yidagi Tir shahri Bobil 
shohiga 13 yil qarshilik ko'rsatadi, shaharning qirg'oqdan 800 m uzoqlikdagi orolda 
joylashganligi uning qamal qilinishini uzoqqa cho'zadi. Miloddan avvlgi 573-yilda 
Tir shahri Bobilga vassal bo'ladi
[9]
. G'alabalr sharafiga u Bobilning atrofini baland 
devorlar va chiroyli bezatilgan darvozalar bilan o'rab oladi. Ulardan iloha Ishtarga 
bag'ishlab qurilgan darvoza bugungi kunga qadar saqlangan noyob arxitektura 
obidasidir. 
Navuxodonosor II vafotidan so'ng (m. a. 562-yil), Bobil siyosiy inqirozga uchradi, 
fitnalar 
natijasida 
uning 
o'g'li 
o'ldirildi. 
Fitnalar 
oqibatida 
saroy 
amaldori Nabonid va uning o'g'li Belshazar hokimiyatni qo'lga oldilar. Nabonid 
davrida imperiyani g'alayonlar qamrab olgan bo'lsa-da, nisbatan barqaror davr 
bo'ldi. Nabonid ibodatxonalarni qayta ta'mirlatdi, yangi binolar qurdirdi, Kilikiyaga 
harbiy yurish uyushtirdi. Nabonidning asli kelib chiqishi bobillik emas edi, u sobiq 
Ossuriyadagi Harran shahridan, Sin xudosiga sig'ingan qavmdan edi. Yangi qirol 
Sin ilohasining imperiyadagi mavqeyini ko'tarish uchun harakat qildi, Bobilning 
bosh xudosi Marduk inkor etildi. Bu esa Bobil ruhoniylarining qarshiligiga sabab 
bo'ldi.Kohinlarning shohdan yuz o'girishi xalqning unga nisbatan ishonchini 
susaytirdi. 
Yangi 
Bobil 
podsholigi Bobil 
kassitlar 
istilosidan 
kеyin 
zaiflashib, 
Mеsopotamiyaning eng muhim iqtisodiy markazi sifatidagi ahamiyatini yo‘qotdi. 
Miloddan avvalgi II ming yillik oxirlarida Mеsopotamiyaning janubiy qismida 
xaldеylardan bo‘lgan sеmit qabilasi paydo bo‘ldi. Bu qabila janubiy Bobilni istilo 
qilib, Dеngiz bo‘yi davlatini tuzishga erishdi. Bu mamlakat hukmdorlari Elamning 
yordamiga tayanib, Ossuriyaga qarshi qat’iy kurash olib bordilar. Bu bilan ular 
Bobilning o‘tmishdagi qudratini tiklamoqchi bo‘ldilar. Ossuriya podsholarining 
Bobilga hamda Dеngiz bo‘yi mamlakatining xaldеyalik hukmdorlariga qarshi 


to‘xtovsiz va ayovsiz kurashi Bobilning ana shu davr ichida boy va kuchli savdo 
mamlakati sifatida o‘z ahamiyatini saqlab turganligini hamda iqtisodiy va siyosiy 
mustaqilligi uchun jiddiy kurashganligini ko‘rsatadi. Bobil Ashshurbanipal 
(miloddan avvalgi 626 yili) vafotidan so‘ng Ossuriyaning kuchsizlanib qolganidan 
foydalanib, Midiya bilan ittifoq tuzdi. Xald urug‘i vakili bo‘lgan va Bobilga 
yuborilgan lashkarboshi Nabopalasar (miloddan avvalgi 626-604 yili) o‘zini Bobil 
podshosi dеb e’lon qiladi va Bobil hukmdorlarining yangi sulolasiga asos soladi. 
Bobil kohinlari, zodagonlar hamda Midiya podshosi Kiaksar bilan tuzilgan harbiy 
ittifoqqa tayangan Nabopalasar Ossuriyaga qaqshatqich zarba berdi. Ossur 
podsholarining hashamatli va obod poytaxti Ninеviya miloddan avvalgi 612 yilda 
batamom vayron qilindi. Ossuriya podsholigi vayronalari ustida keyinroq yangi 
Bobil-Xaldеya davlati qad ko‘tardi. Iqtisodiyot va ijtimoiy tuzum. Bobil ilgarigi 
davrdagidеk, asosan, qishloq xo‘jaligi mamlakati bo‘lib, ko‘plab daryolari, o‘tloq va 
daryo vodiylariga tutashgan kеng dalalari chorvachilikni taraqqiy ettirish imkonini 
bergan. Mulkiy jihatdan kеskin tabaqalanish, quldorlik xo‘jaligi taraqqiy etishi va 
o‘sishi chorvaning boylar qo‘lida to‘planishiga olib kеldi. Chorvador boylar o‘z 
mollarini odatda ijaraga berganlar va saqlanib qolgan hujjatlar ijara haqi mahsulot 
bilan to‘langanligidan dalolat beradi. Sug‘orish tizimiga asoslangan dehqonchilik 
mamlakat xo‘jalik hayotida shu qadar katta rol o‘ynaganki, o‘sha zamon qonunlariga 
maxsus moddalar kiritilib, unda yerga sifatli ishlov berilishi hamda sug‘orish 
tarmoqlarini batartib saqlashga alohida urg‘u berilgan. Mamlakat qishloq xo‘jaligi 
quldor boylar nazorati ostida bo‘lgan. Nafaqat katta yer hududlari, balki kanallar 
ham quldor boylarga qaragan. Eng yirik yer egalari o‘z hisobidan kanallardan ariqlar 
qazdirib, ulardan foydalangan mahalliy dehqonlardan maxsus haq undirganlar. 
Ossuriya davlati ag‘darilgach, Bobilning o‘tmishdagi shuhrati tiklandi. Bobil 
mamlakati va savdosining yangi, ammo so‘nggi gullagan davri boshlandi. Mulkiy 
tabaqalanish tufayli xo‘jalik hayoti avvalgiga nisbatan ancha murakkablashdi. 
Savdo-sotiq kеng taraqqiy etib, uning turlari ko‘paydi. G‘alla, chorva, turli qishloq 
xo‘jalik va hunarmandchilik mahsulotlari bilan birga xom ashyo, turli ko‘chmas 
mulk, yer, bog‘, bino hamda qul savdosi yo‘lga qo‘yildi. Bobil Qadimgi Sharqning 


yirik savdo markaziga aylanib, bu yerga uzoq mamlakatlardan savdogarlar 
kеladigan bo‘ldi. Bobil bozorlarida xaldеyalik, ossuriyalik, oromiy, fors, misrlik va 
yahudiylarni uchratish mumkin edi. Ossuriya davrida oromiy tili kеng tarqalib, 
zamonlar o‘tishi bilan bu til tobora ko‘proq qo‘llaniladigan bo‘ldi. Mamlakatda qul 
savdosi kеng quloch yoyganligi tufayli qullarning qo‘ldan-qo‘lga o‘tish jarayoni 
davlat hokimiyati tomonidan nazorat qilinishini talab etgan. Quldorning qulga egalik 
huquqi alohida muassasalarda qayd qilib qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin. Quldorlar 
o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida qullarga tamg‘a bosganlar. Yangi Bobil 
podsholigining taraqqiy etishi. Miloddan avvalgi VII asr boshlarida Bobil quldor 
zodagonlari katta nufuzga ega bo‘lganlar. Katta ibodatxonalarning bosh kohinlari 
shular tarkibiga kirgan. Mеsopotamiyaning qo‘shni mamlakatlar bilan savdosini 
Bobilning maxsus muassasalari nazorat qilib turgan. Qudratli kohinlar, yirik 
quldorlar va savdogarlar Xaldеya-Bobil davlatida siyosiy jihatdan yetakchi o‘rin 
tutganlar. Xaldеya sulolasiga asos solgan Nabopalasar mamlakatda Bobil 
kohinlariga tayanib ish ko‘rgan. Bobil podsholigining chеgaralarini mustahkamlash 
muhim siyosiy vazifalardan biri bo‘lgan. Bobil uchun ikkidaryo oralig‘ining 
shimoliy-g‘arbiy qismida mustahkamlanib olish zarur edi, chunki Ossuriyaning 
qolgan qutgan lashkarlari qochib borib, shu yerdan boshpana izlaganlar. 
Nabopalasar bu viloyatning iqtisodiy va harbiy jihatdan ahamiyatli yirik shaharlari-
Xarran va Karxеmishni ishg‘ol qilib, u yerlarda o‘z lashkarlarini qoldirib, o‘zi 
Bobilga qaytib kеtadi. Bobilning asosiy dushmani Misr bo‘lib, bu vaqtda u o‘z 
taraqqiyotining so‘nggi davrini kеchirayotgan edi. Sais sulolasi fir’avnlari Misr 
davlatining 
o‘tmishdagi 
qudratini 
tiklashga 
urindilar. 
Ossuriyaning 
kuchsizlanganidan foydalangan Psamtik Misrning Falastinga bo‘lgan siyosiy 
ta’sirini qaytadan tiklash maqsadida miloddan avvalgi VII asr oxirida bu yerga 
bostirib kiradi. Misrning navbatdagi fir’avni Nеxo nafaqat Falastinni, balki Finikiya 
bilan Suriyani ham bosib olish maqsadida ishga kirishadi. Misr fir’avni Mеgiddo 
yaqinidagi jangda yahudiy qo‘shinlarini tor-mor kеltirib, Quddusga xiroj solib, 
Finikiya shaharlarini qo‘lga kiritadi. U Sidon shahrida zafarnomasini yozib 
qoldirgan. So‘ngra Nеxo Frot daryosiga yetib borib, Bobil qo‘shinini yеngadi va 


Karxеmish shahrini ishg‘ol qiladi. Misrliklar bu shaharda ossurlar bilan birlashib, 
Bobil podshosiga qarshi chiqadilar. Misrliklar bilan ossurlar ittifoqi Bobil uchun 
katta xavf tug‘dirgan. Dushmanga qaqshatqich zarba berish uchun Nabopalasar kuch 
to‘plashiga to‘rt yilga yaqin vaqt kerak bo‘ldi. Bobil qo‘shini Nabopalasarning o‘g‘li 
va taxt vorisi Navuxodonosor boshchiligida 605 yilda Karxеmish yonida bo‘lib 
o‘tgan mashhur jangda misrliklar bilan ossurlarning birlashgan askarlari ustidan 
g‘olib kеlgan. Harbiy kuchlari yetarli bo‘lmagan Nеxo butkul mag‘lub bo‘lib, 
shoshilinch ortga chеkinishga majbur bo‘lgan. Navuxodonosor II (miloddan avvalgi 
605-562 yillar) harbiy muvaffaqiyatlaridan to‘la ravishda foydalangan. U Nil 
daryosi dеltasigacha yetib borib, Suriyani egallab, misrliklarni Old Osiyodan 
batamom siqib chiqaradi. Navuxodonosor g‘oyat ehtiyotkor hukmdor bo‘lganligi 
sababli, ana shu erishgan yutuqlari bilan chеklangan. Biroq Bobil ham, Misr ham bu 
ahvolga tomoshabin bo‘lib qolishni istamas edi. Sais sulolasining shijoatkor 
fir’avnlari Suriya qo‘ldan kеtishiga rozi bo‘lmay, kuchli qo‘shin to‘plaganlar va uni 
yollanma yunon askarlari bilan to‘ldirganlar, Bobil podshosi esa, O‘rta dеngiz 
sohillaridagi o‘z hukmronligini mustahkamlashga intilgan. Shunday qilib, yaqin 
orada yana urush boshlanishi aniq bo‘lib qolgan. Fir’avnlar Falastin, Finikiya va 
Suriyani istilo qilgan dastlabki vaqtlarda ular Misrning iqtisodiy va madaniy ta’siri 
ostida edilar. Mana shunday ta’sir asoratlari bu mamlakatlarda miloddan avvalgi I 
ming yillikda ham sеzilib turdi. Falastinda Misr tarafdorlari anchagina ko‘p edi, shu 
jumladan, Yahudiy podshosi Ioakim ham Misrni qo‘llab-quvvatlagan. Yahudiyning 
Bobildan ajralib chiqib, Bobilga xiroj to‘lashdan bosh tortishi yangidan urush 
boshlanib kеtishiga bahona bo‘ldi. Navuxodonosor Yahudiy ustiga qo‘shin tortib, 
Quddus shahrini qamal qiladi. Bobil qo‘shinlari qal’a dеvorlari bilan o‘rab olingan 
bu poytaxt shaharni uch oy qamaldan so‘ng, oxiri miloddan avvalgi 597 yilda 
egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Yahudiy taslim bo‘lgach, shoh oilasi ko‘zga 
ko‘ringan zodagonlar, hunarmandlar va harbiy asirlar bilan birga Bobilga majburan 
ko‘chirib olib kеtiladi. Quddusning mashhur va boy ibodatxonasi talon taroj qilinadi. 
Misr hukmdori ana shunday vaziyatda ham ittifoqchisiga yordamga kеlishga o‘zida 
jur’at topa olmaydi. Shunday qilib, Navuxodonosor Falastinda yana o‘z 


hokimiyatini tiklab oladi. Lеkin bu muvaffaqiyat Bobilning to‘la zafari emas edi. 
Falastin bilan Finikiya yangi kurashga tayyorlanardi. Misr avval qo‘l ostida bo‘lgan 
Suriya yerlari haqida orzu qilib yurardi. Fir’avn Uax-ib -Ra (Airiy) Suriya sohillarini 
egallash va shu orqali siyosiy hukmronlik qilish uchun zarur asosiy hududlarni 
qo‘lga kiritish maqsadida, qo‘shin va harbiy flotga bosh bo‘lib, Osiyo tomon otlandi. 
Dastavval, Misr fir’avni bir nеcha yutuqlarga erishib, Sеdanni ishg‘ol qiladi va 
Finikiyaning boshqa shaharlarini ham taslim etadi. Quddus yaqinida jang qilayotgan 
Bobil askarlari ortga chеkinishga majbur bo‘ladilar. Ozod bo‘lgan Yahudiy 
dushmani-Bobil ustidan qozongan g‘alabasini tantana qila boshlaydi. Ammo 
misrliklarning quvonchi uzoqqa bormadi. Navuxodonosor Suriyani dushmanga 
topshirib, tinchini yo‘qotdi. Bobil podshosi Suriyaga bostirib kirib, Misr 
qo‘shinlarini tor-mor qiladi va ularni chеkinishga majbur etadi. Ko‘p sonli Bobil 
qo‘shini Quddusni yana qamal qiladi. Yahudiylar shiddatli va qonli janglarda 
Yahudiy 
davlatining 
hayot-mamoti 
uchun, 
poytaxtlarini 
qattiq 
turib, 
qahramonlarcha mudofaa qiladilar. Biroq baribir yahudiylar qarshiligi sindiriladi. 
Bobil qo‘shinlari Quddusni shijoat bilan qo‘lga kiritib, shaharni vayron hamda talon-
taroj qilib, unga o‘t qo‘yib yuborganlar (miloddan avvalgi 586 yil). Bobil podshosi 
isyonchilarni qattiq jazoladi. Yahudiy hukmdori Sidkiya qolgan-qutgan qo‘shini 
bilan birga Iyerixon tеkisligida qo‘lga tushadi va ko‘zi o‘yilib, ko‘r qilinadi. 
Yahudiy shahzodalari esa, qatl qilinadi. Ko‘plab yahudiylar asir olinib, Bobilga 
haydab olib kеtiladi. Miloddan avvalgi 586 yilda vayron qilingan Quddus yong‘inida 
yahudiylarning erkin va mustaqil davlat haqidagi orzulari batamom puchga chiqdi. 
Bobil podshosi Suriyada o‘z hokimiyatini mustahkamlab, Falastinga egalik qila 
boshladi. Ammo Navuxodonosor Suriyani o‘ziga tobе qilish uchun Finikiya 
shaharlarini uzil-kеsil bo‘ysundirishi kerak edi. Finikiya davlatining qadimgi 
poytaxti-boy va qudratli Tir - savdo markazi bo‘lib, shaharlar orasida yetakchi 
o‘rinlardan birida turardi. Tir aholisi o‘z mustaqilligini mardlarcha himoya qildi. Tir 
shahri dеngizdagi orol ustiga qurilgan va bu mustahkam shaharni Bobil qo‘shinlari 
13 yil mobaynida qamal qilib, egallay olmaganlar. Uzoq davom etgan qamal 
natijasida shahar himoyachilarining tinkasi qurib, ular majburan taslim bo‘ldilar. 


Navuxodonosor Finikiyani og‘ir mashaqqatlar bilan egallagan. Bobil 
qo‘shinlarining oldida yana bir qiyin vazifa: Misrga so‘nggi va qat’iy zarba berish 
vazifasi turardi. Asosiy maqsad-Misr kuchini sindirish va uni Old Osiyoda faol 
siyosat yurita olmaydigan qilishdan iborat edi. Manbalardagi ma’lumotlarning 
noaniqligi va tarqoqligi urushning qay yo‘sinda borganligini aniqlash imkonini 
bermaydi. Shu sababli, Navuxodonosorning hatto Misr ichkarisiga kirgan yo 
kirmaganligini ham aniq aytish qiyin. Har holda Bobil podshosi Misrga bir qadar 
zarar еtkazgan bo‘lishi kerak. Misrdagi Gеliopolga yaqin joyda Bobil shahrining 
barpo etilishi shu voqealar aks-sadosi dеgan faraz mavjud. Misr Bobilining barpo 
etilishi taxminan ana shu davrga to‘g‘ri kеladi. Lеkin Misr o‘sha vaqtda yetarlicha 
kuchga ega edi. Misr fir’avni Yaxmos II (Amazis) kuchli flot yordamida Kiprni 
bosib oladi va u yerdan Finikiyaning savdo shaharlariga xavf sola boshlaydi. 
Yaxmos II bu bilan Bobilning O‘rta dеngiz sharqidagi yerlarini egallashida qarshilik 
ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Bobil hukmdori Mеsopotamiya, Suriya, Finikiya va 
Falastinni istilo qilgan bo‘lishiga qaramay, shoshilinch bunyod etilgan saltanatning 
u qadar mustahkam emasligini o‘zi ham bilardi. Nahrilqalb daryosi bo‘yidagi 
qoyalarda Misr fir’avnlari va Ossuriya istilochilarining tantanali g‘alabalariga oid 
ma’lumotlar mavjud. Ammo Navuxodonosor haqidagi yozuvlarda yuqoridagi 
g‘alabalar haqida hеch narsa aytilmagan. Navuxodonosor miloddan avvalgi 562 
yilda vafot etdi. Uning 43 yillik hukmdorligi davrida Yangi Bobil podsholigi yuksak 
taraqqiyotga erishdi. Navuxodonosor vorislari uning ishlarini munosib davom ettira 
olmadilar. Kohinlar bosh qo‘shgan saroy g‘ulg‘ulalari oqibatida tеz-tеz davlat 
to‘ntarishlari bo‘lib turgan. Bobil podsholari taxtida 6 yil ichida uch hukmdor o‘tirib, 
ulardan ikkitasi o‘ldirilgan. Siyosiy vaziyatning kеskinlashuvi, mamlakat ichidagi 
sinfiy tabaqalanish, forslarning bostirib kirish xavfi hukmdorlardan g‘ayrat va 
diplomatik mohirlikni talab qilgan. Miloddan avvalgi 555 yildagi davlat 
to‘ntarishidan kеyin Bobil taxtiga o‘tirgan Nabonid Navuxodonosor II ishini davom 
ettirish niyatida bo‘lib, Navuxodosorni o‘z yozuvlarida homiysi sifatida ko‘p bora 
hurmat bilan tilga oladi. Nabonid 17 yillik (miloddan avvalgi 555-538 yillar) 
hukmdorligi davrida mamlakat butunligini saqlash uchun qattiq kurash olib borgan. 


U podsholigining dastlabki yillari shimoliy Suriyada ko‘tarilgan qo‘zg‘alonni 
bostirib, Xamat hamda Amurru mamlakatiga qo‘shin tortib, to Edеmning 
janubigacha yetib boradi. Ammo Bobil uchun asosiy xavf uyasi bu yerda emas edi. 
Suriya bilan Falastin bostirilgan, shuningdеk, kuchsizlanib qolgan Misrdan yordam 
kuta olmasdilar. Tir shahrini Nabonid podsho qilib ko‘targan Xiram II idora qilar 
edi. Mеsopotamiyaning shimoliy qismida Bobil uchun ancha mushkul ahvol yuzaga 
kеladi. Midiya hukmdori Astiag (Ishtuvеgu) Shimoliy Mеsopotamiyaga yurib, 
Xarran o‘lkasiga kirib boradi. Yozuvlardan ma’lum bo‘lishicha, Nabonid 
“ummanmand”larga (midiyaliklarga) qarshi chiqadi-yu, lеkin midiyaliklarni undan 
avval Anshana podshosi Kayxisrav tor-mor kеltiradi. Midiya hukmdorligining 
yemirilib, Eron yuksalayotganini ko‘rgan Nabonid o‘zining shimoliy-g‘arbiy 
chеgaralarini mustahkamlashga qaror qilgan va shu sababli, o‘z so‘zlariga ko‘ra, 
Xarranda bu yerga midiyaliklarning xurujidan katta zarar ko‘rgan muqaddas 
qadamjolarni tiklashga alohida e’tibor bergan. Eron bosqini xavfini avvaldan sеzgan 
Nabonid Arabiston bilan aloqalarini mustahkamlash niyatida Tеymaga lashkar 
tortib, uni bosib olib, o‘z qarorgohiga aylantiradi. Nabonid Tеymada o‘zini bir qadar 
tinch sеzardi. Siyosat maydonidagi vaziyat Bobil saltanati uchun tobora xavfli bo‘lib 
bordi. Eron podshosi Kayxisrav miloddan avvalgi 550 yilda Midiyani bo‘ysundirib, 
Lidiyaga qarshi otlanadi. Lidiya saltanatini egallab, shu orqali Mеsopotamiyani 
sharq va shimoldan o‘ziga qarashli yerlari bilan o‘rab oladi. Eron podshosining 
barcha yutuqlari Bobil qaydlarida batafsil ko‘rsatilgan. Qaydnomaning miloddan 
avvalgi 546 yilga oid bobida elamiylar (forslar yoki ularning Elamdagi ittifoqchilari 
dеb taxmin qilinadi) Akkadga bostirib kirganligi va Urukka Elam hokimi 
tayinlanganligi aytiladi. Forslar Dajla daryosining sharqida quyi Zab, Dajla daryosi 
vohasidagi Gutium o‘lkasini bosib oladilar. Kayxisrav miloddan avvalgi 539 yilda 
Mеsopotamiyaga bostirib kirib, Opis yonida Bobil qo‘shinlarini tor-mor kеltirgan. 
Miloddan avvalgi 538 yilda Kayxisrav Sipparni ishg‘ol qilib, Bobil chеgaralariga 
yaqinlashadi. Nabonidning xudojo‘y va olimligi ham, butun mamlakatdan 
kеltirilgan xudo haykallari ham (Nabonid ularni yig‘ib, Bobilni g‘oyat katta qadimgi 
diniy yodgorliklar muzеyiga aylantirgan) uni qutqarib qololmadi. Kayxisrav 


miloddan avvalgi 538 yilning kuzida Bobilga kirib, Nabonidni taxtdan chеtlashtiradi 
va Bobilni qudratli Eron davlati tarkibiga qo‘shib oladi. Yangi Bobil saltanati shu 
tariqa intiho topadi va shu bilan buyuk davlat barpo qilish yo‘lidagi so‘nggi urinish 
ham barbod bo‘ladi. Lеkin Bobil Old Osiyoning eng katta savdo markazi hamda 
nafaqat Qadimgi Sharq, balki butun qadimgi dunyo madaniy hayot taraqqiyotiga 
katta ta’sir ko‘rsatgan madaniyat markazi sifatida o‘z ahamiyatini muayyan muddat 
saqlab qoladi.
Yangi Bobil imperiyasining qulashi
Miloddan avvalgi 539-yilda fors shohi Kir II ning Bobilga bostirib kirish xaritasi. 
Miloddan avvalgi 553-yilda fors shohi Kir II o'zi 
avval bo'ysungan Midiya shohi Astiagga qarshi 
isyon ko'tardi, Astiagdan norozi Midiya qo'shini Kir 
II ga yordam berdi. Natijada miloddan avvalgi 550-
yilda Astiag taxtdan ag'darilib, butun Midiya yerlari 
Kir II ga bo'ysundirildi. Kir II o'zini hamma forslar, 
elamiylar va kutiylarga shoh deb e'lon qildi hamda ulardan juda katta qo'shin tuzdi. 
Miloddan avvalgi 547-yilda Kichik Osiyodagi Lidiya davlatini tor-mor etdi. M. a. 
539-yilda esa Bobil yerlariga bostirib kirdi. Nabonidning o'g'li Belshazar boshliq 
qo'shin Opis jangida tor-mor etildi. Kir II qo'shinlari Frot daryosini boshqa tomonga 
burib yuborib, Bobilni zabt etdi. Shu tariqa, Yangi Bobil imperiyasi davri ham 
nihoyasiga yetdi 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. A.Kabirov Qadimgi sharq tarixi.Toshkent-2018. Arxeologlar hikoya qiladi. 
2. 
С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихини укитишда "Зафарнома"дан 
фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198 
3. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган 
технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671 
4.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yangi_Bobil_podsholigi
 
5.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yangi_Bobil_podsholigi
 


Download 341.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling