Boshlangich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya Fanidan topshiriqlar


Download 44.88 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi44.88 Kb.
#155965
Bog'liq
Boshlangich ta


Boshlangich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya

Fanidan topshiriqlar

30 - Variant

  1. Topshiriq.

Quyidagi savollarga yozma javob yozing
1. O`zbekistonda ta’lim va pedagogik fikr taraqqiyoti.
Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.Bugungi kunda, umumiy e’tirofga ko’ra, XXI asr globallashuv va chegaralarning barham topish davri, axborot kommunikasiya texnologiyalari va internet asri,jahon maydonida va dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib borayotganini isbotlab berishga hojat yo’q, albatta.Bunday sharoitda inson

kapitaliga yo’naltirilayotgan investitsiya va qo’yilmalarning o’sishini, hozirgi zamonda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo’lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini doimo o’zining asosiy ustuvor yo’nalishlari qatoriga qo’yadigan davlatgina o’zini namoyon eta olishi mumkin.Avvalo shuni ta’kidlash zarurki, bundan 21 yil oldin qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tarihiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan«o’zbek modeli» - o’z taraqqiyot yo’limizning ajralmas tarkibiy qismidir.Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi taraqqiy topgan ilg’or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o’tmishda majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o’sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, qisqacha aytganda, bu dastur o’z fikriga, o’zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozisiyasiga ega bo’lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ygan.Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan qayta qurmasdan va isloh etmasdan turib bu maqsadga erishish aslo mumkin emas edi. Agarki O’zbekistonda aholining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha bo’lgan bolalar, 60 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo’lsak, bu islohotlarning roli va ahamiyati o’z-o’zidan tushunarli va ravshan bo’ladi.Qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo’yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalgaoshirilayotgan modelning prinsipial xususiyati avvalo shundaki, umumta’lim maktabidagi 9 yillik o’qishdan so’ng o’quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib,ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo’yicha kasb-hunarlarni ham egallaydi.Ta’kidlash joizki, O’zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy va bepul ekani qonunlarimizda belgilab qo’yilgan. Bu o’sib kelayotgan yangi avlodimiz 12 yillik majburiy ta’lim olish bilan birga aniq mutaxassislik va kasb-hunarga ega bo’lishini taqozo etadi. Bu ayniqsa, qizlarimiz uchun muhimdir. Biz bunda har qaysi yangi tashkil bo’layotgan yosh oilada avvalo qizlarning o’zi tanlagan muayyan mutaxassislikka, kasb-hunarga, hayotda o’zining mustaqil fikri va qat’iy pozisiyasiga ega bo’lishi g’oyat muhim ahamiyat kasb etishini nazarda tutamiz. Shuning uchun ham barcha zarur fanlar bo’yicha umumiy ta’lim beradigan maktablardagi 9 yillik tahsildan keyin yoshlarimiz, ayniqsa qizlarimiz majburiy tarzda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o’qishni davom ettirishi, ikki-uchta zamonaviy mutaxassislik bo’yicha kasb-hunarlarga ega bo’lishi o’ta muhimdir.Mustaqillik yillarida ta’lim jarayonini yangicha talablar asosida tashkil qilish,takomillashtirish bo’yicha olib borilgan jiddiy izlanishlar natijasida avvallari faqat aholining umumiy savodxonligini ta’minlash bilan cheklangan ta’lim mazmuni tubdan yangilandi.MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va joriy etildi.Amaliyot jarayonida ta’lim turlari aro uzviylikni,uzluksizlikni ta’minlash maqsadida o’quv fanlari bo’yicha DTS hamda o’quv dasturlari takomillashtirilmoqda, muvofiqlashtirilmoqda.O’zbekistonning birinchi prezidentining «Darsliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg’or namunalari aks etishi kerak» degan g’oyasidan kelib chiqib darsliklarning yangi avlodi yaratildi. Samarali tashkil etilgan tizim asosida ularni muntazam ravishda, ya’ni 2-3-sinflar uchun har 2 yilda,

5-9-sinlar uchun har 4 yilda takomillashtirish, zarur nusxada yangitdan chop etib borish yo’lga qo’yildi.Ta’lim muassasalarida 9875ta fizika, 9487ta kimyo laboratoriya xonalari,9390ta biologiya xonalari tashkil etilib, zamonaviy o’quv-laboratoriya jihozlari bilan to’ldirildi. Shuningdek, barcha ta’lim muassasalaridagi «Ma’naviyat va ma’rifat», kasbga yo’naltirish, chizmachilik, tasviriy san’at va rassomlik, chet tili xonalari hamda faollar zali, tibbiyot xonasi, ma’muriy-metodik xona va barcha

turar joylar zamonaviy mebel va maxsus jihozlar bilan bekamu ko’st ta’minlandi.O’n ikki yillik majburiy ta’limdan so’ng yurtimizdagi yoshlarning har biri,o’z xohishiga ko’ra, bakalavr va magistr darajasini olish uchun oliy ta’lim muassasalarida o’qishni davom ettirishi mumkin.O’tgan yillar mobaynida ta’lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo’yicha miqyosi va ko’lamiga ko’ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Qariyb 9,5ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, kapital rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlandi. O’quv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash bo’yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi.O’zbekistonda maktab ta’limi 7 ta tilda: o’zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq,qirg’iz, turkman va tojik tillarida olib borilmoqda.Mamlakatimizda 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi. Siz, konferensiya qatnashchilarining ko’pchiligi ushbu bilim maskanlari bilan tanishar ekansiz, ular o’z me’moriy qiyofasi va texnik ta’minotiga ko’ra eng yaxshi oliy ta’lim muassasalaridan aslo qolishmasligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Kasb-hunar kollejlaridagi zamonaviy o’quv-laboratoriya,kompyuter va ishlab chiqarish asbob-uskunalari o’quvchilar uchun umumiy fanlar bo’yicha nafaqat to’liq bilimlar hajmini egallash, ayni vaqtda ushbu o’quv yurtlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish imkonini ham beradi.Ta’lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim muassasalari muhim o’rin egallamoqda.O’tgan davr mobaynida ularning soni ikki barobar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet va oliy o’quv yurtida 230 mingdan ziyod talaba ta’lim olmoqda.O’zbekistonda Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi yuksak xalqaro obro’-e’tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo’lgan Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallari tashkil etildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu oliy ta’lim muassasalarida mashinasozlik, neft-gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment,tijorat huquqi kabi mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda va biz uchun g’oyat muhim jihati shundaki,ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga ega bo’lmoqda.Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo’liga qadam qo’yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o’tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg’or texnologiyalarni egallagan insonlargina o’z oldimizga qo’ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o’zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz.Ta’lim tizimini tubdan isloh etish odamlarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashini o’zgartirish, ularning siyosiy va grajdanlik faolligini, o’z kelajagiga bo’lgan ishonchini oshirishning eng muhim omili va mustahkam asosiga aylandi, desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi. Eng muhimi shundaki,bizning yangi avlodimiz, bilimli, o’tmishning har qanday illatlaridan ozod bo’lgan yoshlarimiz bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish,uni yangilash va ishonchli tarzda ravnaq toptirishning hal qiluvchi harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda.Shu borada o’tgan davr mobaynida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni 2 million 300 mingdan ziyod o’g’il-qizlarimiz bitirib chiqqani, joriy yilda esa 500 mingdan ortiq o’quvchi o’rta toifadagi mutaxassis diplomini olib,o’qishni tamomlashini aytib o’tish kifoya. Bu yoshlar nafaqat iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikasiya qilishning, ayni vaqtda mamlakatimiz kadrlar tarkibini sifat jihatidan yangilashning qudratli omili hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” – Respublikamizda ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida. O’zbekistonda ham ta’lim islohotlarining qadriyatlari yo’nalishlari qaror topib bormoqda.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb belgilab qo’yilgan. 42-moddasida esa, “har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanishi; davlat jamiyatning madaniy, ilmiy, texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qilishi” ko’rsatilgan.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining4-moddasida bilim olish huquqi qadriyat sifatida quyidagicha ko’rsatib qo’yilgan:“Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiykelib chiqishi, xizmat turi, turar joyi, O’zbekiston Respublikasi hududida qancha yashaganidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi”. Bilim olish huquqi:

- davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;

- ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkiletish;

- ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o’qitish,

shuningdek, ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to’lov evaziga kasb-hunaro’rgatish;

-barcha ta’lim muassasalari bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o’quvyurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi;

-oilada yoki o’zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akreditatsiyadano’tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o’tish huquqiniberish orqali ta’minlanadi.

Boshqa davlatlarning fuqarolari O’zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilim olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega».Bundan tashqari, mazkur hujjatning 3-moddasida ko’rsatib berilgan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari ham o’zida muhim aksiologik yondashuvni aks ettiradi.

birinchidan, ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

ikkinchidan, ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

uchinchidan,umumiy o’rta,shuningdek,o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limining majburiyligi;

to’rtinchidan, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

beshinchidan, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

oltinchidan, davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olshning hammauchun ochiqligi;

ettinchidan,ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashganyondashuv;

sakkizinchidan, bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish;

to’qqizinchidan,ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish.1997yilda qabul

qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadining o’ziyoq, uning qadriyatli yondashuvga asoslanganligidan darak beradi: “Dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir”.Ta’limiy qadriyatlar yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olim SH.Mardonov“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da quyidagi ijtimoiy va shaxsiy xususiyatga ega ta’limiy qadriyatlarning mohiyati ochib berilganligini ta’kidlab o’tadi:Birinchidan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limning oliy qadriyati sifatida shaxs e’tirof etiladi. Mazkur qadriyat Milliy dasturning uzluksiz ta’lim,uning insonparvarlik va ijtimoiylashishga yo’nalishi ko’rsatmalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlashi kerak.Ikkinchidan, pedagogik jihatdan to’g’ri va samarali tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayoni talabada mustaqil ta’lim olish, o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini rivojlantirish layoqatlarini shakllantiradi. Bu jarayon bizning fikrimizcha, yangi ta’limiy qadriyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi”Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo’nalishlari.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda pedagogik fikrlar mazmuni bilan tanishish, ularda ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish asosida ularning quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha rivojlanganligiga guvoh bo’lish mumkin:

I. Pedagogika fani metodologik g’oyalarining takomillashuvi.

1 Totalitar tuzum davrida o’rganilishi ma’n etilgan milliy-pedagogik qarashlarning o’rganilishi va pedagogika faniga olib kirilishi.

2 Ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda etakchi o’rin tutuvchi g’oyalarning pedagogik qarashlarda o’z ifodasini topishi.

II. Pedagogik bilimlar ijtimoiy-g’oyaviy asoslarining boyishi.

1 Ta’lim mazmunida milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi asoslari, insonparvarlik va demokratik qarashlarning aks etishi.

2 Milliy-madaniy meros namunalaridan foydalanish,milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga erishish orqali yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash.

III. Shaxsni ijtimoiylashtirish.

1 Erkin, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, ijtimoiy faol shaxni shakllantirish.

2 Shaxsda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish.

3 Yosh avlodda ijtimoiy voqelikka ongli munosabatni qaror toptirish.

IV. Yangicha ta’limiy qarashlarning paydo bo’lishi.

1 Yuksak malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda tayanch o’rin tutuvchi uzluksiz ta’lim tizimining yo’lga qo’yilishi.

2 Ta’lim sohasida davlat va jamoatchilik boshqaruvining yo’lga qo’yilishi.

3 Ta’lim marketingi va ta’lim xizmatlari sohasining tashkil etilishi.

4 Ta’limning yangi didaktik parametrlarini aniqlash.

5 Yangi o’quv predmeti va o’quv kurslarini o’qitishning yo’lga qo’yilishi.

6 Hamkorlikda o’qitish va mustaqil ta’limning ommalashuvi.

7 Ta’lim olganlikni tashxis etishning yangi vositalari (reyting tizimi,monitoring)ning amaliyotga tatbiq etilishi.

V. Tarbiya jarayonida ijtimoiy jamoatchilik ta’sirining kuchayishi.

1 Tarbiya jarayonida oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligining rivojlanishi.

2 Tarbiya jarayonida nodavlat va notijorat tashkilotlar hamkorligining yo’lga qo’yilishi.

3Tarbiya jarayonida ommaviy axborot va multimedia vositalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish.

VI. Pedagog kadrlarni kasbiy jihatdan tayyorlashning yangi tizimigaasos solinishi.

1 Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishtizimining isloh etilishi.

2 Pedagog kadrlarni uzluksiz tarzda mahoratlarini oshirib borish tizimining amalga oshirilishi.

VII.Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilishi.

1 Pedagog kadrlarning rivojlangan xorijiy davlatlarda kasbiy malakalarining oshirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish.

2 Talabalarning o’zlarining tanlagan sohalari bo’yicha chet elda ta’lim olishlarini tashkil etish.

3Uzluksiz ta’lim tizimida xalqaro donor tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishning huquqiy asoslarining ishlab chiqilishi.

4 O’zaro tajriba almashinuv dasturlari doirasida ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi.

VIII. Maxsus pedagogika ilmiy asoslarining boyitilishi.

1 Anomal bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishda milliy va xorijiy tajriba uyg’unligiga erishish.

2 Inklyuziv ta’limning yo’lga qo’yilishi va “Ta’lim hamma uchun”dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash.

2. Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi bayoni. Yan Amos Komenskiyning pedagogik sistemasi.
Odamlar to’plagan turmush tajribasini yoshlarga o’rgatish, ularni g’ayotga, mehnat faoliyatiga tayyorlash ehtiyoji natijasida qadim zamonlardayoq ta‘lim va tarbiya mustaqil ijtimoiy faoliyat sifatida paydo bo’lgan.
Tarbiya haqidagi pedagogik fikrlar, qarashlar va ta‘limotlar qadimgi Sharq mamlakatlari – Xoldey, Vavilon (Bobil), Misr, Xindiston, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan. Shu boisdan eng qadimgi maktablar Sharq mamlakatlari, jumladan Xoldey, Vavilon, Misrda va Isroil shaharlarida ochilgan. Maktab ochishni misrliklardan greklar, greklardan rimliklaro’rganib olganlar.
Qadimgi Misr o’zining tarbiyaviy-axloqiy pandnomalari (quldorlar hayotiga doir xilma-xil maslahatlar, do’stlar bilan, xizmatkorlar bilan muomala qoidalari va hokazo) bilan mashhur bo’lgan va ularni koxinlar (kelajak haqida «karomat qiluvchi» kishilar, ruxoniylar) yaratganlar. Ular axloqning ibtidosi samoda deb qaraganlar hamda odamning buyuk maqsadini xudo bilan qo’shilib ketishda ko’rganlar, asosiy axloqiy majburiyatni firavinlar (Qadimgi Misr podsholarining an‘anaviy nomi) ga xizmat qilish va xudolarga hurmat bilan qarash deb bilganlar. Koxinlar kishilardagi «odobsizlik», «tarbiyasizlik» xudolarni lozim darajada e‘zozlamaslikdan paydo bo’ladi deb bilganlar.Demak, Qadimgi Misrda diniy va dunyoviy ma‘nodagi axloqiy-tarbiyaviy ta‘limotlar paydo bo’lgan.Eramizdan avvalgi II asrda qog’oz ilk bor Xitoyda kashf etildi va ishlab chiqilgan. Keyinchalik VII asrda Samarqanda qog’oz ishlab chiqarila boshlandi va Yevropa mamlakatlariga sotilgan. XVII asrda qog’oz ishlab chiqish Yevropa mamlakatlariga ham yoyilgan.1000 yildan buyon bo’lib kelayotgan qog’oz bosish Rossiya O’rta Osiyoni bosib olgandan keyin to’xtatilgan.
Sharq mamlakatlaridagi ilk tarbiya maktablarida xat-savod o’rgatish murakkab, og’ir ish hisoblangan. Ilm olish – nina bilan quduq qazish, deb bejiz aytilmagan. Shu boisdan mutafakkir olimlar o’qitishning yengilroq usullarini topish ustida bosh qotirganlar. Bu davrlarda yozuv, o’qish, hisob va din ilmlari yaratildi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida maktablarda qattiq intizom o’rnatilgan, bolalarga nisbatan jismoniy jazo qo’llangan.Markaziy Osiyoda falsafiy, axloqiy, ma‘rifiy tafakkurning ilk kurtaklari xalq og’zaki ijodida o’z aksini topgan. Ularda yozuv paydo bo’lgunga qadar va undan keyin ham xalq ruhi va ma‘naviy faolligi aks etgan. Sharqda, jumladan O’zbekiston hududida ta‘lim-tarbiyaga juda katta e‘tibor berilib, bolalarni kichik yoshdan ilmga qiziqtirish, axloqan pok, vijdonli, mehr oqibatli qilib voyaga yetkazish, el-yurtga nafi tegadigan farzand qilib o’stirish masalalariga ota-bobolarimiz jiddiy e‘tibor qilishgan.Sharq pedagoglari bolalarni o’qishga qiziqtirish uchun kitobdagi voqealarni qush va hayvonlar tilidan hikoya qilar edilar.
Masalan, «Qobusnoma», «Axloqi Muhsiniy», «Kalila va Dimna» kabi asarlar shular jumlasidandir.
VII- VIII asrlarda Markaziy Osiyoni arablar bosib olgach, islom dini asosidagi sifat jihatidan yangi tizimga ega bo’lgan ta‘lim-tarbiya muassasalari vujudga keldi.Arab tilini o’rganish joriy etildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish uchun maktablar, machit va madrasalar tashkil qilindi. Bu usulda o’qitish 1917 yil Oktyabr to’ntarilishidan keyin eski unsur sifatida qoralandi va yangi (jadid) usulidagi o’qitish tizimi (maktablar) yuzaga keldi.


Komenskiy o’zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi to’g’risidagi tushunchani ilgari suradi. «Buyuk didaktika»da o’qitish tabiiylikka bo’ysunishi, o’qitish tabiat talabiga bo’ysunishi kerak, deydi. Bolaning aqliy va jismoniy o’sish jarayoni tabiatdagi o’sish jarayoniga o’xshagan bo’ladi. Masalan, bog’bon daraxtlarni parvarish qiladi, uning o’sish xususiyatlarini hisobga oladi. Xuddi shunday o’qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo’ysinadi. O’qitish jarayoni tabiatga o’xshab sekinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik prinsipida kishini tabiatning bir bo’lagi deb qarashi (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat qonunlari uning o’sishiga ta’sir etadi deyishi o’z davrida ilg’or sanaladi. Lekin kishi ijtimoiy borliq bo’lib, ijtimoiy qonun ta’sirida o’sadi.Komenskiy, tarbiyachi boladagi iste’dodni o’stirishi kerak. Agar bola pedagogik ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o’sadi. Kishi dunyoga kelganda kishiga xos iste’dodga ega bo’ladi. Xuddi olmadagi urug’ga o’xshab ba’zida ko’proq, ba’zida kamroq bo’ladi.Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg’unlik masalasida hamma narsaning asosi 4 ta deydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, ya’ni; yer, suv, havo, yorug’lik. Dunyoning rivojlanishi ham 4 qismga bo’linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish. Insonning rivojlanishi ham 4 davrga bo’linadi; go’daklik, bolalik, o’smirlik, yetuklik. Shuningdek ta’lim jarayoni ham 4 ga bo’linadi; maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, o’rta ta’lim, oliy ta’lim.umumta’lim g’oyasi. Komenskiy yashagan davrda hammani o’qishga tortish shart emas, qobiliyatli kishigina o’qishi kerak, degan g’oya mavjud edi. Komenskiy esa o’qishga hammaning tortilishini, hamma o’z ona tilida umum boshlang’ich ta’lim olishi kerakligini uqtiradi. Umumta’lim to’g’risida gapirganda ayollarni ham hisobga oladi. O’sha davrda xotin-qizlar uchun o’qish juda katta muammo edi, shunga qaramay, u bu masalani ilgari surdi.Komenskiyning pedagogik nazariyasining yana bir qimmatli tomoni o’quvchilar bilim olish tushunchasiga ega. Oynani qanchalik chang bosgan bo’lsa ham, baribir kishi o’z aksini ko’rishi mumkin, albatta, toza oyna kishi aksini toza ko’rsatadi. O’qituvchining vazifasini oynadagi changni artib tashlash, ya’ni bilimni bola ongiga yetkazish, ani aqliy tomondan o’stirishdir, degan edi.Komenskiy o’z asarlarida tarbiyaning maqsadini ko’rsatadi. Tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iboratdir. Buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkin:

1.Aqliy tarbiya.

2.Axloqiy tarbiya.

3.Diniy tarbiya.

Bu maqsad bolaning tug’ilganidan to 24 yoshigacha amalga oshadi, bu davr ichida bola to’rt maktabni o’qib tugatishi, har birida 6 yil o’qishi kerak, deb hisoblaydi.
Komenskiyning bolani yosh davrlarga bo’lishi. Bunda u tabiiylik prinsipiga amal qilib, bola yoshini 4 davrga bo’ladi.

1.Tug’ilganidan 6 yoshgacha - ona maktabi. Bu davrda bolaning sezish organlarini o’stirishga, bolaning qabul qilishini, atrofdagi dunyo bilan tanishtirishga katta ahamiyat beradi. Bolani mehnatga o’rgatish, o’z-o’ziga xizmat qilishga jalb etish kerak. Ona boladagi axloqiy tarbiyaning asoslarini, to’g’rilik, haqqoniylik, mehnatni sevish va boshqalarni vujudga keltiradi. Ona maktabi bog’cha yoshidagi bola tarbiyasini ko’zda tutadi.

2.6-12 yoshgacha- xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda o’quvchi esda saqlashi, so’zlashga o’rganishi, yozish, boshlang’ich maktab ko’nikmasini hosil qilishi kerak bo’lib, buning uchun geometriya, geografiya, tabiiyot fanlarini o’rganishi lozim.

3.12-18 yoshgacha-gimnaziya. Bu o’quv yurtining vazifasi bola tushunchasini, tafakkur qobiliyatini o’stirishdan iborat bo’lib, unda klassik tillar, tabiiyot bilimlari, axloq, ilohiy fanlar o’qitilishi kerak.

4.18-24 yoshgacha - Universitet. Akademiya. Bu o’quv yurtlari o’quvchining irodasini, shaxsini bir butun o’stirishi kerak.

Shunday qilib, maktab Komenskiy qarashicha o’quvchilarni o’ylashga, harakatlantirishga, masalalarni amalda mustaqil yecha bilishga, o’quvchilarni so’zlashga, o’z fikrini to’g’ri ifoda qilishga va isbotlab berishga o’rgatishi kerak. Mehnat kishini ulug’laydi, deydi Komenskiy. Shuning uchun mehnatga ham yoshlikdan o’rgatish kerakligini ilgari suradi.

Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim-o’qitish, ya’ni didaktika katta o’rinni egallaydi. Bunda u tabiiylik usulini asos qilib oladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda bolaning yoshi, bilim darajasi, psixologik

xususiyatlari hisobga olinib, darsni tabiat borlig’iga moslab olib borish kerak, degan g’oya ilgari suriladi.Masalan: Qush o’ziga uya yasaydi, uya issiq va yumshoq bo’lishi kerak.Maktab ham xuddi shunday bo’lishi kerak.Komenskiy o’zining «Buyuk didaktika» asarida maktabda o’qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi.

Ko’rsatmalilik tamoyili;

Onglilik tamoyili;

Izchillik va tizimlilik tamoyili;
Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash tamoyillari.


Ko’rsatmalilik tamoyili - Komenskiy ko’rsatmalilik tamoyilini nazariy jihatdan isbotlab, mufassal bayon qilib berdi. U bu prinsipni faqat ko’rsatib o’qitish usuli tariqasidagina emas, balki barcha sezgi organlarini narsa va hodisalarni asosli va yaxshi o’zlashtirib olishga jalb etish vositasi tariqasida keng ma’noda to’g’ri tushunadi.Ko’rsatmalilikni o’qitishning «Oltin qoidasi» deb ataydi. Ko’rsatmalilik prinsipida: a) bolaga real narsalarni ko’rsatish, b) dunyoni rasmlar orqali tushuntirish, v) narsalar modelini ko’rsatish, g) o’qituvchining so’zi. Komenskiy

«Mir chuvstvenno’x vehyey v kartinkax», ya’ni «Dunyodagi narsalarning rasmlarda aks etishi» asarida o’qitilayotgan, o’rganilayotgan narsalarni ushlash, ko’rish, yeyish, hidlash kerakligini aytib, bu o’rganilayotgan materialni chuqur bo’lishga va esda uzoq vaqt saqlanishiga olib keladi, deydi.

Onglilik tamoyili. Komenskiy onglilik tamoyilini ilgari surar ekan, o’qitishda ma’no-mazmunini tushunmay, og’zaki yodlashga qarshi chiqadi. «Aql- idrok bilan yaxshi tushunib olingan narsadan boshqa hyech bir narsani zo’rlab yodlatmaslik lozim». O’quvchilar «O’rganilayotgan narsa kundalik hayotda qanday foyda yetkazishini o’qituvchi yordamida anglab olishlari kerak. Shu bilan hodisalarning sabablarini anglatmoq, har bir narsani to’la tushuntirib bo’lguncha, shu narsa ustida to’xtatmoq kerak» deb hisoblaydi.Komenskiy ta’limning tizimli bo’lishini talab qiladi. O’qitilayotgan material o’quvchilarga asosiy qodilar tariqasida lo’nda bayon qilinishi kerak. O’qitishda dalillardan xulosalarga, misollardan qonunlarga o’tish, dalillar va misollarni qoidalar tizimiga solib, umumlashtirib berish lozim, aks holda hodisalarning tizimsiz uyumi hosil bo’lib qoladi. Konkretdan abstraktga, osondan qiyinga, umumiydan xususiyga o’tish kerak; avval narsa, ya’ni hodisaga umumiy tushuncha berib, keyin uning turli tomonlarini ayrim-ayrim o’rganish kerakligini ko’rsatadi.

Izchillik tamoyilida — fan asoslarini izchil bayon qilish va sistemali tarzda o’rgatish talab etiladi. Izchillik tamoyilida, kun, oy, yilga vazifa qo’yish va uni amalga oshirish uchun intilish kerakligi aytiladi. Bunda aniq vaqtni belgilash, o’qishning bola yoshiga mos bo’lishi, material izchillik bilan o’rganilishi, ya’ni bugungi material ertagi bilan bog’lanishi va keyingi o’tiladigan materialga yo’l ochish kerak.

Komenskiy materialni mustahkam, asosli o’zlashtirib olishlariga katta ahamiyat berib, «mustahkam asos» vujudga keltirish, o’qitilayotgan narsalarni bir- biriga bog’lagan holda olib borish lozim, deydi. Har bir mavzu qisqa, aniq qoidalar asosida berilishi kerak. O’tilgan materialni mashq qildirish va takrorlatish o’quvchilarning materialni mustahkam o’zlashtirishiga olib keladi. Takrorlangan dars materiali esda yaxshi saqlanib qoladi. Ovoz chiqarib takrorlashning foydasi ko’pligini ko’rsatadi. Mashqlar o’rnida bir qancha qoidalarni belgilab, takrorlash yo’llarini aniqlab beradi. O’qitishda taqrib bilan tahlilni bir-biriga qo’shib olib borish kerakligini ko’rsatadi.

Komenskiy maktablarda mashq qilish bilan yozishni, nutqni mashq qilish bilan gapirishni, ashulani mashq qilish bilan ashula aytishni, xulosalar chiqarib berish yo’li bilan xulosalar chiqarishni va shu kabilarni o’rgansinlar, toki maktab ishi qizib turgan bamisoli bir ustaxona bo’lsin deydi. Shuningdek, u o’quvchilarning bilish qobiliyatini o’stirishga, bilimga bo’lgan ishtiyoqini kuchaytirishga va ilm ishiga bo’lgan g’ayratini oshirishga intildi.
Sinf - dars tizimi. Komenskiy o’qituvchi butun sinf bilan jamoa bo’lib ish olib borishini, ya’ni sinf — dars tizimida o’qitishni olib borishni tavsiya etdi. Komenskiy sinf — dars tizimini ishlab chiqadi. Dars vaqtida o’tgan darsni qaytarish, yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish kerakligini ko’rsatadi. Darsni rejalashtirish va olib borish to’g’risida ko’rsatmalar beradi. Har bir darsning o’z mavzusi va o’z vazifasi bo’lishini aytadi. O’qituvchi o’quvchilarning dars mashg’ulotlarida faol qatnashishlarini ta’minlashi, kuzatib borishi, sinfda intizom saqlanishi kerakligini uqtiradi. O’quv jarayonini tashkil qilishni haddat tashqari oshirib yuborib, o’qituvchi bir vaqtda 300 o’quvchi bilan dars olib borishi mumkin, deb hisobladi. O’qituvchi o’ziga yaxshi o’quvchini yordamchi qilib olishi mumkinligini aytadi.U maktabda o’quv yili va uni o’quv choraklariga bo’lish, ta’tillar berilishini kiritdi. O’quv kunini (ona tili maktabida 4 soat, lotin maktabida 6 soat) belgilab berdi. O’quvchilar maktabga bir vaqtda qabul qilinib, o’qish kuzda (sentyabrda) boshlanishi kerak, deb hisobladi.

Komenskiy darslik qanday bo’lishi to’g’risida qimmatli fikrlar aytib, o’z zamonasi uchun namunali bo’lgan bir necha darsliklar yozdi. O’zining nazariy fikrlarini darsliklarida amalga oshirdi. Darslikda o’quv materiali yetarlicha bo’lishi, qisqa, mazmunli, tushunarli, izchil berilishi kerak. Darslik oddiy, bolalarga tushunarli tilda yozilishi, rasmlarga boy bo’lishi kerak. Darslikdagi material muntazam tartib bilan joylashtirilishi, bolalarning yoshiga qarab ravshan bayon etilishi shart, deydi. Bu fikrlarni o’zining «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» va «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» kabi darsliklarida bayon etadi.

«Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» darsligini o’zining didaktik tamoyillariga amal qilgan holda tuzdi. Darslik turli sohalarda bolalar tushuna oladigan bilimlar bilan tanishtiradi.«Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari»ni boshlang’ich bilimlarning bolalar uchun yozilgan ensiklopediyasi deyish mumkin. 150 ta suratlar bilan berilgan qisqa maqolada tabiat haqida (olam, geografiyaga

doir, o’simliklar, hayvonlar, inson tanasi haqida), odamning faoliyati haqida (kasb- hunar, qishloq xo’jaligi, madaniyat), ijtimoiy hayot haqida (davlat boshqarmalari, sud haqida) ma’lumotlar beradi. Bu kitob ko’p tillarga tarjima qilindi, boshlang’ich ta’lim uchun 150 yildan ko’proq yaxshi darslik sifatida xizmat qiladi.

Axloqiy tarbiya. Intizom. Komenskiy yoshligidan boshlab bolada axloq va odob hosil qilish kerakligini aytadi. Mardlik, o’zini tuta bilish, chidamlilik, vaqt va vaziyat talab qilganida foyda yetkazishga tayyor bo’lib turish, burchni ado qilish kabi xislatlar fazilatdir. Shu asosiy fazilatlardan tashqari kamtarlik, mo’min- qobillik, kishilarga xayrixohlik, pokizalik, puxtalik, xushmuomalalik, kattalarni hurmatlash, mehnatsevarlik xislatlarni tarbiyalashni ham muhim vazifa, deb hisoblaydi.

U quyidagilarni axloqiy tarbiya vositalari deb biladi: a) ota-ona, o’qituvchi, o’rtoqlarining namunasi; b) bolalarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ular bilan suhbatlar o’tkazish; v) bolalarni yaxshi xulqqa o’rgatishda mashqlar o’tkazish, yalqovlik, o’ylamay ish qilishga, intizomsizlikka qarshi kurashish.Komenskiy intizomning katta ahamiyati borligini ko’rsatib, «Intizomsiz maktab bamisoli suvsiz tegirmondir» degan chex maqolini keltiradi. O’rta asr maktablarida kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga u qarshi chiqadi. Bolalarga insoniy muomalada bo’lishni tavsiya etadi. Intizom: o’qituvchining namuna ko’rsatishi, samimiy, ochiq xayrixohligi, o’qituvchining bolaga bo’lgan to’g’ri munosabati (agar u bolani sevsa, uning yaxshi bo’lishini istasa, darsi mazmunli bo’lsa, tushuntira olsa intizomlilik vujudga keladi), bolani ko’pchilik oldida, o’rtoqlari o’rtasida oqilona maqtash yoki qoralash intizomlilikka olib keladi, deydi.
O’qituvchining o’rni va unga qo’yiladigan talablar. Komenskiy o’z davrida iste’dodsiz, ma’lumotsiz o’qituvchilarni qattiq tanqid etdi. O’qituvchilikni
«yer yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» deb hisobladi. Bu o’qituvchiga nisbatan yangi ilg’or qarash edi, chunki o’sha davrda o’qituvchilik kasbiga hurmat bilan qaralmas edi. Komenskiy aholining o’qituvchiga hurmat bilan qarashini talab etishi bilan o’qituvchining o’zi

jamiyatda muhim vazifani bajarayotganini tushunib olishi va o’z qadr-qimmatini yaxshi bilib olishi lozimligini uqtiradi. O’qituvchi sof vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli bo’lishi, o’z ishini sevishi, o’quvchilarga otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug’dirishi lozim. «O’zi» namuna ko’rsatib, o’quvchilarni o’ziga ergashtirishi o’qituvchining birinchi vazifasidir, degan edi.

Shunday qilib, taniqli slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy butun dunyoda pedagogika ilmiga asos solib, maktab taraqqiyotiga, pedagogik ilmiga katta ta’sir ko’rsatdi. Uni ko’p G’arbiy Yevropa mamlakatlari maktab ishini yaxshilash maqsadida taklif etdilar. Uning darsliklari ko’p tillarga, jumladan o’zbek tiliga ham tarjima etildi. 150 yildan ortiq vaqt davomida uning yozgan asarlari boshlang’ich ta’lim uchun darslik sifatida xizmat qildi. Mashhur nemis olimi Leybnis qayd qilib o’tganidek, falsafani taraqqiy ettirishda Kopernik qanday rol o’ynagan bo’lsa, pedagogikani taraqqiy ettirishda Komenskiy ham shunday rol o’ynadi.

Komenskiyning pedagogikasi ilmiy pedagogik bo’lib, jahon madaniyatiga qo’shilgan katta hissadir. Uning qarashlari hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.

3. Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g‘oyalari. K.D.Ushinskiyning pedagogik nazariyasi va didaktik ta’limoti.
K.D.Ushinskiy  chet  el  maktablarida  olib  borilayotgan  ta’limtarbiyani  o’rganib, o’zining “Boshlangich  ta’lim  metodikasi”  asarini  yozdi.  Unda  boshlangich  maktabdagi  ta’limmazmunini  asoslab  berish  bilan birga  uning qoida,qonun,tartib,metod va vositalarini  ishlab  chiqarish  didaktika  faniga katta hissa qo’shdi.U eng avval o’qitishni bolalar mehnati bilan bog’lashni tavsiya qildi. Uning  fikricha  har  bir  fanni o’qitishda   tarbiyalanuvchining   yoshi  va  kuchiga  loyiq  bo’lib,  aqliy  mehnatdan  dam olish   uchun  jismoniy  mehnat  bilan shug’ullanish zarurligini   ta’kidlaydi. Tarbiyaning  xalqchilligi  haqidagi  g’oya  Ushinskiyning pedagogik  nazariyasidagi eng asosiy  g’oyadir. U  ta’limtarbiya  ishlarida  tarbiya  asos va  hal  qiluvchi  ahamiyatga ega ekanligini,tarbiyaning ta’limni ham o’ziga buysindirishini,lekin  uning  o’ziga xos mohiyatini yo’qqa  chiqarmasligini ta’kidlaydi.Ushinskiy o’qitish jarayonida ta’limning kurgazmalilik,  onglilik, puxtalilik, bolalarkuchiga mosligi va izchilligi printsiplarini foydalandi.  Umuman  Ushinskiy  tarbiyaning  xalqchilligi  g’oyasini  tarbiya nazariyasiga asos qiliboldi, boshlangich  ta’lim asoslarini  va  metodikasini  ishlab  chiqdi bu  uning  pedagogikani  rivojlantirishdagi katta xizmatlaridandur. 

 Rus  xalqining    ulug’  yozuvchisi,olimi, sharqshunos,pedagog  LevNikolaevichTolstoy   Yasnaya Polyanada qishlog’ida tavallud topgan. Tolstoy   Yasnaya  Polyanad dehkon  bolalarni  o’qitish  bilan  pedagogik  faoliyatini  boshlaganlar. Tolstoy  o’ziningdidaktik  qarashlari  va darslik  kitoblariga  qo’ygan talablariga asoslanib,“O’qish  kitobini” tuzdi.Keyinchalik  u  kitob ikki  marta qayta ishlanib,  “Yangi o’qish  kitobi”  nomi  bilan  nashr  etildi. Tolstoy “O’qish  kitobi”  va  “arifmetika”  darsligini   ham yozgan. Yuksak  badiiylik,ifodalik,qisqalik,soddalik  va materialning  bolalarga  tushunarliligi  va  jozibaliligi  muhim belgilardan biridir.Tolstoy XIX asr boshida tarbiya bolaning  shaxsiga zulm  qilishdan  iborat,shuninguchun  tarbiyada  xatoga  yo’l  qo’yish  kerak emas,faqat  kattalarning  bolaga  bilim berishlarigina  kifoya  qiladi,degandi.Bu fikrningxatoligini keyinchalik Tolstoyning o’zi  ham pedagogik faoliyati ham isbotladi.Haqiqatda,Tolstoy umuman  tarbiyaga  qarshibo’lmay, balki o’sha davrdagi maktablarda olib boriladigan tarbiyaga qarshi edi. Tolstoy   maktablar  uchun birnecha fanni  tavsiya  etgan, ammo  ularning  hajmi,o’qitish  uchun ajratilgan  vaqt o’quvchilarga bog’liq  bo’lishi kerak degan edi. U ta’limning  onglilik,  puxta   o’zlashtirish,ko’rgazmalilik,hayot  bilan  bog’liqligi  prinsiplarini  qayd qilgan  va amaliyotda   qo’llagan.Tolstoy o’qituvchi  arifmetika, grammatika va imloni yuzaki, mexanik  ravishda  o’rgatish bilan cheklanadigan maktabni quruq befoyda  narsa deb hisoblagan.U ta’lim bilan tarbiya ajralmas  bir narsadirdeb  uqtirgan.Tolstoy  fikricha, o’qituvchi  o’quvchilar   miyasini  ko’p  charchatmasligi,har bir  darsnio’zlashtirish o’quvchining qo’lidan keladigan bo’lishi kerak. Umuman  Tolstoy  didaktik  fikrlarida  ayrim  ziddiyatlarr  mavjud bo’lsada  o’qituvilar va o’zidan keyingi  avlodlar uchun didaktik qoidalarga asoslangan darsliklar va metodikqo’llanmalarni meros qoldirdi. 



Anton SemyanovichMakarenko  Xarikov  guberniyasining  Belopolie  shahrida temir yo’ ustaxanosining bo’yoqchilik sexi ustasi oilasida dunyoga  keldi. U  Kremenchug  shahridagimaktabni va pedagogika  kursini  tamomlagandan keyin Kryukovodagi ikki yillik temir yo’ maktabida xalq o’qituvchisi  bo’lib ishladi. Poltava  guberniyasining   xalq  maorifi  bo’limiA.S.Makarenkoga  Poltava  yaqinidagi  balog’atga  etmagan qonunbuzar  bolalar,yosh  jinoyatchilar uchun  koloniya  tashkil etish va unga rahbarlik  qilishni  topshirdi.U yernamunali tarbiya  muassasasiGorkiy  nomidagi  Mehnat   koloniyasini vujudga keltirdi.O’sha  Gorkiy nomidagi  koloniya kurajga ko’chirildi,erda qarovsiz bolalar bor edi. U erdagi bolalarni hamintizomga, uyushqoqlikka,mehnatsevarlikka o’rgatdi.Keyinchalik  F.E.Djerjinskiy nomidagimehnat  koloniyasiga rahbarlik qildi. Kommunada mehnat tarbiyasining yangi metodlaridan foydalandi.Har bir ottryadning komandiri bo’lgan. A.S.makarenko  “Pedagogik  poema”sinivaoila tarbiyasi masalalari   yoritilgan    baddiy  pedagogik  asar “Otaonalar  kitobini” nashrettirdi.Makarenko  pedagogik  faoliyatida    tarbiyasi  buzilgan  insonni  qayta  tarbiyalash  g’oyasini   nazariya  va  amaliy jihatdan  asoslab berdi. “Ta’limtarbiya tajribasidan ba’zi birxulosalar” asarida  jamoalarning  tarbiyaviyta’sirini  kuchaytirishda  tarbiyachi,o’qituvchi  hamda bolalar  jamoasini birbirlariga yaqinlashtirish, o’qituvchilar va bolalar jamoalari bittajamoa,yoki ta’limtarbiya jamoasibo’lishi zarurligini  alohida ta’kidladi.U Kommunadagi   bolalarni  hayron  qoladigan darajada  ijodkar,  talabchang,intizomli qilib etishtirdi.Makarenkoning ta’limoticha bunga buyruq berish bilan erishib bo’lmaydiA.S.Makarenko  tashkil   qilgan  Kommuna  va kolorniyalarda bolalarni mehnatga  muhabbat  ruhida tarbiyalashning birdanbir  omili   bolalar jamoasi ekanligini isbotladi.A.S.Makarenko  barkamol  insonni   tarbiyalashda  oila va  uning  tutgan o’rniga alohidae’tibor  berib “Otaonalarga  bolalar  tarbiyasi  haqida  leksiyalar” asarini  yaratgan. U yoshlarga  murojaat qilib “otangni  ham  onangni ham  izzat hurmat qil, rohat ko’rasan va er  yuzida umring   uzoq bo’ladi”degan. 

Umuman  A.S.Makarenko  pedagogika  fani  taraqqiyotida o’zining  qimmatli mehnati bilanqayta  tarbiyalash  nazariyasini yaratib, g’oyat katta  hissa   qo’shdi. 

 

2- Topshiriq

Testlarni yeching

1. Ta’lim tizimi bu ….

A)Ta’lim tizimi bu muayyan bir mamlakatning ichki va tashqi taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatuvchi, ma’lum qonun qoidalar asosida tuzilgan barcha ta’lim tarbiya muassasalarining majmuyiga aytiladi.

B) Ta’lim tizimi bu o’quvchilarning bilish faoliyati

V) Ta’lim tizimi bu dars jarayoni.

2. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?

A) 1996yil 25 avgust

B) 1997yil 29 avgust

V)1997 yil 28 avgust

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul qilingan)

A) 1996yil 25 avgust

B) 1997yil 28 avgust

V)1997 yil 29 avgust

4. O’zbekiston Respublikasida ta’lim necha turda amalga oshiriladi.

A) 6 turda

B) 7 turda

V)8 turda

5. Umumiy o’rta ta’lim techi turga bo’linadi?

A) 2

B) 3

V) 4

3- Topshiriq
Bir soatlik dars ishlanmasi tayyarlang

I. Dars mavzusi: Undosh tovushlar va harflar.

II. Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: mavzuni to’la yoritgan holda o’quvchilarda undosh tovushlar va harflar to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish; b) tarbiyaviy maqsad: dars o’tish jarayonida o’quvchilarda odob-axloq, vatanparvarlik, ona tabiatga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini uyg’otish; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni yozma va og’zaki nutqini o’stirish, imlo savodxonligini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish, erkin va mustaqil fikrlashiga imkon yaratish.

III. Asosiy tushuncha va atamalar: harf, tovush, undosh tovush.

IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: Bilimlar: - o’zbek tilida nechta undosh tovush borligini bilish; - o’zbek tilida nechta undosh harf borligini bilish. Ko’nikma va malakalar: -“tovush” va “harf “ tushunchalarini bir-biridan farqlay olish; - undosh tovushlarni yoza olish; - harf birikmalarini ajrata olish.

V. Darsda qo’llaniladigan metodlar: “harflarni o’zgartirib so’z tuzing” o’yini. VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot

VI. Dars usuli: noan’anaviy, yangi pedagogik texnologiya asosida

VII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 1-sinf ona tili darsligi, yong’oq, karam, kartoshka, turp, piyoz, sholg’om singari sabzavotlarning kattalashtirilgan rasmlari, bosma va yozma harflar jadvali va hokazo.

VIII. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, fasllar haqida suhbat. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Unli tovushlar va harflar. Takrorlash yuzasidan savollar: 1. Unli tovushlar qaysilar? 2. Ular qanday talaffuz qilinadi? 3. Unli tovushni ifodalovchi harflar nechta?

IX. Yangi mavzu bayoni. a) o’quvchilarda undosh tovush va harf nima ekanligi to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish uchun undosh tovushlar va harflarning ta’rifini keltirish; O’pkadan chiqayotgan havo og’iz boshlig’ida to’siqqa uchrashidan hosil bo’ladigan tovushlar undosh tovushlar deyiladi. b) “tovush” va “harf” tushunchalarining bir-biridan farqini ajratish; c) kitobda berilgan topishmoqlar va matnlar orqali harf va harf birikmalarini ajratish; d) 28-mashq ni og’zaki tahlil qilish;

X. Mustahkamlash uchun metodlar: “Harflarni o’zgartirib, so’z tuzing!” o’yini. Bunda xattaxtaga so’zlar qator qilib yozib qo’yildi. O’quvchilar 2 guruhga bo’linadilar. Undosh harflarni o’zgartirib, yangi so’zlar tuzishlari kerak bo’ladi. Masalan: moy toy choy til bil dil bor tor qor alam qalam dalam soy qil xor ayiq qayiq asal kasal masal barmoq qarmoq tarmoq barcha parcha darcha bog’ tog’ dog’ cho’g’ bosh qosh tosh kam nam g’am kam tuz muz kuz buz nog’ora zog’ora sariq tariq zahar sahar shahar tovoq qovoq tovus tovush

XI Uyga vazifa: Takrorlash
Download 44.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling