Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fanidan
Download 12.74 Kb.
|
Fan haqida malumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad
- Fanning vazifalari
Kirish Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fanidan tuzilgan dastur boshlang‘ich ta`lim pedagogikasi sohasidagi dolzarb muammolar, o‘quv, tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyani kiritish vosita va usullaridan foydalanish, boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fanini o‘qitishdan ko‘zga tutilgan asosiy maqsad va vazifalar, predmeti, obyekti, tatbiq qilinadigan sohalari, innovatsion pedagogika tushunchasi, o‘qituvchiining innovatsion faoliyati, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning tatbiqiy asoslari, o‘quvchilar yosh xususiyatini hisobga olish, integratsiyali o‘qitish printsiplari, boshlang‘ich ta’limdagi fanlar integratsiya qilish texnologiyasini tahlil qila olish haqidagi mavzular, baklavr talabalar uchun ma`ruza, amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Fanning maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad: talabalarni boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fanining metodologiyasi, ta’lim muassasalarida ta`lim va ma`naviy-ma`rifiy ishlarni samarali tashkil qilish, zamonaviy darslarni tashkil etishning integratsiyalashuvi, pedagogik innovatsiyaning predmeti, ilmiy bilim sohasidagi yangi rivojlanish, tashkil etish va mazmunini boyitish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iborat. Fanning vazifalari: zamonaviy sharoitlarda o‘rgatiladigan pedagogika fanlari rivojining asosiy qonuniyatlari haqida; kasbiy faoliyatda tayanch ahamiyat kasb etuvchi fan tarmog‘i, ta`lim va tarbiya nazariyasi; ta`lim texnologiyasi; tarbiya nazariyasi mazmuni, printsiplari, tarbiya shakllari, tarbiya texnologiyasi; umummilliy tushuncha, ta`lim va tarbiyani integratsiyalash o‘qitish orqali sinflarga ajratish; o‘qitish va tarbiyani integratsiyalash; zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘quv faoliyatini faollashtirish metodlari; ta`lim va tarbiyaning psixologik-pedagogik printsiplarini o‘rgatishdan iborat. Download 12.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling