Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fanidan


Download 12.74 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi12.74 Kb.
#1748395
Bog'liq
Fan haqida malumot


Kirish
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fanidan
tuzilgan dastur boshlang‘ich ta`lim pedagogikasi sohasidagi dolzarb muammolar,
o‘quv, tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyani kiritish vosita va
usullaridan foydalanish, boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va
integratsiyasi fanini o‘qitishdan ko‘zga tutilgan asosiy maqsad va vazifalar,
predmeti, obyekti, tatbiq qilinadigan sohalari, innovatsion pedagogika
tushunchasi, o‘qituvchiining innovatsion faoliyati, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni
tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning tatbiqiy
asoslari, o‘quvchilar yosh xususiyatini hisobga olish, integratsiyali o‘qitish
printsiplari, boshlang‘ich ta’limdagi fanlar integratsiya qilish texnologiyasini
tahlil qila olish haqidagi mavzular, baklavr talabalar uchun ma`ruza, amaliy
mashg‘ulotlarni o‘z ichiga qamrab olgan.
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad: talabalarni boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi,
innovatsiya va integratsiyasi fanining metodologiyasi, ta’lim muassasalarida ta`lim
va ma`naviy-ma`rifiy ishlarni samarali tashkil qilish, zamonaviy darslarni tashkil
etishning integratsiyalashuvi, pedagogik innovatsiyaning predmeti, ilmiy bilim
sohasidagi yangi rivojlanish, tashkil etish va mazmunini boyitish uchun zarur
bo‘lgan ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iborat.
Fanning vazifalari: zamonaviy sharoitlarda o‘rgatiladigan pedagogika
fanlari rivojining asosiy qonuniyatlari haqida; kasbiy faoliyatda tayanch ahamiyat
kasb etuvchi fan tarmog‘i, ta`lim va tarbiya nazariyasi; ta`lim texnologiyasi;
tarbiya nazariyasi mazmuni, printsiplari, tarbiya shakllari, tarbiya texnologiyasi;
umummilliy tushuncha, ta`lim va tarbiyani integratsiyalash o‘qitish orqali
sinflarga ajratish; o‘qitish va tarbiyani integratsiyalash; zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, o‘quv faoliyatini faollashtirish metodlari; ta`lim va tarbiyaning
psixologik-pedagogik printsiplarini o‘rgatishdan iborat.
Download 12.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling