Boshlang`ich ta`lim


Harakat tarzi kategoriyasi


Download 160.97 Kb.
bet10/22
Sana18.06.2023
Hajmi160.97 Kb.
#1581551
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Saidmurodova Shagʻzoda Qamariddin qizi

Harakat tarzi kategoriyasi
Harakat tarzi kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot. Formal o’zbek tilshunosligida harakat tarzi shakllari morfologik kategoriya sifatida qaralmas va bu hodisaga nisbatan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi, ko’makchi fe’l atamalari qo’llanar edi. Xo’sh, harakat tarzi shakllari, harakat tarzi kategoriyasi atamalarining qabul qilinishiga sabab nima?
Birinchidan, harakatning tarzi faqat ko’makchi fe’l bilangina emas, [ravishdosh shakliQko’makchi fe’l] morfologik qolipi hosilasi asosida yuzaga chiqadi. Ko’makchi fe’l ushbu shaklning bir qismi, xolos. Shu boisdan ilmiy tadqiqot, darslik va grammatikalarda ko’makchi fe’l ma’nosi haqida so’z ketganda, uning ravishdosh shakli yordamida yuzaga chiqishi ta’kidlanadi.
Ikkinchidan, ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi atamasidagi qo’shilma unsuri so’z birikmasidan teng munosabatlilik belgisi asosida farqlanuvchi so’z qo’shilmasi (olma va anor, kitob va daftar, gulu lola) sintaktik hodisasi bilan nisbiy omonimlik kasb etadi. Holbuki, harakat tarzi sintaktik emas, balki morfologik hodisa.
Uchinchidan, harakat tarzi shakllari morfologik kategoriyaga berilgan ta’rifga «sig’adi».
Tilda ikki tur qolip ajratiladi:

  1. derivatsion qolip;

  2. sintaktaktik qolip.

Biroq tekshirishlarda [ravishdosh shakliQko’makchi fe’lqharakat tarzi] qoliplari e’tibordan chetda qoldiriladi. Ma’lumki, [ravishdosh shakliQfe’l] qolipi orqali fe’lli birikishlar ham yuzaga keladi va bu qolip ko’plab nutqiy hosilani birlashtiradi. Mazkur so’z birikmalariga shakldosh turuvchi va umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan harakat tarzi shakli qolipi ham lisoniy morfologik qolip sifatida ajratilishi mumkin. Masalan, o’qiy oladi, borib ko’r va topa qol misollaridagi farqlar e’tibordan soqit qilinganda, lisoniy morfologik umumiylik sifatida [ravishdosh shakliQko’makchi fe’l] qolipi tiklanadi. Bunda lisoniy morfologik qolip o’zining shakliy va mazmuniy tomoniga ham ega bo’lib, [ravishdosh shakliQko’makchi fe’lqharakat tarzi] qolipining chap qismi uning shakliy tomonini tashkil etsa, o’ng qismi esa uning mazmuniy tomoni.
[ravishdosh shakliQko’makchi fe’l] qolipi barcha harakat tarzi shakllari uchun yagona lisoniy morfologik qolip bo’lsa-da, ichki bo’linishlarda esa kichik qoliplarga ajraladi:
1) birikish doirasi tor harakat tarzi shakllari: [-aG’yQbor], [-(i)bQbit (bitir)], [-(i)bQet], [-aG’yQket], [-(i)bQo’l], [-aG’yQko’r], [-(i)bQboq], [-(i)bQboshla], [(i)bQur], [-aG’yQtur], [-(i)bQtuga];
2) birikish doirasi keng harakat tarzi shakllari: [-aG’yQboshla], [-(i)bQyot], [-(i)bQtur], [-(i)bQyur], [-(i)bQo’tir], [-(i)bQbor], [-(i)bQkel], [-(i)bQbo’l], [-(i)bQchiq], [-(i)bQo’t], [-aG’yQol], [-(i)bQol], [-(i)bQber], [-(i)bQqol], [-aG’yQqol], [-(i)bQqo’y], [-(i)bQket], [-(i)bQyubor], [-(i)bQtashla], [-(i)bQsol], [-aG’yQsol], [-(i)bQtush], [-(i)bQko’r], [-(i)bQqara], [-aG’yQbil], [-aQyoz], [-aG’yQber].
Endi esa o’zi birikuvchi fe’l leksemalarga qo’shilib, soddalashish holatidagi harakat tarzi shakllarini kuzatamiz:
1) qo’shimchalashayotgan harakat tarzi shakllari: [-aG’yQber], [-aQyoz], [-aG’yQol], [-(i)bQyubor];
2) qo’shimchalashgan harakat tarzi shakli: [-aG’yQyot]. Shuningdek, nutqda etakchi fe’llarga ravishdosh shakllarisiz juftlashgan holatda birikuvchi ko’makchi fe’llar soni 6 ta bo’lib, ular quyidagilar: [ol], [ber], [qol], [qo’y], [ket], [tashla]. Nutqda (yozdi-oldi), (aytdi-qo’ydi) juftlashuvchi shakllari bilan birgalikda tashladi-vordi kabi ko’makchi fe’l ham uchrab turadi. Bunday misollar, asosan, so’zlashuv uslubiga xos.
Harakat tarzi kategoriyasining ichki bo’linishlari. Harakat tarzi shakllarining UGMsini ochishda, kategorial xususiyati va paradigmatik munosabatini oydinlashtirishga ularning tarkibli, ya’ni [qo’shimchaQfe’l leksema] tuzilishga ega ekanligi ham ma’lum darajada monelik qilishi tabiiy. Chunki bunda masalani murakkablashtiruvchi bir necha holat mavjud:
1) shaklda uni o’ziga biriktirayotgan leksemaning ham, ravishdosh shaklining ham, shuningdek, ko’makchi fe’lning ma’nolari ham qorishgan holda voqelanib, umumiy tarz ma’nosining ko’rinishini murakkablashtirishi;
2) harakat tarzi shaklini hosil qilishda ishtirok etayotgan ko’makchi fe’llar ma’nolarining mustaqil qo’llanishidagi lug’aviy ma’nolari bilan aloqasining mavjudligi va bu aloqaning turli daraja va ko’rinishda ekanligi;
3) ravishdosh ko’rsatkichining ham, ko’makchi fe’lning ham ma’noviy murakkabligi, serqirra mohiyatliligi harakat tarzi shaklining ham ko’p ma’noliligini keltirib chiqarishi va shaklni ayni bir ma’no ifodalovchi vosita sifatida muayyan paradigmaga kiritish imkoniyatining cheklanganligi.
Ma’lum bo’ladiki, harakat tarzi shakllari garchi “tarz” umumiy grammatik ma’nosi ostida birlashsa-da, ularni boshqa grammatik kategoriyalarda bo’lgani kabi, shakllardan kelib chiqqan holda paradigmatik tahlil qilish imkoni cheklangan. Shu boisdan harakat tarzi shakllari paradigmasi lisoniy tizim sifatida tahlilga tortilar ekan, “xususiylikdan umumiylikka” yo’nalishida emas, balki “umumiylikdan xususiylikka” tamoyili asosida ish ko’rmoq lozim bo’ladi.
Harakat tarzi shakllarining XGMlari ham bevosita nutq bilan bog’liq bo’lib, ular faqat nutqiy hosilalardagina o’zining XGMlarini yuzaga chiqaradi. Harakat tarzi shakllarining UGMsi esa bevosita kuzatishda berilmagan bo’lib, tayyorlik, umumiylik, majburiylik, barqarorlik kabi xususiyatga ega. Harakat tarzi shakllarining UGMsi xususiyliklarning umumiy xossalari sifatida mazkur xususiyliklarda yashaydi va ular orqaligina nutqda reallashadi.
Harakat tarzi shakllarining xususiylashuvi umumiy grammatik ma’noning muayyan xossalari asosida shakllanadi. Har qanday hodisa ko’plab mohiyatlar zarrasidan iborat bo’lganligi sababli, nutqda qo’llanilgan muayyan so’zshaklda turli UGMning XGMsi sifatida yuzaga chiqqan zarralar mavjud bo’lib, ular nutqiy alohidalik sifatida so’zshakllarda shunday zich birlashganki, ko’p holda ularni bir-biridan ajratish qiyin.
Miqdoran ellikdan ortiq shaklni o’z ichiga qamrab olgan harakat tarzi shakllari, aytilganidek, “tarz” umumiy grammatik ma’nosi ostida birlashadi. Bu umumiylik muayyan nutqiy qo’llanishgacha bir necha oraliq bosqichni bosib o’tadi. Birinchi bo’linishi ikki a’zoli bo’ladi:
a)“jarayonlilik”;
b)“qobiliyat”.
Ikkinchi bo’linish – oraliqlanishda “jarayonlilik” oraliq ma’nosi:
a)“ish-harakatning boshlanishi”;
b)“ish-harakatning davomiyligi”;
v)“ish-harakatning tugallanganligi” oraliqlanishlariga ega bo’ladi. “Qobiliyat” oraliq ma’nosi:
a)“qodirlik”;
b)“sinash” parchalariga bo’linadi.
O’z navbatida ikkinchi oraliq ma’nolar yana parchalanadi.
Ma’lumki, o’zbek tilida shu kungacha eng katta morfologik paradigma sanalgan zamon kategoriyasi 18 a’zodan iborat. Hajman undan-da katta bo’lgan, qariyb 50 ga yaqin a’zoni o’z ichiga olgan harakat tarzi shakllari paradigmasini “tarz” umumiy grammatik ma’nosi ostida birlashtirish mumkin.
Harakat tarzi kategoriyasi fe’l tasniflovchi kategoriyalari sirasida nisbat va bo’lishli-bo’lishsizlikdan keyin joylashadi. Chunki fe’lning bu kategoriyaga munosabati doimiy emas. Aniqrog’i, barcha fe’llarda tarz ma’nosidan biri voqelanishi shart emas.


Download 160.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling