Boshlangʻich taʻlim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosligi


Download 0.62 Mb.
bet5/6
Sana15.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1479761
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QAHRAMONOVA NARGIZA TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI KURS ISHI 2 2 2

1.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosligi.
Shaxs hayoti bevosita jamiyatda, unda istiqomat qiladigan kishilar orasida kechadi. Jamiyat a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo aloqalarning samarali kechishi kechirishi bevosita shaxsning ijtimoiy munosabatlar mazmuniga bog‘liq. Ijtimoiy munosabatlar mazmuni esa o‘z navbatida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning aniqlanganligi, jamiyat tomonidan qay darajada tan olinganligi hamda amaliy faoliyatda ularga rioya etilayotganligi bilan belgilanadi. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim olayotgan o‘quvchilari ijtimoiy va huquqiy me’yorlar, ularning mazmuni to‘g‘risidagi dastlabki eng oddiy tushunchalarni oila hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘zlashtiradilar. Biroq, boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilar hayotida o‘ziga xos davr sanaladi. Bola o‘zining jismoniyva ruhiy kamolotiga ko‘ra ta’lim olishga to‘la tayyor bo‘ladi. Asosiy hayot tarzi sifatida o‘yin faoliyati o‘rnini o‘qish faoliyati egallaydi. O‘qish faoliyati o‘quvchilarning ruhiy jihatdan yanada takomillashishlariga, xarakter xususiyatlarining shakllanishiga kuchli ta’sir etadi. Bilim olish va atrof-muhitni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kuchayadi. Mazkur hodisalarning barchasi o‘quvchilarga ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini yetarli darajada anglashlariga yordam beradi. Bilishga nisbatan ham hissiy yondashish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois ularni ijtimoiy va huquqiy me’yorlar bilan tanishtirishda berilayotgan ma’lumotlarni qiziqarli tarzda bayon etish, imkon qadar hayotiy misollar yordamida obrazli talqin qilish ijobiy natijalarga qo‘lga kirishga yordam beradi. His-tuyg‘ularini ifodalashga qo‘zg‘aluvchanlik xosligi, shu bilan birga tengdoshlariga taqlid qilishning kuchliligi bois ijtimoiy hamda huquqiy me’yorlarga amal qilish yoki amal qilmaslik holatlarini ular xatti-harakatlari, xulq-atvori, odatlariga misolida yoritish orqali tasavvurlarining yetarli bo‘lishi erishish imkoniyati yuzaga keladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini tarbiyalash o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning muhim tarkibiy qismidir. O‘quv ishlari tarkibida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning o‘rganilishi majburiylik kasb etadi. Bu majburiylik 1-4-sinflarda o‘quv fani sifatida “Konstitutsiya alifbosi” predmetini o‘qitish yo‘lga qo‘yilganligi bilan izohlanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan “O‘qish”, “Odobnoma” va “Atrofimizdagi olam” kabi o‘quv fanlari negizida ham o‘quvchilar ijtimoiyme’yorlar, qisman esa huquqiy me’yorlar mohiyati bilan tanishib boradilar. Ta’lim muassasasida tashkil etiladigan pedagogik jarayonning muhim tarkibiy yo‘nalishi bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar “xilma-xil faoliyat turlari majmuidan iborat bo‘ladi va bolaga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda keng imkoniyatlarga ega” . Ma’lumki, ma’naviy-ma’rifiy ishlar ijtimoiy dolzarblik kasb etayotgan, pedagogik ahamiyatli masalalar, o‘quvchilarning qiziqishlari, ta’lim pedagogik jamoasi oldida turgan vazifalar negizida ishlab chiqilgan reja asosida tashkil etiladi. Ana shu jihatga ko‘ra ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasida ijtimoiy va huquqiy me’yorlarga doir bilimlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida targ‘ib etuvchi tadbirlarni kiritish imkoniyati mavjud. Shunga ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilari oilada, ta’lim muassasasida hamda o‘zlari mansub bo‘lgan mikro guruhlarda ota-onalar, oilaning barcha a’zolari, sinfdoshlari va tengdoshlari bilan tashkil etadigan munosabatlarda muayyan qoidalarga amal qilishlari lozim. O‘quvchilarning ijtimoiy subyektlar bilan munosabatlarda aynan qanday xulq-atvor qoidalariga amal qilishlari zarurligini anglash uchun ijtimoiy me’yorlarning turlaridan xabardor bo‘lish talab qilinadi. Mavjud manbalarda ijtimoiy me’yorlarning quyidagi turlar bo‘yicha guruhlanishi aytiladi:
1) axloqiy me’yorlar;
2) jamoat birlashmalarining me’yorlari;
3) milliy urf-odatlar;
4) turli xalqlarga xos odatlari;
5) an’ana me’yorlar;
6) siyosiy faoliyat me’yorlari;
7) huquq me’yorlari;
8) diniy me’yorlar


Ta’lim amaliyotida har bir shaxsning psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, ma’naviy-axloqiy hamda aqliy salohiyatiga ko‘ra pedagogik talablarga doim ham birdek amal qilmasligi, qolaversa, ijtimoiy voqeahodisalarga mas’uliyat bilan yondashmasligi xarakterli sanaladi. Shu sababli tadqiqotni olib borishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan o‘zlarida ijtimoiy va huquqiy me’yorlarga hurmat hissining shakllanganligi turli darajalarda namoyon etilishi inobatga olindi. Talabga kura respondentlar tomonidan qayd etiluvchi daraja ko‘rsatkichlari muayyan tadqiqot natijalarini baholash imkoniga ega mezonlarga moye kelishi zarur. Ana shu talabga kura boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy va huquqiy me’yorlarga hurmat hissining shakllanganligini ifodalovchi daraja ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:


1) yuqori daraja – ijtimoiy va huquqiy me’yorlar, ularning mohiyati hamda turlari to‘g‘risida yetarlicha nazariy ma’lumotlarga ega; ijtimoiy va huquqiy me’yorlarning har bir shaxs, shu jumladan, o‘z hayoti hamda salomatligini muhofazalashdagi ahamiyatini yaxshi tushu na oladi; oilada, ta’lim muassasasida va jamoat joylarida ijtimoiy va huquqiy me’yorlarga amal qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtira olgan; kundalik faoliyatda ijtimoiy va huquqiy me’yorlarga mustaqil ravishda hamisha qat’iy rioya qiladi;
2) o‘rta daraja – ijtimoiy va huquqiy me’yorlar, ularning mohiyati hamda turlari to‘g‘risida qisman nazariy ma’lumotlarga ega; ijtimoiy va huquqiy me’yorlarning har bir shaxs, shu jumladan, o‘z hayoti hamda salomatligini muhofazalashdagi ahamiyatini yetarlicha tushunsa-da, biroq, oilada, ta’lim muassasasida va jamoat joylarida ijtimoiy va huquqiy me’yorlarga amal qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda, shuningdek, kundalik faoliyatda ijtimoiy va huquqiy me’yorlarga mustaqil ravishda hamisha qat’iy rioya qilish ma’lum qiyinchiliklarga duch keladi;
3) past daraja – ijtimoiy va huquqiy me’yorlar, ularning mohiyati hamda turlari to‘g‘risida qisman nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lsa-da, ijtimoiy va huquqiy me’yorlarning har bir shaxs, shu jumladan, o‘z hayoti hamda salomatligini muhofazalashdagi ahamiyatini yetarlicha tushunmaydi; oilada, ta’lim muassasasida va jamoat joylarida ijtimoiy va huquqiy me’yorlarga amal qilishga nisbatan e’tiborsiz, mas’uliyatsiz, kundalik faoliyatda ijtimoiy va huquqiy me’yorlarga rioya qilishga intilmaydi. Shunday qilib, kishilar o‘rtasida tashkil etiladigan o‘zaro aloqalar muayyan ijtimoiy me’yorlarga asoslanadi. Shaxsning ijtimoiy me’yorlarga amal qilish uning madaniyati, dunyoqarashi va odobidan dalolat beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining odobi va madaniyatlilik darajasi ularning jamoat joylari (kinoteatr, muzey, umumiy ovqatlanish muassasasi va jamoa transporti)da ham ko‘zga tashlanadi. Shu sababli ularni jamoat joylari (kinoteatr, muzey, umumiy ovqatlanish muassasasi va jamoa transporti)da ruxsat etiladigan qoidalar va ta’qiqlar bilan tanishtirish muhim pedagogik vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifani bajarishda pedagogik faoliyatni turli shakllarda tashkil etish kutilgan natijaga erishish imkonini beradi.
II.BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA HUQUQIY ONGNI
SHAKLLANTIRISH METODIKASI.
2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirishda pedagogning kreativligi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda so‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019 yildagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” Farmonida “yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish;” asosiy vazifa qilib belgilab berilgan bo’lib, ushbu me’yoriy hujjat huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatni qurishni o’z maqsadi qilib olgan jamiyatimiz uchun huquqiy tarbiyaning asosini belgilab beruvchi asosiy tamoyil bo’lib xizmat qiladi. Darhaqiqat har qanday jamiyatda yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi doimo dolzarb muammo sifatida e’tirof etiladi. Uning ikkinchi muhim jihati esa yoshlarning ijtimoiy-huquqiy ongini shakillantirishda huquqiy tarbiyaning rolidir O’zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas va eng asosiy bo’g’ini boshlang’ich ta’lim ekanligini e’tiborga olgan holda aynan huquqiy tarbiyani rivojlantirishga shu bosqichda alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar huquqiy jihatdan chuqur nazariy va amaliy bilimlar hamda malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi bilan birga milliy urf-odatlar va qadriyatlarni hurmat qilishi, ma’naviy, ruhiy, jismoniy jihatdan sog’lom va barkamol, fuqorolik burch va mas’uliyatini shakllangan bo’lib voyaga yetishlari kerak. O’quvchilarda huquqiy tarbiyalashda maktab miqyosida olib boriladigan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda xalqning boy merosidan unumli foydalanish, uning tizimli asosini ishlab chiqish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadimizni samarali amalga oshishishiga sababchi bo’ladi. Chunki, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko’zlagan va shaxsga
«guruh shaxslariga» ta’sir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir. Aynan o’qitish jarayonida olib boriladigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy tushunchalarni shakllantirish bu har bir o’quvchining ichki hayoti, muhit kechinmalari, aqliy qobiliyatlari, idrokini mujassamlashtirish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo’lida xizmat qilish, O’zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning qadriyatlari, tili, madaniyati, diniy e’tiqodi, urf-odat va an’analarni hurmat qilish, ularni asrab avaylash va rivojlantirish, ma’rifatli, bilimli, huquqiy jihatdan madaniyatli, ma’naviy axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxs bo’lib yetishishi demakdir. Fuqarolik tarbiyasi tagzaminida xalq o’tmishi, tarixini o’rganish milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga asoslangan faoliyatga o’quvchilarni yo’naltirish ijtimoiy maqsadni amalga oshirishga qaratirilgan yo’l sanaladi. O’quvchilarni haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash, ularda fuqarolik tuyg’usini rivojlantirish, fidoiy, vatanparvar fuqaro sifatida tarbiyalash asnosida ta’minlanadi. Yosh avlodda fuqarolik hissi va e’tiqodini tarbiyalamay turib, ularda axloqiy, xulqiy odatlar va huquqiy ko’nikmalarni shakllantirib bo’lmaydi. Shuning uchun ham fuqarolik tuyg’usini qaror toptirish murakkab jarayon hisoblanadi. Bunda dastlab o’quvchilarga fuqarolikning mohiyati va me’yoriy qoidalar mazmuniga oid ilk tushunchalar to’g’risida bilimlar beriladi. Avvalo, o’quvchiga fuqarolik odobi va madaniyati haqidagi tushunchalar beriladi, bu xildagi hatti-harakatlarga oid ibratli shaxslar faoliyatidan namunalar keltiriladi, so’ngra faoliyat uyushtiriladi. Ana shu asosida ularda fuqarolik tushunchasi shakllanadi va fuqarolik xulqiy odatlari, ko’nikmalar hosil qilinadi. Badiiy va ilmiy adabiyotlar, matbuot yangiliklari, kinofilm, spektakl g’oyalari, turli suhbatlar mazmunini tushuntirish, targ’ib etib borish orqali o’quvchilar ongiga fuqarolik tushunchalari singdiriladi. Darhaqiqat bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan hukumat qarorlari, ta’limni hayot bilan bog’lashni, o’qitish samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni talab qiladi. Bu o’rinda ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi va qo’llanishi davr talabi bilan bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham yosh avlodni rivojlangan huquqiy madaniyatli qilib tarbiyalash pedagog kadrlardan yangicha yondashuv hamda ijodkorlik, kreativlikni talab etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy ongini shakllantirish jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan – falsafa, siyosat, din, axloqdan farq qiladi. U jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo’lib hisoblanadi, chunki huquqiy ong keng tushuncha bo’lib, jamiyatda huquqiy normalarni qabul qilish, ularni turmushda qo’llash, huquq to’g’risida bilimlarning, ya’ni huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya to’g’risidagi
murakkab ijtimoiy vazifalarni o’z ichiga oladi.Avvalo boshlang’ich sinf o’quvchilarda huquqiy ongni shakllantirishda tanlanadigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ijtimoiy buyurtma sifatida mavjud davlat talablariga va bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish hamda ilmiylik tamoyili asosida ishlab chiqish, nazariya bilan amaliyotning o’zaro aloqadorligini ta’minlanishi va yana albatta o’zida insonparvarlik va demokratik xususiyatlarni aks ettirishiga alohida ahamiyat berish zarur. Jamiyatning demokratiya yo’lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga bog’liq. Mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini anglash, ushbu jarayonda ishtirok etish fuqarolarning huquqiy madaniyati yuqori bo’lishini taqozo etmoqda. Jamiyatning har bir a’zosi o’z huquq va burchlarini hamda mas’uliyatini puxta bilishi, buni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamog’i lozim. Fuqarolarimizning dunyoqarashi, tafakkuri mamlakat hayotiga, yangilanishlarga mos ravishda o’zgarib borishi huquqiy madaniyat tushunchasi bilan chambarchas bog’liqdir. Shuning uchun ham o’qituvchi o’quvchilarda huquqiy ongni shakllantirishda yuqoridagi jihatlarni inobatga olgan holda, interaktiv metodlarni tanlay olishi va unga ijodkorona yondasha olishi muhim hisoblanadi. Pedagogik jarayon shakli ta’lim oluvchining mustaqil va ijodiy ishlash, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarini mustaqil yechish ko’nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga yo’naltirilishi kerak. Bunda faol ta’lim metodlaridan unumli foydalanilishi, ta’lim maqsadlarining aniq qo’yilishi va erishiladigan o’quv natijalari pedagogik vazifalar shaklida ifodalanishi kerak.
Huquqiy tarbiya ҳамда huquqiy ongni o’quvchilar shuurida shakllantirish uni e’tiqod darajasiga keltirish orqali amalga oshiriladi. Bevosita ta’lim va barkamol shaxs tarbiyasi bir-biri bilan uzviy bog’liq jarayondir. Mazkur jarayonda mantiqiy fikrlash, tasavvur qilish, bilish faoliyatini rivojlantirish kabi jihatlar muhim ahamiyatga ega. Ta’lim orqali o’quvchilarda shaxsiy dunyoqarash va e’tiqod shakllanadi. Badiiyat va fan qonuniyatlarini anglash, ta’limda belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash, faoliyat yo’nalishidagi qiyinchiliklarni yengish, yakka tartibda, juftlikda va guruhlarda ishlash kabi metodlar jarayonida o’quvchi shaxs sifatida shakllanib boradi. Ta’limda o’qituvchi interfaol metodlardan mavzuga muvofiqini tanlay bilishi muhim, bunda o’qituvchi interfaol metodlardan avvalo oddiydan murakkabga o’tish nazariyasiga amal qilgan holda foydalanmog’i lozim. Masalan, o’yinli texnologiyalar o’quvchilarning faolligini ta’minlovchi, o’qitish texnologiyalaridan biri - pedagogik ishbilarmonlar o’yini hisoblanadi. O’yin faoliyatiga qiziqish, o’quvchilarning o’z-o’zini ifoda etish, ro’yobga chiqarish kabi ehtiyojlarini qondiruvchi, musobaqalashish elementlari orqali ta’minlanadi. O’yinning ajoyib xususiyati shundaki, u bir vaqtning o’zida ham rivojlanish ham o’rganish hisoblanadi. Pedagogik o’yin o’qitishning aniq qo’yilgan maqsad va unga tegishli pedagogik natija bilan belgilanadi. Bu natijalar asoslangan va o’quv tayyorgarlik faoliyatiga ega bo’ladilar. Pedagogik o’yinlar o’yin uslubiga ko’ra quyidagicha tavsiflanadi: fanlar bo’yicha; huquqiy jarayon qatnashchilari-fuqarolar, davlat organlari mas’ul shaxslar, siyosatchilar, imitatsion, dramalashgan o’yinlar. Imitatsion o’yinlar - bo’lim, korxona, tashkilotning faoliyati-imitatsiya qilinadi. Imitatsion o’yinlar ssenariyasi, hodisa syujetidan tashqari, imitatsiya qilinadigan jarayon va ob’yektlar tarkibi va ahamiyati haqidagi tafsilotlarni o’z ichiga oladi. Operatsion o’yinlar – tegishli ish jarayoni, ularni bajarish shartsharoitlari modellashtiriladi. Ular ma’lum bir o’ziga xos operatsiyalarni: sud jarayoni qatnashchilari harakati, ularning faoliyati ma’lum bir usulni o’zlashtirishga yordam beradilar. Rolli o’yinlar – ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holatlar, hatti-harakat ishlanadi, rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi. Psixodrama va sotsiodrama – bu rolli o’yin teatrga o’xshagan bo’lib, faqat bu yerda ijtimoiy-huquqiy, psixologik vaziyatlar ko’riladi hamda yechiladi. Bunday masalalar jumlasiga jamoadagi vaziyatni his qila olish, boshqa kishini ruhiy holatini to’g’ri baholash va uni o’zgartira olish, u bilan unumli muloqotga kira olish kiradi. Zamonaviy texnika vositalari- kompyuter vositalari hamda internet tizimi bilan ta’minlangan dars xonlarida turli xil o’qitish innovatsion kompyuter programmallari orqali onlayn o’yinli vaziyatlar orqali ham boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy vaziyatlarni ongli hal qilish bo’yicha ko’nikmalar shakllantirish mumkin. Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Masalan, «Videotopishmoq» metodi. So’nggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalar (komp’yuter, televideniye, radio, nusxa ko’chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishida asosiy o’rinni egallamoqda. O’qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalaridan o’rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: – tahsil oluvchilar e’tiboriga o’rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi; – tahsil oluvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini izohlaydilar; – jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etadilar; – o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradilar. Ta’lim tizimiga yangi kirib kelgan texnologiyalardan biri bu o’qitishning kreativ texnologiyasi bo’lib, uning maqsadi – insonda ijodkorlikni uyg’otish va uning o’zida bor bo’lgan ijodiy imkoniyat (potensial)ni rivojlantirishdir. O’qitishning kreativ texnologiyasi bajarilganda shaxs ijodkorlik ob’yekti darajasidan ijodkor sub’yektga o’tkaziladi, o’quv materiali o’zlashtirish fanidan biron ijodkorlik, yaratuvchanlik maqsadiga erishish vositasiga aylanadi. Kreativ texnologiya yangi kerakli bilim olish, yaratish va ishlab chiqarishga qaratilgan. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativlik yo`naltirilganligini quyidagi pedagogik shart-sharoitlar asosida shakllantirish mumkin, agarda: - boshlang`ich sinf o`quvchilarining tug`ma istedodi gavdalansa; - dunyoda va yurtimizda ro`y berayotgan yangiliklardan boxabar bo`lib borsa va ularni kundalik hayoti faoliyatida qo`llab borsa; - mavjud psixologik to`siqlarni yengib o`ta olsa; - o`quvchilarning kreativ salohiyati o`qituvchilar tomonidan e`tiborga olinsa va qo`llab-quvvatlansa. Buyuk olim V.A.Slastinin ijodkorlikning asosiy xislatlarini quyidagicha belgilagan: shaxsning ijodiy motivatsiyani qo`llaganligi. qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o`z kamolotiga intilish kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o`z kamolotiga intilish; ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o`zaro yordam berish qobiliyati; Kreativ salohiyatga ega o`quvchilar boshqalarga taqlid qilmasdan, o`zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga kreativ va mustaqil yondashadilar. Shuning uchun ham kreativ ta’lim texnologiyalaridan boshlang’ich sinf o’quvchilarining sinfdan tashqari faoliyati davomida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bunda tarbiyachi yo’naltiruvchi, o’quvchi ijodiy loyihalovchi sifatida ishtirok etadi. Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy tushunchalarni shakllantirish uzluksiz ta’lim tizimining keyingi bosqichlarida uzviy ravishda olib borilishi natijasida o’quvchilarda huquqiy madaniyat shakllanadi va muntazam rivojlanib boradi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarda huquqiy tushunchalarni shakllantirishda individual yondoshishi, ularning psixik xususiyatlarini hisobga olishi, qalbiga yo’l topa olishi lozim, shundagina u jamiyatimizni qurish uchun munosib bo’lgan kelajak avlodni tarbiyalashning muqaddas ishga munosib hissa qo’sha olgan bo’ladi.
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida xuquqiy tushunchalarni shakllantirishning ijtimoiy zarurati.
O’zbekiston hududida avval juda katta qudratga ega bo’lgan davlat mavjud edi. Albatta bunday qudrat o’sha davlatning huquq sohasida o’ta rivojlanganligini isbotlab turibdi. Chunki adolat va huquq hukmron bo’lmagan davlat kuchli va qudratli davlat bo’la olmaydi. Buning haqiqiyligini Amir Temurning tuzuklari ham isbotlab turibdi. O’z zamonasida Mirzo Ulug’bek ham kishilarning huquqiy ongi yuksak bo’lishi haqidagi quyidagi fikri «Ilm ila o’z haq-huquqi sari intilish bandasi uchun farzdir va u hayot ekan, oni ado etmog’i zarur»,-degan fikri ham isbotlab turibdi. Insonning kamol topishida ilm bilan birga o’z haq-huquqini bilishi hamma zamonlarda asosiy hal etuvchi omil bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Hozirgi davrda ana shu maqsadni umumiy o’rta ta’limning quyi bosqichi boshlang’ich sinf o’quvchilari zimmasiga yuklatildi. Buning uchun 11 o’qituvchilar huquqshunoslik fanini va O’zbekiston Konstitusiyasini nazariy-ilmiy asosda bilishi va o’z o’quvchilariga o’rgata olishi juda muhim. O’qituvchilar o’quvchilar ongida quyidagi tushunchani singdirishga erishmog’i darkor.
Qonunchilik-bu ijtimoiy hayotning alohida tartibi bo’lib, uning asosiy mohiyati qonunning mutloq hukmronlik qilishidadir. Yoshlarni huquqiy ijtimoiylashtirishimizda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-iyundagi «Yoshlarni huquqiy ta’limini takomillashtirishning kompleks dasturi» to’g’risidagi qarorining qabul qilinganligi bu asosida maktablar uchun «Huquqiy ta’lim» to’g’risida nizom ishlab chiqilgani ham ayni muddao bo’lib, yoshlikdan boshlab berilishi lozim. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo’lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy me’yorlar to’g’risida boshlang’ich tushunchalar olishi, kelgusi o’quv yili davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy hususiyat kasb etishi zarur.
Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi me’yoriy va o’quv uslubiy mezonlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yangi o’quv fanlarini joriy qilish demakdir. Huquqiy madaniyat asoslari haqida gap yuritmoqchi bo’lsak, respublikamizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurulishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o’rganish sohasida keng ko’lamli islohatlar o’tkazilmoqda. O’tkazilayotgan islohatlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda va takomillashmoqda. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29- avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» matbuotda e’lon qilindi. Huquqiy madaniyat-umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo’lgan va bilimli deb hisoblanadi. Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy 12 bilimlarni kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdan iboratdir. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish
Milliy dasturi qanday vazifalarni ko’zda tutadi? Huquqiy ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish; Barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda huquqi hurmat munosabatda bo’lishga erishish; Aholining huquqiy savodxonligini oshirish; Fuqarolarning ijtimoiy huquqiy faolligini oshirish singari ustivor yo’nalishlarga erishishdan iboratdir. Mazkur milliy dastur fuqarolarning huquqiy ta’limi va huquqiy tarbiyasi yuridik organlar, bolalar muassasalari, boshlang’ich ta’lim, barcha turdagi maktab va oliy ta’lim qatlamlariga daxldor bo’lib, uni joylarda, ishlab, o’rganib chiqish va amaliyotga tadbiq etish davrimizning dolzarb vazifasidir. Xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasida ko’tarilishi lozim.
Bu Prezidentimizning hayotiy kuzatishlari asosida kelib chiqqan xulosasi, dardi va talabidir. -Inson huquqlari eng avvalo, huquqiy madaniyat, huquqiy bilim, huquqiy ongga kelib taqaladi,-deya ta’kidlaydi prezidentimiz Islom Karimov. Prezidentimiz Islom Karimovning huquq to’g’risidagi ma’ruzalarida odamlarimiz ongida eskicha psixologiyani o’zgartirib, ularda yangicha huquqiy ongni shakllantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugungi hayotimizning talabidir. Ana shundagina mamlakatimizga huquqiy demokratik jamiyat barpo etish mumkin bo’ladi. Yoshlarning qonunlarga moslashib borishi, huquqning o’zi nima? Huquqiy burch nima? Tushuntirish, yaxshini yomondan, halolni haromdan, pokni-nopokdan ajrata bilishga yordam berish zarur. O’z navbatida huquqiy bilimga ega bo’lgan inson huquqiy madaniyati shakllana boshlaydi.
Demak biz maktab o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirishga poydevor yaratishimiz kerak. Boshlang’ich maktabda esa shu vazifani ilk tushunchalarini tarkib toptirishga harakat qilishimiz lozim. Kishi qancha keng qamrovli huquqiy bilimga 13 ega bo’lgan sayin shu darajada madaniyatli bo’la boradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi milliy dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy ta’lim hamda tarbiyasini takomillashtirish»,-zarurligi alohida ta’kidlangan. Shuning uchun huquqiy ta’lim-tarbiyaning maqsadi har bir o’quvchiga amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangandavlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda olish imkoniyatlarini berishdan iboratdir. Huquqiy ta’lim maktabda maktabda uzluksiz ravishda olib boriladi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling