Boshlangʻich taʻlim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi


Download 0.62 Mb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1479761
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QAHRAMONOVA NARGIZA TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI KURS ISHI 2 2 2


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʻLIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIK TAʻLIM FAKULTETI
SIRTQI (MAXSUS) BOʻLIMI
BOSHLANGʻICH TAʻLIM METODIKASI KAFEDRASI
5111700 - BOSHLANGʻICH TAʻLIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YOʻNALISHI
9-2 BTUS-19 GURUH TALABASI
QUDRATILLOYEVA ZARIFANING
TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI”
FANIDAN
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA HUQUQIY ONGNI
SHAKLLANTIRISH METODIKASI”
MAVZUSIDAGI
KURS ISHI

Ilmiy rahbar:

BUXORO-2023


REJA:
KIRISH
I.BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI HAYOTIDA IJTIMOIY-HUQUQIY ME’YORLARNING O‘RNI.
.1.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishning mazmuni.
1.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosligi.
II.BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA HUQUQIY ONGNI
SHAKLLANTIRISH METODIKASI.
2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirishda pedagogning kreativligi.
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida xuquqiy tushunchalarni shakllantirishning ijtimoiy zarurati.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o‘rin egallamokda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo‘lmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o‘zgartirish sohasida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilmoqda. O‘tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda. Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog‘likdir. Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. Respublikada fuqarolik boshqaruviga asoslangan jamiyat qurish yo‘lida o‘quvchilar, shu jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy-huquqiy me’yorlar bilan yaqindan tanishtirish, ularga qat’iy amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalasi, bosh shioriga aylandi. Zero, “huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida huquqiy madaniyatni oshirish muhim ish hisoblanadi. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero, huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro‘yobga chiqadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling