Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot va moliya fakulteti


Download 78.89 Kb.
bet1/6
Sana10.11.2023
Hajmi78.89 Kb.
#1763256
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi tayyor




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
INNOVATSION VA IJTIMOIY-IQTISODIYOT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA MOLIYA FAKULTETI
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy madaniyati
mavzusidagi
KURS ISHI


Bajardi: ____________________________
Ilmiy rahbar: __________________________


TOSHKENT-2023


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………… ….…3
1.О‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi……7
2.Pedagogik muloqotda muomala madaniyati …………………….……12
3. Sharqona tarbiya va muomala odobining muloqotga ta’siri…………..16
XULOSA....................................................................................................22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................................23

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O`zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy rivojlantirishning o`zbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta`lim sohasiga alohida e`tibor qaratilib, kelajak avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta`lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o`z ta`sirini ko`rsatayotganligi barchamizga ma`lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o`z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo`lga kiritishga urinmoqdalar.
XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta`lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an`anaviy o`qitish usullaridan ko`ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko`zda tutilganidek, pedagogik va axborot texnologoyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta`lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta`minlash rivojlanib bormoqda.
Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga joriy etish, ta`lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.
Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatli o`qituvchi-murabbiylarga ko`p jihatdan bog`liqdir.
O`quv-tarbiya ishlari jarayonida o`quvchilarni ijodiy fikrlashga, o`zgaruvchan vaziyatlarga o`rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg`ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot tеxnologiyalari, elеktrondarsliklar, vеrsiyalar va multimеdialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa o`quvchilarda mutsaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o`quv faoliyatini tahlil qilish, itsiqbolda kasbiy mahorat va kompyutеr savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.
Bugungi kunda har bir pedagog o’zining har bir hatti-harakati bilan jamiyatga o’rnak bo’lmog’i kerak. Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” – degan gaplari. Bugungi jamiyatimiz uchun muhim dasturu amal hisoblanadi.
Biz yosh endigina maktab bo’sag’asiga oyoq qo’yayotgan avlodga bilim berar ekanmiz. Eng avvalo ularning qalbiga yo’l topishimiz zarur. Har bir pedagog o’zining muomula madaniyati, kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor qaratishi lozim. Biz yashayotgan dunyoda har doim ham o’qituvchilik kasbi yuksak darajada e’zozlanib kelgan. Xususan, mamlakatimizda ta’limga bo’lgan e’tibor bugungi kun o’quvchisiga bilim berishda ba’zan qiynalib qolasan. Zero, har bir o’qituvchi, o’zining yuksak ma’naviyati, bilim darajasi kengligi bilan o’quvchilarda unga bo’lgan hurmatni oshirishi zarur.
Darhaqiqat, zamonaviy pеdagog ta`lim jarayonining unumdorligini oshirishda, o`quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o`quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o`zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantiradi. Pеdagogik madaniyatiga asoslangan ta`lim jarayonida o`qituvchi faoliyati va o`quvchi faoliyati doirasi aniq bеlgilanadi. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang`ich sinflarda o`qituvchining mahorati, uni pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta`limning yangi-yangi yo`l va usullarini izlashi, pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini kelgusi faoliyatga tayyorlashda, pedagogik madaniyatini amaliyotga tatbiq etishga tayyorlash bugungi ta`limning oldiga qo`yilgan talablardan biridir. Chunki pedagogik madaniyat, birinchidan, o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalarini oson va qiziqib o`rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, o`qituvchining ham professional o`sishiga, ham ma`naviy rivojlanishiga yordam beradi.
Inson har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlari va mеxanizmlarini yaratish, eskicha tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini o`zgartirish, rеspublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadidir. Xalqning boy zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, tеxnika va tеxnologiya sohasidagi yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O`zbеkitson taraqqiyotining muhim shartidir.
Pedagogik madaniyat va muomula ta`lim jarayonida muhum ro’l o’ynaydi. Shularni inobatga olib Kurs ishining mavzusini “ Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy madaniyati”deb nomladik.

Download 78.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling