Boshlangʻich taʻlim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi


Download 0.61 Mb.
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1507654
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gulchiroy TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI KURS ISHI

XULOSALAR
Boshlang‘ich ta’lim tizimi o‘quvchilarni shaxslararo munosabatlar negizi tashkil etuvchi ijtimoiy va huquqiy me’yorlar bilan tanishtirishda katta imkoniyatlarga ega. O‘quvchilar “O‘qish”, “Tarbiya”, “Atrofimizdagi olam” va “Konstitutsiya alifbosi” kabi o‘quv fanlarini o‘rganish jarayonida bosqichmabosqich ijtimoiy-huquqiy me’yorlar bilan tanishtirib boradilar. Sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda uyushtiriladigan ma’naviyma’rifiy ishlar ham o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy hamda huquqiy me’yorlar targ‘ibotini izchil tashkil etilishini ta’minlaydi. Bu esa ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga ijtimoiy va huquqiy me’yorlar targ‘ibotini yorituvchi tadbirlarni kiritish zarurligini anglatadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida “O‘quvchilar qoidasi”, salomlashish va so‘zlashish odobi, to‘g‘ri ovqatlanish tartibi, kiyinish madaniyati, jamoa joylarida o‘zni tutish, harakat xavfsizligi va jamoa transportidan foydalanish qoidalari, madaniy muassasalar – kinoteatr, muzey va istirohat bog‘larida bo‘lish qoidalari, yong‘in hamda texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishadilar.
O‘quvchilarni ijtimoiy-huquqiy me’yorlar bilan tanishtirishda boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari alohida o‘rin tutadilar. Ularning mashg‘ulot va ma’naviyma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirish hamda o‘tkazishga nisbatan ijodiy yondashishlari pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish bilan birga o‘quvchilarda ijtimoiy va huquqiy me’yorlarni o‘zlashtirishga nisbatan qiziqishni shakllantiradi. O‘quvchilarining hayotlari, sog‘liqlarini muhofaza qilish uchun ularni hayot va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirishga boshlang‘ich sinflarda ham jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi. Nazariy o‘rganish va maktab amaliyoti bilan yaqindan tanishish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hayotlariga xavf mehnat ta’limini tashkil etish jarayonida, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida, “Kompyuter saboqlari” darslarida, shuningdek, ular yo‘llarda, transportlarda harakatlanayotganlarida yuzaga kelishi aniqlandi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, o‘quvchilar uchun bajarilishi majburiy xarakter kasb etadigan “O‘quvchilar qoidasi” boshlang‘ich sinflarda ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga oid bilimlarni targib qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur hujjat o‘quvchilar tomonidan ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan faoliyat mazmuni ochib beriladiki, bu orqali ularning hulq-atvori, muomalasi hamda xatti-harakatlari bo‘yicha ruxsat etiladigan va ta’qiqlanadigan holatlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini “O‘quvchilar qoidasi” bilan izchil tanishtirib borish ularda dialektik tarzda tobora murakkablik kasb etib boradigan ijtimoiy va huquqiy me’yorlar mohiyatini anglash, ularga qat’iy amal qilish malakalarining shakllanishi uchun mustahkam asos bo‘ladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling