Boshlangʻich taʻlim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi
Download 0.61 Mb.
|
Gulchiroy TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI” FANIDAN “4-SINF TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH ” MAVZUSIDAGI KURS ISHI
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIK TAʼLIM FAKULTETI SIRTQI (MAXSUS) BOʻLIMI BOSHLANGʻICH TAʻLIM METODIKASI KAFEDRASI 5111700 - BOSHLANGʻICH TAʻLIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YOʻNALISHI 9-2 BTUS-19 GURUH TALABASI RAHMATTILLOYEVA GULCHIROYNING “TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI” FANIDAN “4-SINF TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH ” MAVZUSIDAGI KURS ISHI Ilmiy rahbar: BUXORO-2023 REJA: KIRISH I.BOB. TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING SHAKL VA VOSITALARI. 1.1. Boshlang’ich sinflardagi tarbiyaviy ishlarning o’ziga xos xususiyatlari va tarbiyaviy ish uslublari. 1.2. Boshlang’ich sinflarda olib boriladigan “Tarbiya” darslarini tashkil qilish va o’tkazish jarayonida didaktik metod va multimedia vositalaridan foydalanishning ahamiyati. II.BOB. 2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirishda pedagogning kreativligi. 2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida xuquqiy tushunchalarni shakllantirishning ijtimoiy zarurati. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o‘rin egallamokda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo‘lmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o‘zgartirish sohasida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilmoqda. O‘tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda. Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog‘likdir. Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. Respublikada fuqarolik boshqaruviga asoslangan jamiyat qurish yo‘lida o‘quvchilar, shu jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy-huquqiy me’yorlar bilan yaqindan tanishtirish, ularga qat’iy amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalasi, bosh shioriga aylandi. Zero, “huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida huquqiy madaniyatni oshirish muhim ish hisoblanadi. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero, huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro‘yobga chiqadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling