Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi


Download 13.99 Kb.
Sana30.03.2023
Hajmi13.99 Kb.
#1309381
Bog'liq
6.02 dan 10.02 gacha


Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang’ich
ta’lim fakulteti “Boshlang’ich ta’lim va sport
tarbiyaviy ishi” yo’nalishi 3-kurs 301-guruh talabasi
Jummayeva Go’zalning malakaviy amaliyot
Bo’yicha 6.02 dan 10.02 gachaq tayyorlagan haftalik
HISOBOTI
Pedagogika institutining B.T va S.T.I yo’nalishi talabalariga 6-fevraldan malakaviy amaliyot boshlandi. Men Jummayev Go’zal malakaviy amaliyotni Sho’rchi tumanidagi 49-umumiy o’rta ta’lim maktabida boshladim. 6-fevral kuni soat 8:00 da 49-umumiy o’rta ta’lim maktabiga bordim. Maktab direktori B.Mengboyev bilan uchrashdim. Ular shartnoma bilan tanishib chiqdilar va bir oylik amaliyot vaqtida boshlang’ich sinflarga kirib bilim, ko’nikma va malakamni oshirishimga ruxsat berdilar. So’ngra men (M.I.B.D.O’) G.Mulkamonova bilan uchrashdim. Ular meni 1-“A” sinfiga biriktirdilar. Men 1-“A” sinf xonasiga bordim. O’quvchilar va sinf rahbari B.Mulkamonova bilan salomlashdim. Men 1-oylik malakaviy amaliyotga chiqqanligimni va boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan birgalikda amaliyot davrini o’tkazib malaka oshirmoqchi ekanligimni aytdim. O’quvchilar ham sinf rahbari ham meni qabul qilib yaxshi kutib oldilar. Sinfda 22 ta o’quvchi bo’lib o’n nafari qiz bolalarni, o’n ikki nafari o’g’il bolalarni tashkil etar ekan. Shu vaqtdan e’tiboran darslarni kuzata boshladim. Ushbu sinfda ona tili va o’qish savodxonligi, matematika, jismoniy tarbiya, texnologiya, tasviriy san’at, ingliz tili, tabiiy fan, ma’naviyat soati kabi bir qator fanlar o’tilar ekan. Sinf rahbari malakali, pedagogik mahoratga ega, o’rnak olsa arziydigan maqtashga sazovor bo’lgan o’qituvchi ekan. Men ham ularga havas qilgan holda har kuni muntazam ravishda darslarga bordim. Hafta mobaynida anchagina pedagogik bilimlarga ega bo’ldim.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yilgi qaroriga binoan 1-sinf o’quvchilari uchun fevral oyi davomida bir haftalik ta’til berilishi belgilangan edi. Shuni inobatga olib, bugungi kundagi har bir 1-sinf o’quvchilari uchun beriladigan ta’til davri 2023-yil 13-fevraldan 18-fevralgacha etib belgilandi. 1-“A” sinf rahbari B.Mulkamonova haftaning juma kuni ya’ni 10-fevral kuni o’quvchilarrni qaror bilan tanishtirib chiqdi va bir haftalik ta’tilni e’lon qildi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’qish vaqti haftada besh kunlik ekanligi sababli dushanbada jumagacha amaliyot o’tadim va pedagogik mahoratimni oshirdim.
Amaliyotchi: Jummayeva G
Amaliyot rahbari: Xoliqova P
Sinf rahbari: Mulkamonova B
Download 13.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling