Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 17-2 guruh talabasi Keldibayeva Aziza “Online darslar”dagi


Download 13.55 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi13.55 Kb.
#216773
Bog'liq
Keldibayeva Aziza BOT, 17-2


Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi

17-2 guruh talabasi Keldibayeva Aziza

Online darslar”dagi

Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o’rni”

mavzusi yuzasidan tuzgan yopiq savollar jamlanmasi.

Sana 13.04.2020

Fan:Fuqarolik jamiyati

Fan o’qituvchisi: Fayziyev Ibrohim

Talaba: Keldibayeva Aziza Shuhratjon qizi

Savollar:

1) Aristotelning fikricha ko’pchilik insonlar mulk,obro’-e’tibor kabi oliy farovonliklar sari intilishlari ularning kelgusida tabiiy ravishda jamiyatda ijtimoiylashuviga olib keladi.

Nima deb o’ylaysiz ushbu jarayon xususiy mulk va shaxsiy manfaatga qanchalik daxldor?

2) Jumlani davom ettiring:

”Pozitiv huquqlar insonlarga birqancha qulayliklarni beradi masalan,ijtimoiy yorda,ta’lim olish…..

3)Shaxs va individ tushunchalariga ta’rif bering

4)Individing ijtimoiylashuvi oqibatida jamiyatdagi turli munosatlar faollashadimi?

5)Kim insonning tabiatan ijtimoiy ekanligini takidlab o’tgan?

6)Aristotelning quyidagi fikrini izohlang:

“Umumiy ma’noda kimda-kim hokimyat yuritish va bo’ysunishga taaluqli bo’lsa,o’sha fuqarodir.”

7)Individ bu…..?

8)Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat sharoitida barcha inson huquqlarini negative va pozitiv shakllarga bo’ladi.

Negativlik va pozitivlik huquqlari aslida fuqaro uchun qanday afzalliklarni beradi?

9)Davlat va boshqa insonlarning individga nisbatan u yoki bu harakatlardan o’zini tiyib turishi negative huquqmi yoki pozitiv ?

Fikringizni to’liq yoritib bering.

10)Inson zotining alohida olingan namunasi,uning vakillaridan biri…..

11)”Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir.Inson hayotiga suyiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir”

Yuqoridagi jumla Konstitutsiyamizing nechanchi moddasidan olingan?

12)”Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega”

Yuqoridagi jumla Konstitutsiyamizing nechanchi moddasidan olingan?

13)Quyidagi fikr Amerika siyosatsunoslarining qay biriga tegishli?

“Siyosiy madaniyat ma’lum ijtimoiy –siyosiy tizm a’zolari yoqlaydigan,keng tarqalgan fundamental qadriyatlarning tarixiy tizmidir”

14)Jumlani davom ettiring:

“Siyosiy madaniyat “siyosiy mafkura” , “legitimmen” , “suverinitet” ,………………………kabi kategoriyalarni ham o’rganishni talab etadi.

15)Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining o’rni qanday?

16)Fuqarolarning faolligi qonunlar loyihalarini muhokama qilishda qay darajada seziladi?

17)Fuqarolarning siyosiy ongi va dunyoqarashini yuksaltirishda islohotlarning o’rni qanday?

18)Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolliklari oshganligini yoshlar o’rtasida o’tkaziladigan so’rovnomalardan ham bilib olsa bo’ladi.

Ushbu so’rovnoma mustaqilligimizdan keyin qachon o’tkazilgan ?

19)Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda qanday tashkilotlar tashkil etilgan?

Masalan,Mustaqillik yillarida “Kamolot”

Bugungi kundachi?Ularning soni ancha o’sgan?

20)Fuqarolarning siyosiy dunyoqarashini o’stirishda qanday omillar samaraliroq?

21)Demokratik qadriyatlaning buzilishi deganda nimani tushunasiz?

22)Nima deb o’ylaysiz rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarning burchlarga,qoidalar,qonunlarga amal qilishi qay tartibda bo’lishi kerak?

23)Davlat hokimyati organlariga,saylovlarda ishtirok etish,ovoz berish fuqarolarning burchi hisoblanadimi yoki majburiyatimi?

24)An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchanlik,ijodiy qobilyati ancha cheklangan edi.

Bunga asosiy sabab nima ?

25)Fuqarolik jamiyatining paydo bo’lishi bilan insonning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi o’rniga qay darajada ta’sir ko’rsatdi?

26)Insonning jamiyatga uyushishi deganda nimani tushunasiz?

27)Insonning ijtimoiylashuvi,sun’iy xarakter kasb etishidagi muhim omillar?

28)Inson huquqlarining jamiyatdagi o’rni qanday?

29)Fuqarolar erkinligini ta’minlash uning burchlari bilan mustahkam bog’langandagina real voqelikka aylanadimi?

30)Inson qadriyatlari jamiyat bilan qay darajada uzviy bogliqlik kasb etadi?

31)Siyosiy institutlar tushunchasiga ta’rif bering

32)O’zbekiston Konstitutsiyasining XI bobi nima deb atalgan va u nechta moddadan iborat?

33)Fuqarolarning siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida ularda qanday ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sodir bo’lishi kutiladi?

34)Siyosiy madaniyatni rivojlantirib boruvchi omillar ?

35)Fuqarolarning o’z davlatidagi qadriyatlarga bo’lgan munosabati qanday bo’lishi kerak?

36)Fuqarolik jamiyati rivojlanishi ustivorligini taminlashda fuqarolik jamiyati institutlaring shakllanishi qay yo’sinda olib boriladi?

37)Mamlakatimizda 14 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan yoshlar soni bugungi kunda necha foizni tashkil qiladi?(Taxminan)

38)”Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini hayotga tatbiq etishdagi say-harakatlar haqida gapiring.

39)Fuqarolarning faolligi nimalar yaqqol ko’zga tashlanadi?

40)”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ilgari surgan asosiy g’oyasi,maqsadi nima?

41)Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan siyosiy jarayonlar va islohotlarga befarq emasligini nimalarda o’z aksini topmoqda?

42)Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Inson huquqi davlat huquqidan ustuvor” deganda nimalarni nazarda tutgan?

43)Inson erkinligini taminlash va faolligini oshirishdagi ilgari surilayotgan g’oyalar?

44)Sizningcha kuchli demokratik davlat bo’lish nimalarni talab qiladi?

45)Fuqarolik jamiyati rivojlanishida har bir fuqaroning o’z oldiga qo’yishi kerak bo’lgan burch va majburiyatlari?

46)………..insonning siyosiy hodisalar haqidagi qadriyatlarga doir tasavvurlarini kengaytiradi.

47)Fuqarolarning siyosiy mas’uliyat ruhida tarbiyalanishidagi asosiy omillar?

48)Hokimyatning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko’rsatishi deganda nimani tushunasiz?

49)Siyosiy madaniyat jamiyat a’zolari oldiga ma’lum darajada cheklov qo’yadimi?



50)”Siyosiy msfkura” va “Siyosiy madaniyat” tushunchalarini izohlang.

(P.S.Muqimjon Qirg’izboyevning Fuqarolik jamiyati : Genezisi,shakllanishi va rivojlanishi kitobidagi ”Fuqarolar erkinligi va faolligini oshirish jarayonlari”92 betdan 106 betgacha foydalandim.)
Download 13.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling