Boshlang`ich ta`lim” yo‘nalishi 203- guruh talabasi masharibova Zuhrajonning
Download 54.56 Kb.
|
Masharibova Zuhrajon ATOM kurs ishi
MAJNUNTOL VA MIRZATERAK
Mag'rur Mirzaterak kamtarin Majnuntolga:-«Senga juda hayronman, oldingdan odam arimaydi. Seni mensishmaydi shekilli»—dedi. Majnuntol javob berdi:- «Men odamlarni juda yaxshi ko'raman. Ular soyamda o'tirishsa dilim yayraydi. Sen esa o'z - o'zingga mahliyo bo'lib doim yuqoriga qaraganing-qaragan. Shuning uchun, oldingga hech kim kelmaydi». Bu “Majnuntol va Mirzaterak” ertagi orqali o’quvchilarga kamtarlik insonning eng yaxshi fazilati ekanligi o’rgatiladi. Shu o’rinda ertakni xulosalovchi suhbatda o’quvchilarga “Kamtarga – kamol, Manmanga – zavol” maqolining mohiyati ochib beriladi. Bundan tashqari boshlang’ich sinf darsliklarida o’quvchilarda iqtisodiy tarbiyani shakllantiruvchi turli janrlardagi (ertak, hikoya, masal) badiiy matnlar keltirilgan: 1-sinf O’qish darsligida keltirilgan Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Aqlli qarg’a” ertagi. Yoz fasli jaziramasida hamma yoqda suvlar quribdi. Bechora qarg’a suv yo’qligidan chanqab juda qiynalibdi. Har tarafdan suv axtarar ekan, birovning oldida turgan ko’zani ko’rib qolibdi. Ko’zaning yoniga kelib qarasa, ichida suv bor ekan. Lekin bo’ynini suqib ichay desa, bo’yi yetmabdi. Shunda u tumshig’I bilan toshlarni yig’ib ko’zaning ichiga tashlay boshlabdi. Birozdan so’ng ko’zaning ichidagi suv ustiga chiqibdi. Aqlli qarg’a ko’zadagi suvdan ichib, tashnalikdan qutulib uchib ketibdi. Darslikda berilgan bu ertak o’quvchilarda tadbirkorlik, aqlni to’g’ri ishlata olish tez va to’g’ri qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan. Ertakni o’qish va suhbat jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga aqlli, bilimdon kishi har qanday qiyin vaziyatda bo’lsa ham biror yo’l topa olishini o’rgatadi. Bundan tashqari o’quvchilar ongiga o’tkir aql egasi bo’lish uchun ko’proq kitob o’qish, to’g’ri ovqatlanish, badan tarbiyani kamda qilmaslik zarurligi ham singdiriladi. 2-sinf darsligida berilgan “Tandir” rivoyatida esa o’quvchilarga o’ylab ish qilish bilan birga birgina oddiy imoratni qurish uchun sarflanadigan mehnat va mablag’ qanchalik ekanligi, uni isrof qilmasdan oldin shu hadiqa o’ylash lozimligi g’oyasi ilgari surilgan: Download 54.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling