Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 9-7btus-20 guruh talabasi asadova gulnozaning
Download 290.95 Kb. Pdf ko'rish
|
9-7BTUS-20 GURUH TALABASI ASADOVA GULNOZA.
QAVS VA UNING QO‘LLANILISH.
Qavs o‘zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan boshlab ishlatila boshlangan. Dastlab «Turkiston viloyatining gazeti» da 1873-yilda ishlatilgan. U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi: 1. Kiritma gaplarda. O‘zbekiston paxta ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanib (Xitoy, AQSH, Hindiston va Pokistondan keyin beshinchi o‘rinda turadi), eksport bo‘yicha AQSHdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. 2. Remarkalarda. Xon (yolg‘iz). Shu tiriklikdan-da bezdirdilar meni (Turib yuradur). Bir dushmanimning qoni qurimayin yana bittasi chiqib qoladur. (A. Fitrat) 3. Olingan misollar yoki gaplar manbayida. Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidur. (Abdullo Avloniy) Jannat onalar oyog‘i ostidadur. (Hadisdan). «Qasosli dunyo». («Avlodlar dovoni» romanidan) 4. Izoh ma’nosidagi so‘z yoki so‘z birikmalarida. Ro‘za hayiti (Iyd al Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al Adha)ning birinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi hududida dam olish kuni deb belgilangan. Demokratiya yunoncha so‘z bo‘lib, tarjimada xalq hokimiyati (demos — xalq, kratos — hokimiyat) ma’nosini bildiradi. 5. Shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan biri qavsga olinadi. «Qutadg‘u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim»). Shuhrat (G‘ulom Aminjonovich Olimov) atoqli o‘zbek yozuvchilaridan biridir. Eslatma. Qavsdan matematika fanida ham keng foydalaniladi. (57 + 38) – 17 = ? ko‘rinishidagi qavsdan foydalanish hollari ham ko‘p uchraydi. Masalan, egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda shah [ a ] ri, o‘r [ i ] ni, sing [ i ] lisi so‘zlaridagi «a», «i» tovushlari qoidaga ko‘ra tushiriladi kabi. Qavsning ishlatilish o‘rinlari: 1. Kiritmalar qavsga olinadi: Bir kuni mahallaning narigi chekkasida turadigan novvoynikiga kirib qoldim (nima yumush bilan kirganim esimda yo‘q) 2. Remarkalar (pyesalarda avtorning izohlari) qavs ichiga olinadi: Bashorat. Suykalmay joning chiqsin. (Hali ham yelkasida dasturxon bilan turgan Nigoraga). Mana shu Sottixon ovsiningizga ehtiyot bo‘ling. Aslo sir ayta ko‘rmang, darrov sotadi. 3. Parcha yoki misol uchun tanlangan gaplarga doir manba ma’lumotlari qavsga olinadi: O. Jalilovning Toshkent madrasalari haqida yozgan maqolasida (“Fan va turmush”, 1983 y., 9-son) XIX asr oxiri va XX asr boshlarida mudarrislarga beriladigan bilimlar doirasi torayib ketganligi, ko‘pgina madrasalar, hatto mashhur Beglarbegi madrasasi xarobaga aylanishi ham shu yillarga to‘g‘ri kelganligini ko‘rsatadi. 4. So‘z, so‘z birikmasi yoki ayrim gapga izoh berish maqsadida ishlatiladigan qurilmalar qavs ichiga olinadi: Fitrat turk (o‘zbek) tilining boyligini asosan arab tiliga solishtirib ochmoqchi bo‘ldi. Download 290.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling