Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 9-7btus-20 guruh talabasi asadova gulnozaning


Download 290.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana19.06.2023
Hajmi290.95 Kb.
#1621069
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-7BTUS-20 GURUH TALABASI ASADOVA GULNOZA.

TINISH 
BELGILARINING 
QO‘SHALOQ 
HOLDA 
ISHLATILISH
O‘RINLARI. 


O‘zbek yozuvida uslubiy aniqlik, ravonlik hamda turli xil leksik-grammatik 
ma’nolarni ifodalash uchun tinish belgilarini qo‘llash hollari ham uchrab turadi. 
Ularning qo‘llanilishidagi asosiy o‘rinlar quyidagilardan iborat: 
1. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplar oxirida so‘roq va undov belgilari ketma-
ket qo‘yiladi. 
— Axir, ablah, — derdi Yunus, — birovning uyiga oyog‘ingni artmasdan kirgani 
ibo qilasan, nega havoni bulg‘atgani ibo qilmaysan?! (A. Qahhor) 
2. So‘roq va undov gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket ikkita 
yoki uchta bir xil belgi qo‘yilishi mumkin. Ey, purviqor tog‘lar! Nega jimsizlar
nega!!! (A. Cho‘lpon) 
3. So‘roq va undov mazmunini bildirgan gaplarda fikr tugallanmay qolsa, 
mazkur belgilardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi. 
«Ertaga! — deya xotirjam dilidan o‘tkazdi va birdan to‘xtadi — xo‘sh, ertaga nima 
bo‘ladi?..» (N. Qilichev) Berkinboy tuyqusdan tilla topganday quvonibsuyunib
turgan joyida dik-dik sakray boshladi:
4. Muallif gapi va ko‘chirma gaplar o‘rtasida tinish belgilari ketma-ket 
ishlatilishi mumkin.
«Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan 
qurtdan farq qilmaydi»,— deb yozgan edi A. Qahhor.— Topdi-mm!.. Topdi-im!.. 
(Sh. Bo‘taev). 
 


MAVZU YUZASIDAN TEST SAVOLLARI. 
1. So‘roq gaplarning oxirida qanday tinish belgi qo‘yiladi? 
A. Nuqta 
B. Undov 
C. So‘roq 
D. So‘roq yoki nuqta 
2. Buyruq gaplarning oxirida qanday tinish belgi qo‘yiladi? 
A. Ko‘p nuqta 
B. Undov 
C. So‘roq 
D. Nuqta 
3. His- hayajon gaplarning oxirida qanday tinish belgi qo‘yiladi? 
A.Ikki nuqta
B.Nuqta 
C.Undov 
D. Nuqta yoki undov 
4. Achchiq savol berib shirin javob kutma () Gapning oxirida qanday tinish belgi 
qo‘yilishi kerak? 
A.Undov 
B. Nuqta
C.Undov va nuqta 
D.Ko‘p nuqta 
5. Bugungi ishni ertaga qo‘yma () Gapning oxirida qanday tinish belgisi qo‘yilishi 
kerak? 
A. Nuqta 
B. Ikki nuqta 


C.Nuqtali vergul 
D. Undov 
6. Ma’rifat, yuksak didli bolalardan kelajakda yetishib chiqsa ne ajab () Gapninmg 
oxirida qanday tinish belgisi qo‘yilishi kerak? 
A. Nuqta
B. Undov 
C. Ko‘p nuqta 
D. Nuqtali vergul 
7. Kelishning ketishi bordir dunyoda() So‘zingni ezgu qil umring ziyoda()Qanday 
tinish belgilari ishlatiladi? 
A.Vergul, undov 
B. Undov, vergul 
C. Nuqta. nuqtali vergul 
D. Vergul, nuqta 
8. Kelishning ketishi bordir dunyoda, so‘zingni ezgiu qil , umring ziyoda! Misralar 
muallifi kim? 
A. Nosiruddin Rabg‘uziy 
B. Lutfiy 
C. Yusuf Xos Hojib
D. Firdavsiy
9. Tinish belgilarini o‘rganadigan bo‘lim nima deb nomlanadi? 
A. Leksikologiya 
B.Morfologiya 


C.Punktuatsita 
D. Sintaksis 
10. Bu gaping yomon bo‘lmadi. Ushbu gapning qaysi o‘rnida tinish belgisini
qo‘yish orqali ma’noni o‘zgartirish mumkin? 
A.’’yomon “ so‘zidan keyin vergul qo‘yib 
B. “gaping” so‘zidan keyin vergul qo‘yib 
C.gapning oxirida undov qo‘yib 
D.” bu” so‘zidan keyin vergul qo‘yib
11. Sen katta bola emassan.Ushbu gapning qaysi o‘rniga tinish belgi qo‘yish orqali 
ma’no o‘zgartirish mumkin? 
A.bola so‘zidan keyin vergul qo‘yib 
B. sen so‘zidan keyin vergul qo‘yib 
C. katta so‘zidan keyin vergul qo‘yib 
D.katta so‘zidan so‘ng undov qo‘yib 
12. Ajdodlarimiz ulug‘ temuriylarga borib tutashadi. Ushbu gapning qaysi o‘rniga 
tinish belgisini qo‘yish orqali ma‘no o‘zgartirish mumkin? 
A. ajdodlarimiz so‘zidan keyin vergul qo‘yib
B. ulug‘ so‘zidan keyin vergul qo‘yib 
C. temuriylar so‘zidan keyin vergul qo‘yib 
D. borib so‘zidann keyin vergul qo‘yib 
13.Undalmalar qaysi tinish belgi bilan ajratiladi? 
A. nuqta 
B. vergul 


C. ikki nuqta 
D. undov 
14.Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so‘ng qaysi tinish belgisi qo‘yilgan? 
A. nuqta
B.ikki nuqta 
C. undov 
D. vergul 
15. O‘zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatilib kelinatotgan tinish 
belgi bu qaysi? 
A. vergul 
B. so‘roq 
C. vergul 
D. tire 

Download 290.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling