Boshlang‘ich ta’limda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik modullarini o‘qitish zaruriyati baydjanov Bekzod Xaitboyevich


Download 63.32 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi63.32 Kb.
#1590248
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlang\'ich ta\'limda axborot xavfsizligi (2)

Axborot xavfsizligi hamda texnologik qurilmalardan foydalanish etikasining o ‘zlashtirilishi har bir inson uchun foydalidir. Ko‘plab yoshlar bilan olib borilgan suhbat naijasida shuni anglab yetdimki, insonlar axborot xavfsizligi haqidagi bilimlarni olish uchun pul sarflab, turli xil seminarlarda qatnashishni, kurslarda o‘qishni hohlashmaydi. Bu esa, kiberxavfsizlikning qanchalar muhimligi va uning ta’siri qay darajada ekanligidan bexabar fuqarolar ko‘p ekanligini anglatadi. Shu sababdan uzluksiz ta’lim hisoblangan maktablarda o‘quvchilarning zararli axborotlarga qarshi ma’naviy immunitetini va tanqidiy fikrlash sifatlarini

shakllantirish zarur. Axborot xavfsizligi bilimlari maktab sinf soatlarida yoki boshqa fanlarning ichida ham bolalar ongiga singdirilib ketilishi mumkin. Masalan, ona tili va o‘qish darslarida axborot tahdidi , undan himoyalanish mavzulari ostida kichik insholar va matnlardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari maktab mamuriyati ham bu borada turli musobaqalar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkillashi, o‘qituvchilarning mutaxassliklaridan qat’iy nazar axborot texnologiyalari, zararli axborotlar, kiber-hujumlardan himoyalanish to‘g‘risidagi bilimlarni egallashlari va buni iloji boricha o‘quvchilarga o‘rgatishlari, bu borada ota-onalar billan hamkorlikda izchil ishlar olib borishlari, ota – onalarga muammoni naqadar dolzarb ekanligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilishi, bolalarni maktab hududida ham, uyda ham nazoratda bo ‘lishlarini ta’minlashlari, bo ‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘zlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda , to‘garak mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun keng sharoitlar yaratilishi zarur. Fikrimning so’ngida dalil sifatida o‘zbekistonlik tadqiqotchilarning fikrlarini keltirmoqchiman, - “Axborot xavfsizligi bo‘yicha bilimlar o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga oddiy va tushunarli tarzda yetkazilishi kerak. 7–10 yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo‘lgani bois, unga to‘g‘ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim” [ 4,2105].



Download 63.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling