Boshlang`ich ta`limda innovatsion o’qitishda o’quvchilar diqqatini rivojlantirishning xorijiy tajribalari abdiyeva Turg‘unoy Saydullayevna – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 2-kurs magistranti
Download 17.34 Kb.
|
1 2
Bog'liqАбдиева Тургуной
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi.
Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to’xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriyadagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo’lib, bu jimlik o’quvchilar o’qituvchini zo’r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatadi. Uchinchidan, kuchli diqqat paytida o’quvchining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi. Demak, diqqat paytida organizm reseptorlari alohida holatda bo’ladi. Ammo, bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo’libgina qolmay, balki uning ma'lum yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hisoblanadi. O’quvchi ayrim narsalarga o’z diqqatini ongli ravishda o’zi xohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya'ni bizning xohishimizdan tashqari jalb qiladi. O’quvchi psixik faoliyatining muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va to’planishiga qarab diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi diqqat turlariga bo’linadi. Ixtiyorsiz diqqat deb, to’satdan ta'sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. Odamning ko’z o’ngida paydo bo’ladigan juda yorqin rangli narsalar, o’zining tashqi ko’rinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, to’satdan paydo bo’lgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bo’lishi mumkin. Masalan, dars paytida to’satdan uchib o’tgan samolyotning qattiq tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o’ziga jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Shuning uchun ham ayni chog’dagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bog’liq bo’lgan narsalarning ta'siri ixtiyorsiz diqqatga sabab bo’ladi. Ixtiyoriy diqqat deb-oldindan belgilangan qat'iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma'lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi. Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya'ni o’qish, o’yin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib, u zo’r berishni, ya'ni irodaviy kuch sarf qilishni talab etadi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turi ixtiyoriydan so’nggi diqqat deyiladi. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda o’quvchi uchun diqqatning ixtiyoriy to’planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning o’zi qiziqarli va ahamiyatli bo’lsa, ixtiyoriydan so’nggi diqqat deb tushunish mumkin. Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi. Shunday qilib, diqqatning ana shu yuqorida ko’rib o’tgan asosiy xususiyatlari o’quvchining barcha turdagi faoliyati uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli o’quvchi atrofidagi muhitga, o’quv faoliyati bilan bog’liq o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari o’quvchiga tug’ma ravishda, ya'ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar bolaning yoshlik chog’idan boshlab oyin, o’qish faoliyatlari jarayonida va o’qituvchining ko’magi asosida tarkib topib boradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008 Yoqubova M. Jamiyat axborotlashuvning falsafiy asoslari. 2007. Qahhorova Sh. Global ma’naviyat globallashuvning g‘oyaviy asosi. –T.: Tafakkur, 2009 4. Mavlonova R. Turayeva O. Xoliqberdiyev K. “Pedagogika” T:. O’qituvchi 2008 Download 17.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling