- Boylik Va
- Daromadlarni
- Qayta Taqsimlash
- Bozorlarning monopolla-shishiga qarshi kurash
- Qoshim-cha tashqi ta’sirlarni tartibga solish va nazorat qilish
- Daromad va mulkni soliqqa tortish
- Davlatning iqtisodiy vazifalari
Davlatning iqtisodiy vazifalari - Jamiyatning huquqiy va ijtimoiy asosini saqlab turish.
- Raqobatni qo’llab quvvatlash.
- Ijtimoiy ne’matlar – tovar va xizmatlar bilan ta’minlash.
- Qo’shimcha tashqi ta’sirlarni tartibga solish.
- Daromad va boyliklarni taqsimlash.
- Iqtisodiyotni barqarorlashtirish.
- Tayanch atamalar
- Qo’shimcha tashqi ta’sir – tovarni ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida, ishlab chiqaruvchi va iste’molchidan tashqari, uchinchi tomonning ko’radigan naf yoki zarari.
- Ijtimoiy ne’matlar – bozor taqdim eta olmaydigan, davlat tomonidan ishlab chiqariladigan va mamlakat aholisi tomonidan iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar.
- Har qanday mamlakat iqtisodiyoti oldida quyidagi maqsadlar turadi.
Bozorning noqobilligi - Shunday muammo va vazifalar borki, ularni bozorning o’zi hal qila olmaydi. Shu bois bu vazifalar davlat zimmasiga yuklanadi. Bular quyidagilar: halol raqobat muhitini yaratish, bozor haqida ma’lumotlar olishda hammaga birdek imkoniyatlar yaratish, qo’shimcha tashqi tasirlarni tartibga solish, ijtimoiy tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish. Mamlakat xavfsizligini ta’minlash, atrof muhitni himoya qilish, ta’lim, fan va sog’liqni saqlash sohalarini rivojlantirish kabi qator ijtimoiy hizmatlar borki, ularni tashkil qilish va boshqarish katta mablag’ va markazlashgan holda amalga oshirishni talab qiladi. Ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, bunday faoliyat natijasi har doim ham bevosita foyda olishga qaratilmagan bo’ladi. Shuning uchun ham bu ijtimoiy ne’matlarni yaratish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar e’tiboridan chetda qoladi va u bilan davlat shug’ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |