Mavzu: “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish” Bajardi: Xamidullayev A. Qabul qildi: Aripov A


Download 17.86 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi17.86 Kb.
#1627347
  1   2
Bog'liq
MRB-91


Mustaqil ish
Mavzu: “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish”

Bajardi: Xamidullayev A.
Qabul qildi: Aripov A.
Reja:

  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidantartibga solish.

  2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy usullari va shakllari.


Iqtisodiyotni davlat tomonidantartibga solish
Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalarning kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o`rtasidagi aloqalarni tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon bo`ladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davri qarama-qarshiliklarini misol keltirish mumkin. 1929-1933 yillarda sodir bo`lgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol bo`la oladi. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanaot rivojlanishda erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida o`smoqda, balki jamoa (aktsionerlik)va boshqa mulkchilik shakllarining o`rni ham oshib bormoqda. Biroq, davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o`z zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur bo`lmoqda. Masalan: temir yo`l, telegraf, pochta, mudofaa va h.k. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi ba`zi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tu`giladi. Bu, avvalam bor, iqtisodiyotni makro darajada tartibga solishda, aholining ma`lum qismini ijtimoiy himoya qilish va ularga yordam ko`rsatishda (ishsizlarga, tu`gma nogironlarga), pensiya ta`minotida, mudofaani ta`minlashda, ekologik muammolarni xal etishda, ijtimoiy tartibni saqlashda, pul muomalasini tartibga solishda, iqtisodiy takror ishlab chiqarish tsikliga ta`sir etishda, fundamental ilmni rivojlantirishda davlat aralashuviga zarurat tu`giladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat aralashuvisiz tartibga solib bo`lmaydi. Bozor mexanizmi jamiyat manfaatlarini himoya etish, uzoq davrli ijtimoiy muammolarni va mamlakatlarning o`zaro aloqalarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf eta olmaydi. Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardir:
1. Mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy xavfsizligini va milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini ta`minlash;
2. Barqarorlashtirish vazifalari (pul muomalasini tartibga solish, inflyatsiyani oldini olish va h.);

3. Qonuniy tartibga solish vazifasi;

4. Muvofiqlashtirish vazifasi;


5. Ijtimoiy yo`naltirilgan vazifasi;
6. Taqsimlash;

7. Nazorat va boshqalar.
Yuqoridagilarning barchasi hozirgi zamon iqtisodiyotida bozor mexanizmi orqali iqtisodiyotni tartibga solish qanchalik zarur bo`lsa, davlat mexanizmini shunchalar zarur ekanligini ko`rsatadi. Eng muhimi, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda xar ikkala mexanizmlarni afzal jixatlarini birlashtirishdir. Bu esa iqtisodiyotni ratsional boshqarishdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Download 17.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling