1, Markaziy bankning tartibga solish funksiyasi


Download 46.31 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi46.31 Kb.
#1391754
  1   2
Bog'liq
Pul va Banklar Ma\'ruza Inoyatov Rustam MMT-90k


Вариант № 10

  1. Марказий банкнинг тартибга солиш функцияси

  2. Банк тизимини ривожлантириш боғлиқ муаммолари

  3. Жиддий қоидабузарликлар (55 модда)


1, Markaziy bankning tartibga solish funksiyasi

Tartibga solish funksiyasi - pul muomalasini tartibga solishdir. Bunga naqd va naqdsiz pul emissiyasini kamaytirish yoki ko‘paytirish va diskont siyosati, minimal zaxiralar siyosati, ochiq bozor, valyuta siyosati orqali erishiladi.
Tartibga solish funksiyasi nazorat funksiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, minimal zaxira siyosatini o‘tkazishda, markaziy bank muayyan bankning holati haqida keng ma'lumot oladi.
Nazorat funksiyasiga bankning bank tizimi tarkibining sifat talablariga muvofiqligini aniqlash kiradi, ya'ni kredit muassasalarini milliy bank bozoriga qabul qilish tartibi. Bundan tashqari, bunga kredit muassasalari uchun zarur iqtisodiy koeffitsientlar va me'yorlar ishlab chiqish hamda ularga amal qilishni nazorat qilish kiradi.
Iqtisodiy normativlar – Markaziy bank tomonidan belgilanadigan pul aylanmasini boshqarish va bank faoliyatini tartibga solish uchun normativlardir. Masalan, ularga majburiy zaxira me'yori, likvidlik koeffitsenti, kapitalning yetarliligi va boshqalar kiradi.

2, Bank tizimini rivojlantirish bilan bog’liq muammolar
Bank tizimi xar qanday turdagi iqtisodiyotning markaziy tizimini tashkil qiluvchi unsurlaridan hisoblanadi. Bank tizimi vaktinchalik bo`sh turgan pul mablag’larini akkumulyatsiya qilish funktsiyasini amalga oshiradi. Bank tizimining muvoffakiyatli ishidan iqtisodiyotni samarali faoliyat ko`rsatishi, umuman olganda mamlakatdagi iqtisodiy o`sish bog’liq bo`ladi. Bank deb pul mablag’larini yig’uvchi, saklab beruvchi, kreditxisob va boshqa xar-xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Agar mamlakatda etarli darajadi bank faoliyatini ko`rsatayotgan banklar, kredit tashkilotlar xamda iqtisodiy tashkilotlar mavjud bo`lsa u xolda bank tizimi mavjudligi to`g’risida gap yuritsa bo`ladi. Ushbu sharoitda banklar va kredit tashkilotlari turli shakllarida xamda doimo o`z mijozlari- iqtisodiyot sub`ektlari, Markaziy bank, boshka organlar, davlat xokimiyatlari va davlat boshkaruv organlari, o`zaro yoki yordamchi tashkilotlar bilan mulokotda (munosabatda) bo`lib turadilar. Bank tizimi - tashkiliy to`zilma sifatida yirik tizim bo`lib - mamlakatningiqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklarning faoliyati va rivojlanishini moddiy va nomoddiy ne`matlarni ishlab chiqarish, muomala va iste`mol qilish bilan bog’liq xolda ko`rib chiqish zarurdir. O`zining amaliy faoliyatida banklar xo`jalik xayotini tartibga solish mexanizmi bilan o`zviy ravishda bog’liq. Tijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlarga bo`lish mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aktsiyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintakaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo`linadi. Aktsiyador banklar aktsiyador jamiyat kabi ochik turdagi yoki yopiq turdagi aktsiyador banklar bo`lishi mumkin. Aktsiyadorlar safiga kirish aktsiyalarni sotib olish yuli bilan amalga oshiriladi. Hukukiy va jismoniy shaxslar banklarning aktsiyalarini sotib olishi va aktsiyadorlar bo`lishi mumkin. Segmentlangan bank to`zilmasi tijorat va nobank kredit tashkilotlariga faoliyat muxitini (operatsiyalarini) qat`iy qonuniy tomonidan chegaralab ko`yilishini bildiradi. Bunday xolat xozirda AKSH, YAponiya, Kanada kabi davlatlarda mavjud bo`lib ularda korparativ mijozlarning qimmatli qog’ozlarni chiqarish va joylashtirish operatsiyalari bilan shug’ullanishlari taqiqlanadi. Biroq, bugungi kunda AKSH 1933 yilda qabul qilingan Glass-Stegal qonuni bekor qilinishi kutilmoqda. Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog’onali bank tizimi xosdir. Bir pogonali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy bank xali mavjud bo`lmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat bo`lsagina real (xaqikatda) mavjud bo`lishi mumkin. Ammo tsivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki pog’onali bank tizimi xos. Bunda birinchi pog’ona banklari-bu Markaziy bank, ikkinchi quyi pog’ona esa-tijorat banklari va kredit tashkilotlaridir. Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo`lgan barcha davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil kiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o`rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog’liq. Bu esa o`z navbatida ikki pogonali bank tizimini shakllanishiga asosiy omil bo`lib xisoblanadi. CHunki buning tepasida Markaziy bank bo`ladi. Ikki pogonali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag’laridan erkin foydalanish xuquqini talab qiladi. Bu quyi pog’ona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma`lum miqdorda tartibga solish nazorat kilish maksadli yo`naltirish zarur. Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.


Download 46.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling