Bozor iqtisodiyoti Vikipediya, ochiq ensiklopediya Bozor iqtisodiyoti


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#193059
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti



Bozor iqtisodiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo

ʻlib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy

faoliyatda  va  tadbirkorlikda  erkinlik,  iqtisodiy  jarayonlarni  tartiblashda  va  uyg

ʻunlashtirishda  bozor

mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.

Bozor  iqtisodiyoti  —  tovar-pul  munosabatlariga  asoslangan,  turli  mulkchilikka  hamda  iqtisodiy  erkinlikka

tayangan  va  raqobat  vositasida  boshqarilib  turuvchi  demokratik  iqtisodiyot.  Bozor  iqtisodiyoti  insoniyat

taraqqiyotida mavjud bo

ʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab

chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo

ʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan

mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo

ʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor

iqtisodiyoti  ga  barter  emas,  balki  tovar  ayirboshlash,  ya

ʼni  oldisotdi  yuritish  xos.  Shu  bois  natural  isteʼmol

o

ʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik



va  xo

ʻjalik  yuritish  erkinligiga  asoslanadi.  Xususiy  mulk  asosiy  boʻlgan  holda  boshqa  mulk  shakllari  ham

mavjud  bo

ʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy

korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil bo

ʻlib,


hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yo

ʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va

mablag

ʻiga  tayangan  holda,  korporativ,  sherikchilik  asosida  yer,  bino,  inshootlar,  mashinalarni  ijaraga  olish,



pulni qarzga ko

ʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u

tovar  va  xizmatlarni  bozorga  yetkazib  berish  asosida  foyda  topishga  qaratiladi.  Tadbirkorlar  maxsus  toifani

tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi o

ʻz

manfaatidan kelib chiqqan holda, qo



ʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab

chiqarish,  uni  qayerda  va  necha  puldan  sotilishini  bozorda  talab  belgilaydi.  Bozordagi  narx  talabdan  kelib

chiqqan  holda  talab  —  taklif  nisbati  asosida  shakllanadi.  Bozor  iqtisodiyoti  iqgisodiy  sub

ʼyektlar


alohidalashganidan  ular  manfaati  to

ʻqnashadi  va  shunday  sharoitda  raqobat  paydo  boʻladi.  Raqobat  Bozor

iqtisodiyoti  ni  harakatga  soluvchi  kuch,  uning  rivojlanishini  ta

ʼminlovchi  mexanizm  hisoblanadi.  Bozor

iqtisodiyoti  boshqarishning  iktisodiy  usullariga  tayanadi.  Bozor  mexanizmi  iqtisodiy  rag

ʻbatlantirish

mexanizmi bo

ʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli

qilib  ishlab  chiqarishni  ta

ʼminlaydi.  Bozor  iqtisodiyoti  da  pul  boylikning  umumiy  va  eng  qulay  shakliga  —

hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy bo

ʻlish man etilmaydi, aksincha,

unga  yo

ʻl  ochib  beriladi,  daromadning  yuqori  chegarasi  boʻlmaydi,  ammo  uning  quyi  chegarasini  davlat

belgilaydi  va  ishlovchilar  mehnatiga  beriladigan  haq  belgilangan  eng  kam  ish  haqilan  past  bo

ʻlishi  mumkin

emas.  Bozor  iqtisodiyoti  tovar  taqchilligi  bo

ʻlmagan,  tovarlar  moʻlkoʻlligi  taʼminlanadigan  iqtisodiyotdir.

Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning bo

ʻlishidir.

Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil bo

ʻlmaydi,


har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad ko

ʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib,

kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.

Bozor  iqtisodiyoti  da  pul  munosabatlari  ustun  bo

ʻlsada,  pul  bilan  bogʻliq  boʻlmagan  insoniy  munosabatlar:

mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta

xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni ko

ʻzlamaydi.

Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo bo

ʻladi.


Tarixan Bozor iqtisodiyoti ning 2 turi bo

ʻlgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti , madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti

Ilk  Bozor  iqtisodiyoti  kapitalning  jamg

ʻarilishi  davrida  tovar-pul  munosabatlarining  rivojlanishi  bilan  asov

iqtisodiyot sifatida paydo bo

ʻlib, unga xususiy mulkning ozchilik qoʻlida toʻplanishi, iqtisodiyotda beboshlik




va  tartibsizlikning  ustunligi,  raqobatning  qonunqoidasiz  borishi,  davlatning  iqtisodiyotdan  chetlashib  qolishi,

chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning o

ʻta boy

va o


ʻta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos boʻlgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish

orqali ma

ʼrifatli iqgisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-

asrning  30-  yillarida  boshlanib,  80-  yillarga  qadar  davom  etdi.  Hozirgi  Bozor  iqtisodiyoti  madaniylashgan

iqtisodiyot  bo

ʻlib,  unga  quyidagi  belgilar  xos:  mulkiy  xilmaxillik,  tartiblanadigan  iqtisodiyot,  davlatning

iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa

davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo

ʻlmasligi, oʻziga toʻq va

farovon yashovchi o

ʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy

to

ʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyoti ni harakterlaydi, lekin uning



taraqqiyoti  shu  bilan  cheklanmaydi.  Madaniy  Bozor  iqtisodiyoti  doirasida  uning  turli  modellari  amal  qiladi

(qarang Bozor iqtisodiyoti modellari).

Ad.;  Karimov  I.,  O

ʻzbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  yulida,  T.,  1995;  Oʻlmasov  A.,

Sharifxo

ʻjayev  M.,  Iqtisodiyot  nazariyasi,  T.,  1995;  Oʻlmasov  A.,  Iqtisodiyot  asoslari,  T.,  1997;  Kurs

ekonomiki,  M.,  1997;  Chjen  V.  A.,  Bozor  va  ochiq  iqtisodiyot,  T.,  1997.  Tuxliyev  N.,  Bozorga  o

ʻtishning

mashaqqatli yo

ʻli, T., 1999.

Ahmadjon O

ʻlmasov, Sherqul Shodmonov.

[1]

Bunday  tizimda  uning  ham  bir  qatnashchisining  xulq-atvori  shaxsiy  manfaatiga  asoslanadi,  har  bir  iqtisodiy



birlik,  alohida  qabul  qilingan  qarorlar  asosida,  o

ʻzlarining  daromadlarini  eng  yuqori  darajada  etkazishga

intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uyg

ʻunlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar

(xizmatlarning)  ishlab  chiqarilishi,  resurslarning  taklif  qilinishi  shuni  bildiradiki,  har  bir  mahsulot  va

resurslarning  ko

ʻplab  mustaqil  harakat  qiluvchi  xaridor  va  sotuvchilari  mavjud  boʻladi.  Bu  erda  iqtisodiy

jarayonlarga  davlatning  aralashuvi  cheklangan  tavsifga  ega  bo

ʻladi.  Shu  sababli  davlatning  roli,  xususiy

mulkni  himoya  qilish  va  erkin  bozorning  amal  qilinishi  yengillashtiruvchi  ishonchli  huquqiy  tartiblar

o

ʻrnatishdan iboratdir.



[Bozor iqtisodiyotiga ikki xil yo'l bilan o'tiladi: revolyutsion(birdaniga) va evolyutsion(sekin asta, O'zbekiston

ham  shu  qatori).  4  xil  bozor  turi  bir:  1.mahalliy  2.milliy  3.hududiy  4.jahon  bozorlari.  (Mirzalatipov

Mirzahamid tahriri) ]

1. O


ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ushbu maqolada O

ʻzbekiston milliy



ensiklopediyasi (2000-2005) ma

ʼlumotlaridan



foydalanilgan.

Iqtisodiyot va moliyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.or

g/w/index.php?title=Bozor_iqtisodiyoti&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Manbalar


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bozor_iqtisodiyoti&oldid=2001807" dan olindi 

Bu sahifa oxirgi marta 2-Avgust 2018, 17:30 da tahrir qilingan.

Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi bo

ʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha

shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling