Boshlang’ich ta’limda pedagogik konfliktlar va ularni bartaraf etish Reja


Ikkinchi tamoyil to‘ldiruvchilik tamoyilidir


Download 53.03 Kb.
bet3/4
Sana07.01.2023
Hajmi53.03 Kb.
#1083395
1   2   3   4
Bog'liq
Boshlang’ich ta’limda pedagogik konfliktlar va ularni bartaraf etish

Ikkinchi tamoyil to‘ldiruvchilik tamoyilidir. Mazkur g‘oyaning asosini qarama-qarshilik rivojlanishning negizi sifatida o‘zaro bir-birini to‘ldirish asosida o‘quvchilarning bilimlarini boyitishni tashkil etadi. Bu jarayonda o‘qituvchining ochiq monologi o‘rnini ishchan, fikriy muloqot egallaydi. O‘zaro birgalikdagi harakat, sherikchilik, rivojlanuvchi shaxsning mustaqilligiga asoslanib yo‘nalish olish kabilar tashkil etadi.
Uchinchi muhim tamoyil ta’lim-tarbiyaviy axborotlarningochiqligi tamoyilidir. Ochiqlik o‘zining ko‘plab aniqlovchilariorasida yana bir muhim sifatga ega bo‘lgan pedagogik hodisadir. Ochiq xarakterdagi bilimlar o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, o‘z hududida biluvchi shaxsga nisbatan ochiqlik kasb etadi. O‘quvchi ko‘z o‘ngida uning bilish faoliyati jadalligiga asoslangan holda bilimlar dunyosi namoyon bo‘ladi. Bu bilimlar va o‘quvchining bilish faoliyati uning asosiy qadriyati hisoblanadi. Bunday sharoitda o‘qituvchi o‘quvchilarga bilimlarni tayyor holda taqdim etmaydi, balki ularga turlicha aqliy operatsiyalarni bajartirish orqali yangi bilimlarni taqdim etadi.
Xavfli holatlardan biri - pedagogik hamkorlik tamoyillariga yuzaki yondashishdir. Pedagogik hamkorlik doirasida qo‘llaniladigan maqbul usullarning mohiyati shundaki, hamkorlik asosidagi bilish jarayoni uning ochiqligi bilan xarakterlanadi. Agar pedagogik hamkorlik jarayoni ochiq bo‘lsa, murakkab tarzda tashkil etiladigan, bo‘sh tarzda tarkiblashgan, nomuntazam tarzda rivojlanadigan, moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘z faoliyatini mustaqil tashkil etadigan jarayonlarni bilish metodlari ham ochiq bo‘lishi lozim.
Ta’lim mazmunining shaxsiy mohiyat kasb etishi uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar ongining shaxsiy tarkibiga e’tibor qaratish lozim. Ijodkorlikka asoslangan o‘z faoliyatini mustaqil tashkil etishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining negizi va mexanizmi sifatida o‘qish, o‘rganish, tarbiyalash hamda o‘z-o‘zini tarbiyalash namoyon bo‘ladi. Ularda o‘quvchilarning o‘z faoliyatini mustaqil tashkil etishga qaratilgan o‘quv materiallari va axloqiy qadriyatlar o‘z ifodasini topgan. Uning yordamida o‘quvchilarni pedagogik qo‘llab-quvvatlashga asoslangan ta’lim texnologiyalari vujudga keladi.
O‘quvchining yangi, ya’ni hamkorlik holatiga o‘tishida vaziyatning o‘zi bilan bog‘liq tarzda uning ongi va kechinmalari ham faollashadi. Bu jarayonda pedagogik hamkorlik o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida shaxsiy nuqtai nazarning ikki ko‘rinishini vujudga keltiradi:
1) ijtimoiy jihatdan moslashish yoki vaziyatni tashkil etish jarayonida faol ijodiy faoliyat ko‘rsatish;
2) o‘zfaoliyatini mustaqil tashkil etishga asoslangan ijodkorlik, ta’lim olish, o‘rganish, tarbiyalash, o‘z-o‘zini tarbiyalash pedagogik faoliyatning maqsadi sifatida namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunda o‘qituvchining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati bosqichma-bosqich ustozona nasixatgo‘ylikdan o‘quvchini tushunuvchi, uning qayg‘ulariga sherik, ta’lim jarayonining o‘zaro teng imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamkoriga aylanmoqda. O‘quvchiga pedagogik yordam ko‘rsatish, birgalikda xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish ta’lim jarayonida asosiy o‘rin egallamoqda. Bunday yondashuv natijasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilarining nuqtai nazarlarini yoppasiga o‘rganish va tahlil qilishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat shakllanmoqda. Buning natijasida o‘qituvchi faoliyatiga bo‘lgan talablar o‘zgarmoqda. O‘quv dasturida ko‘rsatilgan bilimlarni o‘quvchiga ko‘chirish, uning bilimdonligini shakllantirish ko‘nikmasi o‘rnini ijodiy masalalarni yechish, ko‘p tarmoqli ongni shakllantirish, o‘z faoliyatini amalga oshirish layoqatini tarkib toptirish ko‘nikmasi egallashi lozim. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi ko‘p jihatdan fan o‘qituvchisi va metodist sifatida namoyon bo‘lmasligi, balki yangicha pedagogik konfliktlar yechimini topishga asoslangan ta’lim tizimining boshqaruvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatishi kerak. Chunki, bugungi kun talabiga ko‘ra o‘qituvchi o‘quvchilar ongining rivojlanish yo‘llarini tahlil qiluvchi sub’ektdir.
Tanlov, erkinlik, mustaqillik, axloqiylik, o‘z faoliyatini amalga oshirish hodisasi nafaqat tashqi omillar ta’sirining natijasi, balki ichki omillar, ya’ni shaxs ongi, uning ichkimazmuni va shaxsiy tarkibi bilan bog‘liqdir. Ichki omillar o‘quvchilarning maqsadga yo‘naltirilganlik darajasi, qiziqishlari, o‘z faoliyatini amalga oshirishga bo‘lgan ixtiyori hamda o‘z-o‘zini tasdiqlashini ifodalaydi. Bunday yo‘nalishlarni tayyor holda qo‘lga kiritish mumkin emas. U o‘quvchining bilishga asoslangan ongida hamkorlik jarayonida yangidan vujudga kelishi kerak.
O‘quvchilarda bilishga asoslangan ongni rivojlantirishning samarali yo‘llaridan biri - pedagogik hamkorlikdir. Pedagogik hamkorlikning insoniy jihati o‘quvchining o‘quvchi, o‘qituvchining o‘quvchilarga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida pedagogik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muayyan to‘siqlar ham mavjud. Bu to‘siqlarning aksariyati o‘qituvchi va o‘quvchilar ongida namoyon bo‘lmokda. Buamalda mavjud bo‘lgan pedagogik an’analar bilan bog‘liq. Mazkur fikrni oydinlashtirishga intilar ekanmiz, bugungi kunda ta’lim jarayonida pedagogik ongni yangicha, ya’ni hamkorlik asosida rivojlantirishga bo‘lgan harakatlar sust kechmoqda.
Ta’lim jarayonida har bir o‘quvchida mustaqillikka va hamkorlikka intilish ko‘nikmasini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bilimlarni o‘zlashtirish faqatgina mavjud ob’ektiv hodisa sifatida talqin etilishi mumkin emas. Unda o‘z-o‘zini rivojlantirishning bir qator ichki quvvatlari ham ishtirok etadi. U sub’ektivlik belgilariga ham ega. Shaxsiy tajribaga xos bo‘lgan, uning tabiiyligini baholamagan, ilmiyligi, ilmiy-tarixiy ongga zid bo‘lmagan xususiyatidir. U o‘zida muayyan shaxs ongiga xos bo‘lgan xususiyatlarni ifodalaydi.
O‘quvchining axloqi o‘zoq vaqt mobaynida mustaqillikka nazariy emas, balki amaliy ishonch bag‘ishlaydi. Bugungi kunda o‘qituvchilar tanlagan mavqe aniq imkoniyatlarni egallashga yo‘naltirilgan. U pedagogik faoliyatning yangi qadriyatlari vamazmun-mohiyatini aniqlash zarurligini ko‘rsatmokda. Chunki, bugungi kunda pedagogik jarayon axborotli-yo‘naltiruvchilik quvvatidan axloqiy qadriyatlarga jalb qiluvchi nafis texnologiyalarni qo‘llashni talab qilishga yo‘naltirilgan pedagogik vaziyatga o‘tishni talab qilmoqda.
Mazkur ikki xil pedagogik faoliyatning o‘zaro bir-biridan farqli jihatlari:
a) aniq, oddiy, biroq, faqatgina tayyor bilimlarni o‘quvchilarga uzatishga xizmat qiladi;
b) ko‘prok darajada dolzarb va samarali, ta’lim-tarbiyaning mustaqil tarzda tashkil etilishini ta’minlashga qaratilgan.3
Birok, u o‘ta murakkab, muayyan va qat’iy texnologiya ko‘rinishida namoyon bo‘lmaydi. Ushbu texnologiyalarga hamkorlikasosida yondashuv bir qadar ob’ektiv ahamiyat kasb etadi. Mazkurvoqelik muayyan darajada aniq jarayonlar bilan bog‘liqdir. Uo‘ziga xos belgilar, xususiyatlar, tamoyillar, mazmun, mavjudlikshartlariga ega. Bo‘larning barchasi uning o‘quvchilar ongida namoyonbo‘lishini ta’minlaydi.
Hamkorlikning pedagogik qimmati shundan iboratki, uo‘quvchiga xosbo‘lgan o‘lchovlarni bilishning asosiy metodisifatida o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash imkonini beradi. Pedagogik hamkorlikning o‘ziga xos metodlari va tamoyillari yordamida o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘zining insonparvarlikka asoslangan pedagogik faoliyatini amalga oshiradi. Shu bilan birqatorda, u o‘quvchilarni yaxshiroq tushunishga muvaffaq bo‘ladi. Pedagogik hamkorlik yordamida konfliktlar yechimini topishga pedagogik faoliyatda yangicha instrumentariy vujudga keladi. Bu esa, o‘quvchilarni tushunishning fikriy-izlanuvchi va pedagogik hodisalarni qayta baholovchi metodidir. Pedagogik hamkorlik pedagogik madaniyatning yangi, yanada nazokatli o‘lchovlarini, tolerantlikni namoyon qilish imkonini beradi.


Download 53.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling