Boshlang’ich ta’limning 4-sinf ona tili o’qish savodxonligidan ta’lim standartlari


-SINF FONETIKA, GRAMMATIKA, IMLO VA NUTQ O‘STIRISH


Download 244.05 Kb.
bet2/22
Sana29.10.2023
Hajmi244.05 Kb.
#1732612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOSHLANG’ICH TA’LIMNING 4-SINF ONA TILI O’QISH SAVODXONLIGIDAN TA’LIM STANDARTLARI

4-SINF
FONETIKA, GRAMMATIKA, IMLO VA NUTQ O‘STIRISH
(170 soat, A1+: 238 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at)
manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish;
media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish, fayllarni ochishda
media madaniyatiga rioya qilish.
A1+
axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at)
manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, ulardan samarali foydalana
olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish;
kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish;
o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish
va xatolarini tuzatishga harakat qilish.
A1+
doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
60
maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar, hashar va h.
k. ishtirok etish va muomala madaniyatiga (kattaga hurmatda, kichikka izzatda
bo‘lish kabi sifatlarga) amal qilish;
oilada o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglash.
A1+
o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
A1
maktabning ichki va tashqi qoidalariga rioya qilish;
yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
milliy qadriyatlarni (milliy-madaniy an’analar, bayramlar, sayllar) bilish.
A1+
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga
e’tiqodli bo‘lish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish.

Download 244.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling