Lingvistik kompetensiya: talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in
ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma
nutqda o‘rinli qo‘llay oladi, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri
foydalana oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A1+
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
gap bo‘laklarini bog‘lovchi grammatik vositalar, qo‘shimchalar va ohang
yordamida bog‘lay oladi;
berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib o‘qiydi;
tanlangan matnga sarlavha qo‘yib, reja tuza oladi, tuzilgan ijodiy matnning
mantiqiy izchilligiga rioya qilgan holda va xatboshi, imlo hamda husnixat
qoidalariga amal qilib yoza oladi, rasm asosida ijodiy matn yarata oladi.
Lingvistik kompetensiya:
o‘rganilgan ifoda vositalaridan nutqda o‘rinli foydalana oladi.
40-41-mavzular. So‘z tarkibi. So‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalar
(2 soat).
Mustahkamlash: so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalar: egalik, kelishik,
shaxs-son qo‘shimchalari. Matndan asosdosh so‘zlarni ajrata olish, bir xil asosli
so‘zlar hosil qilish va ularning imlosi.
42-mavzu. Bayon (1 soat).
VIII bo‘lim. SO‘Z TURKUMLARI
(3soat, A1+: 2 soat)
43-44-mavzular. So‘z turkumlari (2 soat).
Ot. Otning ma’no turlari, Shaxs otlari, narsa otlari, joy otlari. Otlarning
kim?, nima?, qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘lishi; otlarning bosh va kichik
65
harflar bilan yozilishi; otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi; otlarning bosh va
ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi.
Sifat. Sifatning ma’no turlari va qanday?, qanaqa? So‘roqlariga javob
bo‘lishi. Sifatlarning otga bog‘lanishi, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |