Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay
oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila
oladi, o‘zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi, mavzuga oid so‘zlarni
og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay
oladi.
A1+
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib o‘qiydi; nutqida ot, sifat,
son, fe’l va kishilik olmoshlarini o‘rinli qo‘llab ijodiy matn yarata oladi, xabar,
tasvir, muhokama shakllaridan foydalanib matn yarata oladi, tabriknoma, xat yoza
oladi.
Lingvistik kompetensiya:
imlo va talaffuz me’yorlari, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi,
o‘zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo‘llaydi, o‘rganilgan ifoda vositalaridan
nutqda o‘rinli foydalana oladi.
Nazorat va tahlil(2 soat).
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
XIII bo‘lim. FE’L – SO‘Z TURKUMI
(29 soat, A1+:10 soat)
111-mavzu. Fe’l – so‘z turkumi (1 soat).
Fe’l – so‘z turkumi haqida ma’lumot:
112-mavzu. Fe’lning so‘roqlari (1 soat).
Fe’lning so‘roqlari,harakat ma’nosini bildirishi, gapdagi vazifasi, bo‘lishli
va bo‘lishsiz shakllarda qo‘llanishi.
113-114-mavzular. Fe’l zamonlari (2 soat). Fe’l zamonlari haqida
ma’lumot, harakatning uch zamonda bajarilishi, fe’lning zamoniga ko‘ra
beriladigan so‘roqlar.
115-mavzu. O‘tgan zamon fe’li (1 soat).
O‘tgan zamon fe’lining nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan (yoki
bajarilmagan) harakatni bildirishi. –di, -gan – o‘tgan zamon qo‘shimchalari.
72
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat).
Husnixat (1 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |