Boshlang’ich ta’limning 4-sinf ona tili o’qish savodxonligidan ta’lim standartlari


Download 244.05 Kb.
bet11/22
Sana29.10.2023
Hajmi244.05 Kb.
#1732612
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOSHLANG’ICH TA’LIMNING 4-SINF ONA TILI O’QISH SAVODXONLIGIDAN TA’LIM STANDARTLARI

Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay
oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila
oladi, o‘zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi, mavzuga oid so‘zlarni
og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi, nutqda so‘zlarning grammatik
shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A1+
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib o‘qiydi; ijodiy matnning
mantiqiy izchilligiga rioya qilgan holda va xatboshi, imlo hamda husnixat
qoidalariga amal qilib yoza oladi, rasm asosida ijodiy matn yarata oladi, xabar,
tasvir, muhokama shakllarini qo‘llab matn yarata oladi, tabriknoma, xat,
taklifnoma, e’lon yoza oladi.
Lingvistik kompetensiya:
imlo va talaffuz me’yorlari, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi,
o‘zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo‘llaydi, o‘rganilgan ifoda vositalaridan
nutqda o‘rinli foydalana oladi.
Nazorat ishi (2 soat).
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat).
Husnixat (1 soat).
71-72-mavzular. Chiqish kelishigi (2 soat).
68
Chiqish kelishigining qo‘shimchasi, so‘roqlari, ma’nosi. Chiqish kelishigi
qo‘shimchasining otni fe’lga bog‘lashi. Chiqish kelishigidagi otlarning talaffuzi va
imlosi.
73-74-mavzular. Otlarning kelishiklar bilan qo‘llanishi (2 soat).
Matndan kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan otlarni aniqlash, kelishik
qo‘shimchalarini va ularning turini belgilash. Nutqda otlarni kelishik shakllarida
to‘g‘ri qo‘llash.
75-mavzu. Ot yasovchi qo‘shimchalar (1 soat).
Otga va boshqa so‘zga qo‘shilib, uning ma’nosini o‘zgartirayotgan
qo‘shimchalar. –chi, -zor, -dosh, -kor, -k, -q- ot yasovchi qo‘shimchalardir.

Download 244.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling