Boshlang’ich ta’limning 4-sinf ona tili o’qish savodxonligidan ta’lim standartlari


Download 244.05 Kb.
bet19/22
Sana29.10.2023
Hajmi244.05 Kb.
#1732612
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOSHLANG’ICH TA’LIMNING 4-SINF ONA TILI O’QISH SAVODXONLIGIDAN TA’LIM STANDARTLARI

A1+
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi; matn
mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi; 70-75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida ijodiy matn tuza oladi.
Lingvistik kompetensiya:
so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi;
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli
qo‘llay oladi.
NUTQ O‘STIRISH
Nutq, matn va gapni farqlash; og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishni to‘g‘ri
shakllantirish; matn mazmunini qayta hikoyalatish; matndagi asosiy fikrni aniqlay
olish; matnning tuzilishini aniqlash, uni qismlarga ajratish; ular orasidagi
bog‘lanishni izohlay olish; matnga sarlavha topish.
Bayon. Berilgan matn asosida hikoya yozish; muhokama va tasvir janri
elementlari qatnashgan bayon yozish; matnni qisqartirib, ijodiy qayta hikoyalash
asosida bayon yozish; tanlab qayta hikoyalash asosida bayon yozish.
Bayon va kichik hikoyalarga tasvir va muhokama tufayli hosil bo‘lgan
fikrlardan asta-sekin ikki-uch jumladan qo‘shib borish.
Ijodiy matn. Qismli (qismlarga ajratib berilgan) rasmlar va mavzular bitta
rasmda ifoda etilgan ko‘rinish asosida, shuningdek, o‘qilgan, kuzatilgan,
75
eshitilgan, ko‘rilgan voqea va hodisalar asosida material to‘plash, reja va shu
asosida kichik hikoya yozish; bayon rejasini tuzishda o‘quvchilarni mustaqil
fikrlashga yo‘llash.
O‘z ishlari va hayotlari haqida do‘stlariga xat yozish. Ota-onasi, ustozi
hamda o‘rtoqlariga og‘zaki va yozma tabriknoma tayyorlash.
HUSNIXAT
Ona tili darslarida “Husnixat daqiqa”lari uchun 5-8 daqiqa vaqt ajratiladi.
Chiroyli yozish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bo‘g‘in, so‘z, gap matnni husnixat
qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib yozish; eshitib yozish va mustaqil yozish;
matnni yozishda sarlavhaning yozilishiga, xat boshidan boshlash; so‘zlar orasidagi
masofaning bir xilligiga, harflarning to‘g‘ri va aniq yozilishiga, tutashtirilishiga
diqqat qaratiladi, hoshiyaga rioya qilish, o‘zining va o‘zgalarning yozuvini grafik
tahlil qila olish kabi malakalari takomillashtiriladi.
O‘quv yili oxiridagi takrorlash o‘rganilgan bilimlarni eslatish orqali
sistemaga solish va umumlashtirish maqsadida o‘tkaziladi. O‘quvchilar bir darsda
bir necha turdagi mujassam topshiriqlarni bajaradilar. Takrorlash darslari matn,
gap, gap bo‘laklari, tovush va harflar, tovushlarning turlari, bo‘g‘in, alifbo, asos,
so‘z yasovchi, gapda so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimcha, so‘z turkumlari bo‘yicha
o‘tkaziladi. O‘quvchilar nutqi va yozuvidagi kamchiliklar hisobga olinadi. Bu
o‘qituvchining boshqa sinflarda ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etishini
ta’minlaydi. O‘quvchilar bilan o‘quv yili davomida imlosi ustida ishlanadigan,
o‘quvchilarning lug‘at boyligiga qo‘shilgan ayrim so‘zlar darslik oxiridagi lug‘atda
berilgan. Darslikda notanish so‘zlar ma’nosi berilgan bo‘lib, o‘quvchilardan ularni
o‘zlashtirish talab qilinadi.

Download 244.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling