Nutq o‘stirish – 11 soat (A1+: 34 soat)
Husnixat uchun – (A1+: 34 soat)
Jami –170 soat (A1+: 238 soat )
O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
radiodan eshitgan, televizordan ko‘rgan lavhalarni tushunadi va turli
manbalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topadi hamda foydalana oladi;
televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera oladi;
darsda kitob bilan ishlay oladi, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani,
mashqni topadi, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajara oladi.
A1+
media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni
bajara oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
o‘quv fanlarini o‘rganadi va bir-biridan farqlay oladi;
mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topadi va
namuna asosida so‘zlar tuza oladi;
so‘z yoki gapni shakl, harf, belgilar bilan ifodalaydigan topishmoqni topadi,
har xil ko‘rgazmali qurollardan foydalana oladi;
rasmli kitoblar, jurnal va gazetalarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini
muntazam oshirib bora oladi;
kun tartibiga rioya qiladi, uni to‘g‘ri tashkil eta oladi va badantarbiya bilan
shug‘ullanadi;
kattalarni hurmat qiladi, ularning nasihatiga amal qiladi, jamoat joylarida
o‘zini tuta oladi.
A1+
og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera oladi;
o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila oladi va
xatolarini tuzatishga harakat qiladi, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam
berish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
maktabda, oilada va turar joylarida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar
va h. k.) ishtirok etadi;
77
o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini biladi va ularga rioya
qila oladi;
davlat ramzlarini biladi, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsata oladi;
maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar va h. k.)
ishtirok etadi hamda muomala madaniyatiga amal qila oladi;
sinfda va oilada o‘z o‘rnini biladi, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni anglay
oladi;
o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam bera oladi;
sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |