Kitob millatning madaniy me'rosi


Download 20.98 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi20.98 Kb.
#1007370
Bog'liq
Kitob haqida ma\'lumot


Kitob – millatning madaniy me'rosi

«Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim hazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.


«Yoshlarimizning ma'naviy dunyosini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim vazifalarimizdan biridir»,- deb ta'kidladi O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’zining O’zbekiston Konstitsiyasining 17 yilligiga bag’ishlangan ma'ruzasida.


Bu ma'noda kitob farzandlarimiz ta'limi va ma'naviy tarbiyasida eng muhim omil bo’lib hizmat qilmoqda. Kitoblar insoniyatning eng boy bilim hazinasi sandig’idir, desak xato qilmaimiz. Kitob millatning madaniy me'rosi sifatida boqiydir. Kitob mutolaasi esa inson faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Qaysi yoshda bo’lmailik har birimiz o’zimizning eng birinchi o’qigan kitoblarimizda yozilgan ezgu fikrlarni eslaimiz. U kitoblar bizning bolalik paitimizda afsonalar mamlakatiga sair ettirgan O’zbek halq ertaklari-yu Pushkin she'rlari, keyinchalik esa bizni donishmandlik hazinasi bilan tanishtirgan Mir Alisher Navoiining «Hamsa» asari va Qodiriy domlaning moziyga qarab hayrli ish ko’rishga o’rgatgan «O’tgan kunlar» romanidir.


Inson hayotida kitobning o’rni beqiesdir. Erishgan bilimlarimiz va ma'lumotimiz uchun biz Kitob, deb atalmish bilimlar hazinadoni oldida qarzdormiz. Kitob doyim bizni fikrlashga, halol yashashga, Vatanni sevish, jamiyat taraqqiyotiga hizmat qilish va ma'naviy me'rosimizni asrashga, ezgulikka chorlab kelgan.


Shuni alohida qaid etishni istardikki, O’zbekistonda kitobga bo’lgan qiziqish va hurmat hamda uni e'zozlash azaldan shakllanib kelgan. Jamoatchilik fikrini o’rganuvchi «Ijtimoii fikr» Respublika markazi doimiy ravishda kitobhonlarning badiiy, ijtimoiy-siesiy, ilmiy va ma'rifiy kitoblarga bo’lgan qiziqishi va talablarini o’rganish maqsadida aholi o’rtasida so’rovlar uyushtirib turadi. Respublikada o’tkazilgan so’nggi so’rovlar shuni ko’rsatdiki, jamiyatimizda kitobning ahamiyati, aholining kitobga bo’lgan talabi doim oshib bormoqda. So’rovnomada ishtirok etganlarning aksariyati kitob bilim va ma'naviy yuksaklikka erishishning eng asosiy manbaalaridan biri, deb hisoblaganlar. Bu esa davlatmizning yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash hamda milliy-madaniy va ma'naviy me'rosimizni availab-asrashga qaratilgan siyosati natijasi ekanligi shubhasizdir.


Bugun mustaqillik yillarida jadal sur'atlar bilan ravnaq topib borayotgan O’zbekiston nashriyotlari va matbaa korhonalari turli yoshdagi kitobhonlarga qator janr va mavzularga boy bo’lgan kitob mahsulotlarini taqdim etmoqdalar.


Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yildagi «Davlat matbuot qo’mitasini O’zbekiston Matbuot va ahborot agentligiga ailantirish» to’g’risidagi Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonga muvofiq 10 nashriyot bazasida 4 ta nashriyot-matbaa ijodiy uilari va «O’zbekiston Milliy enciklopedyasi» nashriyoti tashkil etildi. Bugun O’zbekistonda jami 100dan ziyod nashriyot va 1420dan ziyod matbaa korhonalari faoliyat ko’rsatmoqdalar. Ular har yili 1200dan ortiq nomdagi kitob mahsulotlarini mamlakat va horijiy kitobhonlarga taqdim etmoqdalar.


O’zbekiston nashriyotlari ko’plab nufuzli halqaro kitob ko’rgazma va yarmarkalarida ishtirok etib, doyimo avvalgi o’rinlarni egallab kelmoqdalar. Jumladan, joriy yilning iyun' oyida O’zbekistonning «O’zbekiston», «O’qituvchi», G’afur G’ulom va Cho’lpon nomidagi nashriyotlari Moskvada bo’lib o’tgan «Kitob san'ati» Хalqaro konkursda ishtirok etib, turli nominatsiyalar bo’yicha g’olib bo’ldilar.


Shuni alohida qayd etish zarurki, O’zbekiston Matbuot va axborot agentligining «Kitob dunyosi» gazetasi shu kunlarda «Eng yahshi kitob» Ikkinchi Respublika tanlovini o’tkazmoqda. Tanlovning asosiy maqsadi matbaa va nashriyot sohasida respublikada faoliyat yurituvchilarni rag’batlantirish hamda kitoblar nashri va matbaa ijrosi sifatini aniqlashdir.

Hozirda yoshlarimiz asosiy axborotlarni televidenie va Internet orqali olmoqda. Shu bois yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini kuchaitirish ularning ma'navii yuksalishi hamda umumiy madaniy saviyasini oshirishda muhim ahamiyatga egadir.


Bu sohada G’afur G’ulom va Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari yosh o’quvchilar uchun o’zbek va horijiy klassik adabiyotiga hamda halq og’zaki ijodiga oid kitoblar nashr etib kelmoqdalar. Shu kunlarda ikki ijodiy uy hodimlari 2010 yil – Barkamol avlod yiliga bag’ishlab ilm-fan, adabiyot va ta'lim sohasidagi qator kitoblarni nashrdan chiqarmoqdalar.


Shuni ta'kidlash zarurki, ikki nashriyot umumta'lim maktablari, kollej va litseylar uchun nafaqat o’zbek, balki rus, qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, tojik va turkman tillrida ham o’quv kitoblarini nashr etmoqdalar. Horijiy matbaachilarning ta'kidlashicha, dunyoda turli millat vakillari uchun ularning tilida o’quv kitoblari nashr etuvchi davlatlar soni juda kam, O’zbekiston ana shundai davlatlardan biridir. Mamlakatimiz rahbariyati aholisi o’qimishli va bilimli bo’lmagan jamiyat iqtisodi mustahkam va kuchli davlat qura olishi mumkin emas, deb hisoblaydi. Va bu sohada aniq amaliy vazifalarni amalga oshirib bormoqda.


«O’z tarixini bilmaidigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi io’q»,- deb yozadi O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’zining «Yuksak ma'naviyat engilmas kuch» asarida. O’zbekiston o’zining ko’p asrlik madaniyati durdonlarini, jahonga mashhur allomalarining ilmiy-adabiy me'rosini, jumladan ular qoldirgan noyob kitoblarini kelajak avlod uchun avaylab-asrab, yosh avlod o’rtasida ommalashtirib, keng targ’ib qilib kelmoqda.




Kitob – bilm manbai. Kitob mutolaasi esa insonni hayoti davomida mukofot bilan bilan taqdirlovchi sharafli mehnatdir. Bu borada farzandlarda kitob mutolaasiga mehr uig’otishda oila muhim ahamiyat kasb etadi. Farzandlarimizda kitobga mehr uig’otishga harakat qilailik!
Download 20.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling