Idrok” jamoasi navbatchilik savollari 1


Download 20.96 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1586811
  1   2
Bog'liq
Idrok savollari

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Javob

Idrok” jamoasi navbatchilik savollari

1. Braziliyaning qashshoq rayonlari bo'lgan favelalarda jinoyatchilar soni juda ko'p, lekin favelalarning o'zida jinoyatchilik boshqa hududlardagiga nisbatan juda kam. Bu ma'lumotni o'qigan savol muallifi, 1982-yildagi film qahramoni gaplarini eslaydi.

Diqqat savol: ushbu gaplar qaysi qahramon tomonidan aytilgan edi?



Javob: Anzirat buvi

Izoh: Favelalardagi og'rilar ham tashqarida o'g'irlik qilib kelishgan.

Manba: 1. https://pikabu.ru/story/favelyi_v_rio__braziliya_faktyi_7897683

2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Suyunchi_(film)



2. Internetda paydo boʻlgan bir hazil karikaturada. Eduard tomonidan 1966-yilda oʻylab topilgan bu personajlar kinoga borgani tasvirlangan. Bosh qahramon yonidagi sherigiga norozi ohangda: "sen tufayli yana ikkita ortiqcha oʻringa pul toʻlashimga toʻgʻri keldi", deydi. Bu qahramonlarni toping.
Javob: Timsoh Gena va Cheburashka.
Izoh: Sovet-rus yozuvchisi Eduard Uspenskiy asari qahramonlari.

Manbalar: 1. https://zasmeshi.ru/caricature/4135/cheburashka-v-kino.HTML


2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D1%80%D0%BE%D0%BA%D0%BE%D0%B4%D0%B8%D0%BB_%D0%93%D0%B5%D0%BD%D0%B0_%D0%B8_%D0%B5%D0%B3%D0%BE_%D0%B4%D1%80%D1%83%D0%B7%D1%8C%D1%8F

3. Bir karikaturada galereyaga kelgan ota va bola bitta mashhur asar yoniga kelganida undagi maʼlum qismlar yerga tushib yotganini va asar shundan soʻng UNGA oʻxshab qolganini koʻrishadi. Uning yaratuvchisi Masaxiro Xara hisoblanib, Undan dastlab Yaponiyada avtomobil sanoatida ishlatila boshlangan. Hozirda deyarli barcha sohalarda Undan keng foydalanish ommalashmoqda. Uni defis ishlatgan holda xorijiy soʻzda yozib bering.

Javob: QR-kod
4. Ushbu kartina Ieoronim Bosx tomonidan chizilgan bo'lib, Ularga bag'ishlanadi. 1995-yilda Devid tomonidan olingan film ham Ularga bag'ishlangan deyishimiz mumkin.

Diqqat savol: ularni bir necha so'z qatnashtirib aniq yozib bering.



Javob: 7 o'limli gunohlar
Qabul: Семь смертных грехов, Seven deadly sins.

Manba: .1. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B5%D0%BC%D1%8C_(%D1%84%D0%B8%D0%BB%D1%8C%D0%BC)


2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B5%D0%BC%D1%8C_%D1%81%D0%BC%D0%B5%D1%80%D1%82%D0%BD%D1%8B%D1%85_%D0%B3%D1%80%D0%B5%D1%85%D0%BE%D0%B2_%D0%B8_%D1%87%D0%B5%D1%82%D1%8B%D1%80%D0%B5_%D0%BF%D0%BE%D1%81%D0%BB%D0%B5%D0%B4%D0%BD%D0%B8%D0%B5_%D0%B2%D0%B5%D1%89%D0%B8

5. Savolni Ahad Qayum beradi.

1951-yilda ushbu mashhur shaxs yana Yevropa davlati poytaxtiga tashrif buyuradi. Bu safar mer Valter Shrayber unga ikki qo'lini ham uzatib ko'rishadi. Bu odamning kimligini yozib bering



Javob: Jessi Ouens

Izoh: AQSHlik qora tanli yuguruvchi Jessi Ouens 1936-yilda Berlin Olimpiadasida 4 ta oltin medalni yutganiga qaramay, taqdirlash marosimida Gitler u bilan qo'l berib ko'rishishni xohlamaydi. Qora tanli bo'lgani uchun AQSHda ham hech kim uni munosib kutib olmaydi. Xo'rlangan Jessi haqidagi savol nega Ahad Qayum nomidan berilganiga izoh shart emas)



6. Savol muallifi gorodskayaferma.ru saytida hayvonlarning bolalari qanday nomlanishi haqidagi maqolani o'qib qoldi. Qanchalik paradoksal tuyulmasin, bu hayvonning bolalari щенок, ya'ni kuchuk deb nomlanar ekan. Bir karikaturada esa, bu hayvon "Meni Ben Laden o'limiga aloqam yo'q", deyayotganini ko'rishimiz mumkin.

Diqqat savol: Ushbu hayvon turini yozib bering.



Javob: Dengiz mushuklari

Izoh: Ben Ladenni yo'q qilish operarsiyasini AQSHning "Dengiz mushuklari" deb ataluvchi maxsus bo'linmasi amalga oshirgan. Dengiz mushuklarning bolalari щенок, ya'ni kuchuk deb atalar ekan.

Manba: https://gorodskayaferma.ru/blog-animal-kids#popup:infoblock

7. Siz suratda 1941-yillari olingan Empayr Steyt Bilding binosining boshqa binolar fonidagi koʻrinishi koʻrib turibsiz. Bu suratni koʻrgan savol muallifi unga bir mashhur fransuzcha iborani sal oʻzgartirib nom bergan.
Diqqat savol: Iborani oʻsha oʻzgartirilgan holatida toponim qatnashtirib yozib bering.

Javob: Nyu-York bir kunda qurilmagan.

Izoh: Muhim ishlar vaqt talab qilishiga nisbatan "Rim bir kunda qurilmagan" iborasi ishlatiladi. Bu ibora ilk marta 1190-yili fransuz tilida nashr etilgan "Vilan haqida maqollar" kitobida ishlatilgan.

Manbalar: 1. https://papina.ru/2022/04/30/nju-jork-tozhe-ne-srazu-stroilsja-vot-tak-vygljadel-jempajr-stejt-bilding-v-1941-om-g/
2. https://translated.turbopages.org/proxy_u/en-ru.ru.fddcb0df-6461ea18-c5b0304a-74722d776562/https/en.m.wikipedia.org/wiki/Rome_wasn%27t_built_in_a_day

8. Yaqinda Alekseyning Yuriy Dudga bergan intervyusida, bir filmning oxirgi sahnalaridan birida aeroportda yig’ilgan odamlar jo’r bo’lib ushbu qo’shiqni kuylashi kerakligi haqida ssenaristga g’oya berganligi, lekin bu g’oya nima uchundir filmda o’z aksini topmaganligini aytadi.

Diqqat savol: Siz bizga o’sha film nomini bir so’zda yozib bering.
Javob: Tetris
Izoh: Siz eshitgan qo’shiq “Korobeyniki” deb nomlangan qo’shiq bo’lib. Tetris o’yinining asosiy qo’shig’I qilib tanlab olingan. Alekseyning familiyasi esa Pajitnov edi.
Manba: https://youtu.be/m-4XcLUMYQ4 (32:40)


Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling