Boshlang‘ich tashkilot qoshida volontyorlik tizimini tashkil etish to`g`risidagi bayonnomasi buxoro shahri


Download 1.34 Mb.
Sana01.04.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1316375
Bog'liq
bayonnoma 11


Boshlang‘ich tashkilot qoshida volontyorlik tizimini tashkil etish to`g`risidagi

BAYONNOMASI
Buxoro shahri 22.12.2021
Tashkilotchilar: Buxoro davlat universiteti Yoshlar iitifoqi boshlang‘ich tashkilot talabalar turar joyi yetakchisi S.Z.Karimov.
Qatnashdilar: BuxDU faol talabalari , yoshlar ittifoqi kengash a’zolari,yoshlar ittifoqi raisi F.R.Karimov.
Kun tartibi
Boshlang‘ich tashkilot qoshida volontyorlik tizimini tashkil etish va yoshlarni jalb qilish to`g`risida.
Joriy yilning 22-dekabr kunida Boshlang‘ich tashkilot qoshida volontyorlik tizimini tashkil etish va safini faol yoshlar bilan to’ldirish bo’yicha majlis o’tkazildi.

Majlisda R.A.G’aybullayev o’z g’oyasini bilan boshqalarni tanishtirdi. Volontyorlar ko’ngilli tarzda (yanada tushunarliroq qilib aytilsa, xolis, fidokorona, savob uchun) insonlar va jamiyat uchun manfaatli bo’lgan, faoliyatida aniq maqsadga ega bo’lgan guruhlar hisoblanadi.
Dunyodagi boshqa mamlakatlarda volontyorlik faoliyati rivojlanib borayotganini istisno etmagan holda aytaman-ki, yurtimizda ushbu zamonaviy ijtimoiy harakat azaldan chuqur ildiz otgan.
Hozirgi vaqtda yer yuzida 100 ga yaqin mamlakatda yirik professional volontyorlik tashkilotlari mavjud. Ular davlatlar tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlanayotganligi bois, ko’ngillilar sektori jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy bo’lagiga aylanib bormoqda.

Mamlakatimizda volontyorlar faoliyatini tartibga soluvchi aniq mexanizm mavjud bo’lmaganligi sababli, qonunchilikdagi bo’shliqni to’ldirish hamda ushbu faoliyat turi bilan bog’liq holda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan noqonuniy hatti-harakatlarning oldini olish maqsadida 2019 yil 2 dekabrda O’RQ-585-son “Volontyorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi.
Qaror qilindi:

  1. Yoshlar o’rtasida volontyorlik bo’yicha e’lon berilsin.

  2. Faol yoshlar har tomonlama rag’batlantirilsin.


BuxDU yoshlar yetakchisi: F.R.Karimov
Bayonlashtirdi: S.Z.Karimov
Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling